Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Dinara Muminova

Dinara Muminova maktabgacha yoshdagi bolalarda kitobxonlik madnaiyatini shakllantirish bo'yicha mutaxassis. Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD). Bir qator bolalar kitoblari muallifi va rassomi. U taniqli olim oilasida tug‘lgan bo‘lib, hozirda suyukli rafiqa va uch nafar farzandlarning onasidir. Farzandlariga bo‘lgan cheksiz mehr va e’tibor muallifni yozuvchilik olamiga olib kirgan. Bolalarga bag‘ishlangan muallifning veb-sayti O‘zbekiston hukumati tomonidan tashkil etilgan bir qator festivallarda takroran g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Muallifning "Quyoshning sirli botishi" kitobi O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 2022 yil o'tkazilgan "Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob" tanlovi g'olibi. "Sumalakning sehrli toshi" kitobi esa X-Open Eurasia(Buyuk Britaniya) xalqaro tanlovining finalchisi. Bolalar kitoblarini yaratish, dizayn va illistrasiya qilish borasida xalqaro sertifikatlarga ega. Janubiy Korea, Ispaniya, O‘zbekiston maktabgacha ta’lim muassasalari va o‘quv markazlarida o‘qituvchi va kutubxonachi sifatida tajribaga ega. Dinara Muminova o‘z kitoblari bilan har bir o‘quvchining yuziga tabassum qoldirishga intiladi.

Qadam-baqadam

Birgalikda

Yaxshi kayfiyat sari
Yaxshi kayfiyat sari

Kitob o'qish faqat yaxshi kayfiyat olib kelishini o'rganamiz.

Ilm-fan sari
Ilm-fan sari

Kitob mazmunida ilm-fan, matematika, texnologiya va muhandislikka oid ko'plab bilimlarni izlab topamiz. 

Globallashuv sari
Globallashuv sari

Onlayn darslar imkoniyatidan foydalangan holda dunyo bo'ylab bolajonlari o'zbek tilida sifatli kitob mutolaasiga jalb qilamiz.

Milliylik sari
Milliylik sari

Bolalar bilan o'zbekona muhitda kitob mutolaasidan zavq olamiz. 

Image