Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tajribali onalar so'zlaydi

Saytimiz ayollari BLOGi


Blog: Muslima

Har xil mavzularni o'z ichiga oladi

Muslima Men o'zimni yaxshi ko'raman

Kategoriya: Oila, homiladorlik, farzand, turmush

Har birimiz boshqalarga manzur bo‘lib, o‘zimizni hurmatli inson sifatida his qilishni yoqtiramiz. Bunda esa o‘zimizni hurmat qilishimiz juda muhim, bu bilan atrofimizdagilarga bizga qanday munosabatda bo‘lishlari kerakligini ko‘rsatamiz. O‘zimizga ijobiy baho bersak, boshqalar ham xuddi shunday bahoga moyillik ko‘rsatadi.

 

O‘z-o‘ziga hurmat tasodifan paydo bo‘lmaydi. Uni tarbiyalash va mashq qildirib borish zarur. O‘zimizga ishonsak, ko‘p narsaga erishishimiz mumkin. Falsafa fanlar doktori Devid Shvarts "O‘z-o‘ziga ishonch muvaffaqiyatga erishishning muhim sharti sanaladi. Hammasi yaxshi bo‘lishiga ishoning, albatta, ishoning va siz maqsadingizga erishasiz" deydi. Shu bilan bir qatorda hurmatli bo‘lish, barchaning e’tiborida turish, insonlarning ko‘nglini olishdagi yana bir kalit bu - maftunkorlik. Maftunkorlik, avvalo, inson o‘zini hurmat qilishidan paydo bo‘ladigan ajoyib fazilat. Shuning uchun ham, sizga tabiat tomonidan tuhfa etilgan kamyob xususiyatlarni saqlashni o‘rganing, chunki ular sizga uzoq yillar asqotadi. Masalan, uzun sochlar, chiroyli qaddi-qomat, jozibali tabassum, san’atga moyillik bo‘lsin, bularning har biri sizni yanada ko‘rkam qilib ko‘rsatadi. Eng muhimi, maftunkorlik faqat tashqi qiyofa bilan o‘lchanmaydi. Siz mehribon do‘st, hamdard suhbatdosh, ishonchli hamkor bo‘lsangiz - bu ham bir maftunkorlik belgisidir.

2015-05-29 04:55:00
 

Muslima Aql darajasi qanday o'lchanadi

Kategoriya: Bilib qo'ygan yaxshi

Insonlarda jismonan va aqlan rivolslanish lsarayoni uzaro mutanosyb tarzda kechadi. Har ikkala yunalishdagi rivolslanishning tuxtashi, insonlarning o‘ziga xos xususiyatlariga binoan turli yoshlarga tug‘ri keladi. Binobarin, kimningdir buyi un olti yongida 1,6 metr bulganda o‘sishdan tuxtasa, shu usmir akasining buyi un tuqqiz yoshgacha usib, 1,8 metrgacha yetishi mumkin. Aksariyat odamlarda aqliy o‘sishning tuxtashi, taxminan, o‘smirlik davriga tug‘ri keladi.

Agar 2000 yilning 10 oktabrida tug‘ilgan bolalar kurikdan utkazilsa, tabiiyki, ular ham jismonan, ham aqlan bir-biriga o‘xshamaydilar. Ayrimlarining buyi urtacha, bonxqalari novcha, uchinchi toifadagilari pakana bulishadi. Ayrim bolalar qobiliyatli bo‘lib, a’lo baholarga uqisa, boshqalari urtacha, boshqalari esa uqishdan qiynalishadi.

Odamlarning buylarini ulchash mumkin, ammo ularning -aqliy darajasi qanday ulchanadi? Buning uchun alohida psixologik testlar seriyasi ishlab chiqilgan. Undan foydalanish usuli quyidagicha: birinchidan, har xil yoshli bolalar qaysi vazifalarni bajara olishlari aniqlanadi. Olti yoshli bolalar bir xil vazifani bajarishsa, sakkiz yoshlilar boshqa xil vazifani bajarishadi va hakozo. Endi olti yoshlilarga mo‘ljallangan test vazifasini turli yoshdagi bolalarga berib kuramiz. Ayrim turt va besh yoshlilar ham bu vazifani uddalashlari, ammo ba’zi un-un ikki yoshlilar ayni shu vazifada qiynalishlari mumkin. Aqliy daraja shu yusinda ulchanadi. Agar olti yoshli bola yoshiga moye test vazifasini bajara olsa urtacha, ayni shu vazifani turt yoki besh yoshli bola uddalasa, aqliy darajasi a’lo ekanligi ma’lum buladi. Xuddi shu vazifani, ya’ni olti yoshga mo‘ljallangan vazifani bajarishga un ikki yoshli bolaning uquvi yetmasa, aqliy darajasi orqada qolgan hisoblanadi.

2015-05-13 18:25:00
 

Muslima Albinizm nimadan paydo bo'ladi?

Kategoriya: Bilib qo'ygan yaxshi

Organizmida umuman pigmentlar yoki tuye beruvchi bo‘yoqlar bo‘lmagan odamlarni albinoslar deymiz. Dunyodagi jami irqlardagi odamlar, garchi oq irq vakillari (ayniqsa, skandinavlar) organizmida bo‘yoq moddalar j:uda kam bo‘lsa-da, muayyan miqdorda tanaga tuye 6ej pigmentlarga egadirlar.

Inson organizmida pigmentlar yoki badanga rang beruvchi buyoqlar qaysi manbadan olinadi? Bizning organizmimizdagi muayyan moddalar, ya’ni ranglarning asosi bulgan xromogenlarga ayrim fermentlarning ta’siridan pigmentlar hosil buladi. Organizmimizda pigmentlarni hosil qiluvchi xromogenlar va fermentlarning yetishmasligidan albinoslar paydo buladi. (Albinos — lotincha "oq" degani).

Albinoslarning kuzlari, to‘r pardada qon aylanishi tufayli qizg‘ish rangli bulib, yorug‘likka chidamsiz bulganidan hamisha pirpirab turadi. Ularning sochlari, butun tanasi, hatto ichki a’zolari, bosh va orqa miyalar ham oq rangda buladi. Dunyodagi barcha millatlarda albinoslar uchrab turadi. Albinizm nafaqat odamlar orasida, balki usimlik va hayvonot dunyosida ham mavjud. Tabiatda hatto albinos qushlarni ham uchratish mumkin. Albinizm suyak suradi, ya’ni albinoslik xususiyati otadan farzandlarga utadi, deyiladi.

2015-05-12 18:47:00
 

Muslima Chang foydalimi yoki zararli

Kategoriya: Bilib qo'ygan yaxshi

Chang bulmaganida, kupchilik uylaganiday, olam yanada yaxshiroq bularmidi? Bunga ayrim lsihatlarda ha, ayrimlarida esa yuq, deb lsavob bersa bo‘ladi. Chang nima? Chang tuproq va qattiq jismlarning shamolda uchayotgan zarralaridir. Bu zarralar o‘simlik va o‘lgan hayvonlarning qoldiqlari, dengiz suvlarining bug‘lanishidan kutariladigan tuzlar, vulqon hamda sahro qumlari, kul yoki qurumlardan paydo bo‘ladi.

Bir tomondan chang inson soglig‘i uchun zararli, ammo boshqa tomondan qaralsa, u olamga chiroy bag‘ishlaga xususiyatiga ega ekan. Aynan havoda chang zarralari bo‘lgani boisdan tong va oqshom chog‘lari ufq shafaq rangida tovlanib, olamga uzgacha kurkamlik bag‘ishlaydi. Quyosh nurlaridagi ranglar atmosferaning yuqori qatlamlaridagi chang va but zarralarida sinib, turli burchaklardan tovlanib, ufqni yolqinlantiradi. Bunday tarovatni, ayniqsa, quyosh botish onlaridagi tom shafag‘ini kuzatib zavqlanasiz.

Changning yana bir muhim xususiyati yomg‘ir bilan bog‘liq. Chang bug‘ning suyuqlikka aylanishini tezlashtiradi: havodagi but chang zarralariga birlashib, tomchilar hosil buladi. Ular esa tuman, bulut yomg‘irni yuzaga keltiradi. 

2015-05-12 18:45:00
 

Muslima Olmoslar haqida

Kategoriya: Boshqa mavzular

Olmoslar qanday jarayon,arda javohirlarga aylangan?

Olmoslar nima uchun bunchalik yuksak baholanadi?

Bu ularning nihoyatda kamyob va noyobligidan. Noyob va kamyob narsalar esa har doim yuksak baholangan.

2015-05-12 18:41:00
 
Bet: 1 Hammasi: 4