Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tajribali onalar so'zlaydi

Saytimiz ayollari BLOGi

Boshqa mavzular

Boshqa mavzular

106 Ushbu kategoriyada yozish

Muslima Olmoslar haqida

Kategoriya: Boshqa mavzular

Olmoslar qanday jarayon,arda javohirlarga aylangan?

Olmoslar nima uchun bunchalik yuksak baholanadi?

Bu ularning nihoyatda kamyob va noyobligidan. Noyob va kamyob narsalar esa har doim yuksak baholangan.

2015-05-12 18:41:00
 

Muslima Cувнинг фоидаси

Kategoriya: Boshqa mavzular

- Сув — табиатнинг бебаҳо неъмати, бамисоли ер, қуёш ва ҳаво сингари инсоният, ҳайвонот ва наботот олами тириклигининг асосий омилидир. Биз уни ҳар доим истеъмол қиламиз ёки қандайдир коримизга ишлатамиз. Оби ҳаёт Ер куррасининг катта қисмини эгаллашини, совуқда музлашини, иссиқда газга айланишини яхши биламиз. 

 

Булар сизу биз ўз кўзимиз билан кўриб, ишонч ҳосил қилишимиз лозим бўлган оддий ҳодисалар. Аммо сувнинг яна бир мўъжизавор хоссаси борки, кўпчилигимиз буни сезмаймиз. Аниқроғи, у ҳар қандай қувватни ўзида акс эттирувчи ахборот ташиш омили эканлигини, гоҳида инсон ҳаёти учун хавф туғдирувчи манбага айланиши ҳам мумкинлигини хаёлимизга келтирмаймиз.

Мазкур мақолада сув ёрдамида узоқ умр кўриш сирларини баён қиламиз. Сиз улар билан кун давомида бир неча бор тўқнаш келгансиз!

2015-05-06 07:15:00
 

Qizaloq BLOGi "Munchoq yoqa" taqinchog`i

Kategoriya: Boshqa mavzular

Assalomu alaykum!

Hozirgi kunda kuzatgan bo`lsangiz, yoqa shaklidagi ko`ylaklar, koftalar,batniklarni ustidan taqish uchun munchoqli, toshli yoqalar, ya`ni taqinchoqsimon yoqalar urfga kirgan. Ko`chadagi qizlarni kuzatib bunday yoqadan 2 hilini tayyorlab ko`rdim, marhamat:

2015-04-25 08:13:00
 

Muslima Duel qachon paydo bo'lgan?

Kategoriya: Boshqa mavzular

Duel — ikki shaxsning or-nomus talashib, ma’lum shartlar asosida yakkama-yakka qilichbozlik qilishi yoki otishuvidir.

Ana shu ta’rifga kura, qadimda sodir bulgan ayrim yakkama-yakka mashhur janglar, chunonchi, Gektor bilan Axillning yakkama-yakka jangi duel deyilmaydi. Zero, utmish taomilida chsud dueli" bulib, undagi uzaro lsangda shaxsiy qadr-qimmat emas, asosan huquqiy muammolar hal etilgan. Masalan, urush muqarrar bulgan holatlarda ayrim qabilalar dushman qabilasidan qulga tushgan asirga qurol berib, uzlarining eng mohir jangchisiga qarshi qo‘yishgan. Bulgusi urushda g‘alaba qaysi qabilaga in’om etilishini ushbu yakkama-yakka olishuv natijasi beltilagan, zero utmish odamlari galabayi xudoning in’omi deb bilganlar.
XVI asrga kelib, bu turdagi duellar bekor qilindi, ammo uning urnini or-nomus talashish dueli egalladi. Duel vositasida munosabatlarni oydinlashtirish usuli shunchalik ommalashganligidan 1601-1609 yillar oralig‘ida fransuz dvoryanlarining ikki ming nafari uldirildi. Duel cherkov va hokimiyat tomonidan keskin qrralandi va 1602 yilda Fransiya qirolining farmoniga binoan duelda ishtirok etgan yoki unga hakamlik qilganlar ulim jazosiga mahkum etiladigan buldi. Lekin farmon haddan ortiq shafqatsiz deb topilib, 1609 yilda qirol ijozati bilan duelga chiqish mumkinligi haqida yangi farmon joriy etildi. Angliyada ham duel omallasha boshlagach, kuplab noroziliklardan keyin qonunan man etilgan. Germaniyada esa talabalar duellari yaqin zamonlargacha davom etib, nemis talabalari bunday duellarda ishtirok etishni uzlariga sharaf deb bilganlar.

2015-04-19 18:24:00
 

Mening blogim rang barang Inson mehnatkash bo'lib tug'iladimi?

Kategoriya: Boshqa mavzular

Mehnat va uning inson hayotidagi o'rni juda katta ekanligini  barchamiz bilamiz.Shu mehnat bo'masa, barchamiz orangutan bo'larmidik, kim bilsin?

Balki boshingiz qotayotgandir "Nega farzandimda mehnatga ishtiyoq sezilmayapti" deb. Sababi uni mehnat qilishga jalb qilmagansiz, xalqimiz tili bilan aytganda, ishga solmagansiz.Xalqimiz dunyo xalqlari ichida eng mehnatkash xalqlardan hisoblanadi,(albatta hitoyliklardan keyin bunga shubha yo'q) Tehnika asrida jismoniy mehnat qadrlanmay,aqliy mehnat ko'klarga ko'tarilgani natijasida avlodlar biroz dangasaroq bo'lib yetishmoqda.Nima ham derdik, avtamatik kir va idish yuvish mashinalari zamonamizni yalqov bo'lishi uchn sharoit emasmikan?Jismoniy mehnatni nafaqat og'irligini balki tanaga, ruhiyatga beradigan rohatini farzandlarimizga tushuntirishimiz kerak.Toki avlodlar jismoniy ishning barchasini thnikaga, yollanma ishchilarga topshirib, o'zliklaridan ayrilib qolmasinlar.Necha yoshdan bolani mehnatga jalb qilish lozim?Bolani mehnatga o'smirlik davridan o'rgatish eng optimal davr sanaladi,ammo ungacha bo'lgan davrda unga har jabhada hizmat ko'rsatiladi degani emas. U mayda-chuyda, o'zininng jismoniy imkoniyati yetadigan ishlarni qilishni 3 yoshidan boshlasa,maqsadga muvofiq bo'ladi.Chunki shu davrda uning o'zi biror yumushni qilishni talab qila boshlaydi,siz esa uni imkon darajadagi ishlarni topshiring, toki mehnatga mehri tushsin.Biror yumushni:u hoh uy yumushlari bulsin, hoh biror hunar bo'lsin uni o'rgatishda sabrli, va rag'batlantirishda saxiy bo'ling.Hatolarni esa avval muvaffaqiyatni aytib, keyin ko'rsating, qanday qilsa yaxshiroq bo'lishini ayting. Talabni katta odamga qo'ygandek quymang,o'zingiz ham onangizdan har ishni ustasi bo'lib tug;ilmagansiz.Ayrim ota- onalarga bolasining qilgan ishi yoqmaydi,o'zlari jahl bilan qo'lidan ishni tortib olishlari,o'sha ishni o'zlari qilish holatlari ham kuzatiladi,  bunda bolaning ishdan kungli qoladi, yana qaytib ishga rag'batlantirishingiz qiyin bo'ladi. Eng muhimi mehnatni sevishga o'rgating,har bir ishda ijodiy yondashuvlarini qo'llab-quvvatlab turing, ayrim ota -onalar unday qilma bunday qil deb,uzlari asabiylashib bolani ham asabiy qilib qo'yishadi bu noto'g'ri.Men onamni shunday bir rag'batlantiruvchi sirlaridan sizga aytsam, onam "Yer yuzini ochish-savob" derdilar doim. Shuning uchun bo'lsa kerak, o'zimiz hovlida turmasak-da, mehmonga biror joyga borsam, ko'cha supurishga tushardim,bir-bir ortimga qarab toza bo'lgan yerni ko'rib rohatlanardim.Qiz bola-ku tushunarli, o'zbek xalqi qizlarini kichkinaligidanoq ro'zg'or ishlariga o'rgatadi, ammo o'g'il bolalar bundan mustasno.Agar o'g'lingizga rostan ham yaxshilik qilmoqchi bo'lsangiz,unga  o'z-o'ziga xizmat qilishni o'rgating, hayotda inson har qanday holatga tushishi mumkin, o'z yumushlarini o'zi qilishga to'g'ri kelganda tartibsiz kiyinib, och bo'lib yurmasin. Agar uning mustaqil bo'lishini istasangiz kir yuvish, dazmol qilish, tikish, hech bo'lmasa eng oddiy ovqatlarni o'rgating.Muhimi uni mehnatga bo'lgan qiziqishi ortadi o'zligini yo'qotmaydi bunda biz ota-onalarning o'rnimiz beqiyos.

2015-04-02 16:04:00
 
Bet: 1 Hammasi: 22