Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tajribali onalar so'zlaydi

Saytimiz ayollari BLOGi

Salomatlik, go'zallik, ozish

Salomatlik, go'zallik, ozish

61 Ushbu kategoriyada yozish

Farida Blogi Yuzni parvarish qilish

Kategoriya: Salomatlik, go'zallik, ozish

Kishining ko‘rinishi go‘zal, kurkam bo‘lishida yuz terisining umumiy ahvoli, uning tozaligi, silliqligi, mayinligi va rang-ro‘yning yaxshiligi katta rol o‘ynaydi. Terining shunday silliq, tarang, sog‘lom bo‘lishi uchun yuz terisini parvarish qilishga alohida ahamiyat berish kerak. Yuz terisini parvarish qilishga kirishishdan oldin, teri­ning qandayligini bilib olish zarur. Terini undagi chiqib tura-digan yog‘ va nam miqdoriga qarab shartli ravishda normal teri, yog‘li teri, quruq teri va murakkab (aralash) teri kabi xillarga bo‘linadi. Ularni qanday parvarish qilish va nimalarga e’tibor berish kerak?

Yuz terisini parvarish qilish degan da, terini toza tutish, oziqlantirish va tashqi zararli ta’sirlardan himoya qilish tu-shuniladi. Buning uchun tavsiya etiladigan kosmetik vositalar va usullarni terining anatomik tuzilishini, jumladan teri yo‘lla-rini hisobga olib, ularni to‘g‘ri qo‘llangandagina ijobiy nati-ja beradi.

Terining eng kam cho‘ziladigan yo‘nalishi teri chiziqlari deb ataladi. Bu chiziqlarning harakat yo‘nalishlari quyidagi tartibda bo‘ladi: iyakda — teri chiziqlari iyakning o‘rtasidan boshlab pastki jag‘ bo‘ylab quloqning tugmachasiga tomon yo‘naladi; lun-jda — og‘iz burchagidan quloq teshigiga tomon, ustki labning o‘rtasidan va burunning yon yuzasidan quloq suprasining tepa qismiga tomon; ko‘z atrofida — ko‘zning ichki burchagidan ustki qovoq bo‘ylab ko‘zning tashqi burchagiga tomon, so‘ngra (teskari yo‘nalishda) ko‘zning tashqi burchagidan pastki qovoq bo‘ylab ko‘zning ichki burchagiga tomon; peshonada esa peshona o‘rtasidan chakkalarga tomon, ya’ni qosh yo‘nalishida ketgan bo‘ladi. Burunda teri chiziqlari burun qansharidan boshlab burun ustidan burun uchigacha keladi, burun ustidan uning yon yuzalariga tushadi.

2015-05-25 09:26:00
 

Farida Blogi Quyoshdan saqlovchi krem tanlaymiz.

Kategoriya: Salomatlik, go'zallik, ozish

1. Agar kremda UVA yozuvi bo'lsa,bunday vosita uzun ultrabinafsha nurlaridan himoyalaydi.

 

2015-04-25 08:12:00
 

Farida Blogi Ko'zlar haqida

Kategoriya: Salomatlik, go'zallik, ozish
Ko’z nafaqat qalb, balki inson salomatligining ham ko’zgusidir.

 

Sog’lom insonlarning ko’zlari tiniq, tetik, xamisha chiroyli kulib, chaqnab turadi. Aksincha uzoq vaqt televizor qarshisida utirish, tuyib uxlamaslik, ko’z nurini zuriktirish esa ko’z xolatiga salbiy ta’sir etib, tabiiy nurni yuqotishga, ko’zlarning sulgin bo’lib, qovoq terisining shishib, ajinlar bilan qoplanishiga olib keladi. Bunday ko’zlarga xar qancha pardoz buyoqlari bilan oro berishga urinmaylik, baribir, uning so’lginligini yashira olmaymiz.
 

Ko’z va qovoq terisiga turli kompresslar juda yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Bunday kompresslarni sut, moychechak, juka guli, yalpiz, petrushka, ukrop, butakuz o’tlari damlamasidan tayyorlash mumkin. Paxta bo’lagi aytilgan biror damlamada xo’llanib, qovoq terisiga 5 – 10 daqiqaga quyiladi. Bu kompresslar ko’zlar yallirlanib, qizarganda xam foydalidir. Yuzinizga niqob quyganingizda esa ko’z terisiga xom kartoshkani qirrg’ichdan o’tkazib yoki parrak qilib kesib quying.
Ko’z qovoqlari ishgan bo’lsa, quyidagi aralashmani qullang: 2 choy qoshiq smetana va 1 choy qoshiq maydalangan petrushka ko’kati aralashtiriladi va 20 – 30 daqiqaga ko’zga quyiladi. Quyidagi niqob xam qovoq terisidagi shishi i qaytaradi: xom kartoshkani kirrg’ichdan o’tkazib, unga 1 osh qoshiq xom sut va 1 choy qoshiq un qo’shiladi va 5 – 10 daqiqaga ko’zga quyiladi.
Ko’z vannasi – ko’zdagi charchoq va shamollashning oldini oladi. Ko’z vannasi uchun muljallangan maxsus idish yoki piyolaga moychechak, petrushka, yalpiz yoki choy solinadi. Shuningdek, borat kislotasining bir foizli eritmasidan xam foydalanish xam mumkin. Ko’zingizni idish kiriga qo’yib, 8 – 10 marta ochib yuming. (Bunda ko’zlaringiz piyoladagi suyuqlikka bevosita tegib turishi kerak). So’ng ko’z bilan bir – necha marta aylanma xarakatlar qilinadi. Muolajadan so’ng qovoq terisiga maxsus oziqlantiruvchi krem surting.
Qovoq terisi juda nozik, u oson cho’ziladi, bu esa barvaqt ajinlar tushishiga olib keladi. Shuning uchun ko’zga buyoq vositalari, krem surtayotgan vaqtda extiyotlik bilan bajarilishi lozim. Xar kuni kechqurun ko’zlarga achchiq choy damlamasida namlangan paxta bulagini 10 daqiqaga qo’ysangiz, kun buyi toliqqan ko’zlar uchun juda foydali bo’ladi.
Yotishdan avval qosh, kipriklar buyoqdan tozalangach, ularga kichik chutka yordamida kanakunjut moyi surting. Bu ularning yaxshi o’sishi, oziqlanishi uchun sharoit yaratadi va to’kilishdan, ob – xavoning nomaqbul ta’siridan ximoya qiladi.

 

2015-04-16 10:40:00
 

Farida Blogi Qo‘l terisini parvarishlaymiz.

Kategoriya: Salomatlik, go'zallik, ozish

Bahor kelishi bilan qo‘llarning quruqshab, rangsiz bo‘lib qolishini mutaxassislar avitaminoz — vitaminlar yetishmasligi bilan bog‘laydi.Avitaminoz odam organizmida bitta yoki bir nechta vitaminlar yetishmasligi holatidir. Ko‘pincha avitaminoz to‘g‘ri ovqatlanmaslikdan kelib chiqadi hamda qish bo‘yi charchagan organizm zarur vitaminlar bilan ta’minlanmagan va quyosh nuridan yetarlicha bahramand bo‘la olmagan paytda — bahor boshida ayniqsa faol namoyon bo‘ladi.Avitaminoz gemoglabinning pasayishiga, shuningdek terining quruqlashishiga va yorilishga moyil bo‘lishiga olib keladi.Bunday paytda qo‘l terisiga alohida e’tibor berish lozim. Odatda ayollar yuz terisini yetarlicha parvarishlaydi, ammo qo‘lga kelganda, erinchoqlik qiladi. Ta’kidlash joiz, agar bahorgi avitaminozga qarshi kurashda qo‘llarga alohida diqqat qaratilmasa, ularning terisi qurib, ko‘chib, xunuk ko‘rinishga ega bo‘lib qoladi.

Qo‘l terisini parvarishlashda asosiy qurol — qo‘l kremidir. Biroq ularning barchasi ham birdek samarali bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun krem tanlashda uning tarkibiga ahamiyat bering: unda tabiiy moddalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. Mutaxassislar krem tarkibida aloe ekstrakti bo‘lishi kerakligini alohida ta’kidlaydi.Aloe ekstrakti qo‘l terisi hujayralarining yangilanish jarayonini tezlashtiradi, shamollash holatlarini bartaraf etadi, namlantiradi va kuyishdan himoya qiladi. Bundan tashqari, u turli vitaminlarga boydir, chunonchi, aloedagi E vitamini terini elastik va tarang qiladi, A vitamini teri sho‘rlanishining oldini olib, hujayralardagi moddalar almashinuvini normallashtiradi, B guruhidagi vitaminlar teri kasalliklari paydo bo‘lishi va ajinlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaydi, C vitamini esa kapillyar qon tomirlarini mustahkamlaydi.

2015-04-07 09:54:00
 

Farida Blogi Yuz terisi mudom yosh bo'lsin desangiz...

Kategoriya: Salomatlik, go'zallik, ozish

Qorin bilan uxlamang.!

Shuningdek katta hajmli yostiqlardan voz keching.Tunda barcha a'zolar kabi yuz va bo'yin terisi ham dam olishi shart .Katta yostiq yoki qorin bilan uxlaganingizda bo'yin terisi cho'zilib,erta ajinlar tushishiga sabab bo'ladi.Yuzni yostiqqa bosib yoki ko'rpaga boshni burkab uxlaganda yuz terisi nafas olmay qoladi.Ertalabga qadar shishlar paydo bo'lishi ham mumkin.

2015-03-27 05:12:00
 
Bet: 1 Hammasi: 13