Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tajribali onalar so'zlaydi

Saytimiz ayollari BLOGi

Oila, homiladorlik, farzand, turmush

Oila, homiladorlik, farzand, turmush

100 Ushbu kategoriyada yozish

Muslima Men o'zimni yaxshi ko'raman

Kategoriya: Oila, homiladorlik, farzand, turmush

Har birimiz boshqalarga manzur bo‘lib, o‘zimizni hurmatli inson sifatida his qilishni yoqtiramiz. Bunda esa o‘zimizni hurmat qilishimiz juda muhim, bu bilan atrofimizdagilarga bizga qanday munosabatda bo‘lishlari kerakligini ko‘rsatamiz. O‘zimizga ijobiy baho bersak, boshqalar ham xuddi shunday bahoga moyillik ko‘rsatadi.

 

O‘z-o‘ziga hurmat tasodifan paydo bo‘lmaydi. Uni tarbiyalash va mashq qildirib borish zarur. O‘zimizga ishonsak, ko‘p narsaga erishishimiz mumkin. Falsafa fanlar doktori Devid Shvarts "O‘z-o‘ziga ishonch muvaffaqiyatga erishishning muhim sharti sanaladi. Hammasi yaxshi bo‘lishiga ishoning, albatta, ishoning va siz maqsadingizga erishasiz" deydi. Shu bilan bir qatorda hurmatli bo‘lish, barchaning e’tiborida turish, insonlarning ko‘nglini olishdagi yana bir kalit bu - maftunkorlik. Maftunkorlik, avvalo, inson o‘zini hurmat qilishidan paydo bo‘ladigan ajoyib fazilat. Shuning uchun ham, sizga tabiat tomonidan tuhfa etilgan kamyob xususiyatlarni saqlashni o‘rganing, chunki ular sizga uzoq yillar asqotadi. Masalan, uzun sochlar, chiroyli qaddi-qomat, jozibali tabassum, san’atga moyillik bo‘lsin, bularning har biri sizni yanada ko‘rkam qilib ko‘rsatadi. Eng muhimi, maftunkorlik faqat tashqi qiyofa bilan o‘lchanmaydi. Siz mehribon do‘st, hamdard suhbatdosh, ishonchli hamkor bo‘lsangiz - bu ham bir maftunkorlik belgisidir.

2015-05-29 04:55:00
 

Muslima Qiz farzand va ota

Kategoriya: Oila, homiladorlik, farzand, turmush
 

Оталик – ҳар бир эркак учун мураккаб синов, айниқса, қизи бор оталар учун. Қиз фарзандга алоҳида муносабат даркор. Қуйидаги маслаҳатларни уч нафар қиз фарзанди бор ота ёзган.

1. Қизингиз гапираётган ҳар бир сўзга эътибор қаратинг. Агар қизингиз сизга ниманидир айтяптими, демак, бу муҳим.

2. Қизингизга тез-тез унинг жудаям чиройли эканлигини айтиб туринг.

2015-05-12 06:08:00
 

Muslima Kelinlik odobi

Kategoriya: Oila, homiladorlik, farzand, turmush

Kelinlik odobi haqida alohida bo‘limda so‘z yuritayotganimiz bejiz emas. Dunyoda hech bir xalqda oilada kelin mavqeiga sharq xalqlari, xususan o‘zbeklarchalik  katta o‘rin berilmaydi. Kelin tushirilayotgan xonadonda katta tayyorgarlik ko‘riladi. Yosh oilaga yangi uy solinadi yoki shu xonadondagi eng yaxshi xonalar ta’mirlanib yangi holatga keltiriladi. Kelinga sarpolar, sovg‘alar tayyorlanadi. Eng muhimi xonadonning kattasidan kichigigacha oilaning yangi a’zosi — kelin bilan uchrashuvga, u bilan birga yashashga o‘zini ruhan tayyorlaydi. Kishilar ruhida ko‘tarinkilik, mehr-muhabbat, ezgulik, hayo qaror topadi. «Ke-linning qadami qutlug kelsin!» deya duo qilishadi keksalar. Hali kelin kelmasidanoq xonadon go‘yo fayzli farishtali pardaga o‘raladi. Qutlug‘ qadam! Qaynonalar bu qutlug‘ qadamda bundan keyin aytar so‘zlarini, ko‘rar ko‘zlarini, dillaridagi armonlarini, yur-magan yo‘llarining ro‘yosini ko‘rgandek bo‘lib 

 

Kelinlik odobi haqida alohida bo‘limda so‘z yuritayotganimiz bejiz emas. Dunyoda hech bir xalqda oilada kelin mavqeiga sharq xalqlari, xususan o‘zbeklarchalik katta o‘rin berilmaydi. Kelin tushirilayotgan xonadonda katta tayyorgarlik ko‘riladi. Yosh oilaga yangi uy solinadi yoki shu xonadondagi eng yaxshi xonalar ta’mirlanib yangi holatga keltiriladi. Kelinga sarpolar, sovg‘alar tayyorlanadi. Eng muhimi xonadonning kattasidan kichigigacha oilaning yangi a’zosi — kelin bilan uchrashuvga, u bilan birga yashashga o‘zini ruhan tayyorlaydi. Kishilar ruhida ko‘tarinkilik, mehr-muhabbat, ezgulik, hayo qaror topadi. «Ke-linning qadami qutlug kelsin!» deya duo qilishadi keksalar. Hali kelin kelmasidanoq xonadon go‘yo fayzli farishtali pardaga o‘raladi. Qutlug‘ qadam! Qaynonalar bu qutlug‘ qadamda bundan keyin aytar so‘zlarini, ko‘rar ko‘zlarini, dillaridagi armonlarini, yur-magan yo‘llarining ro‘yosini ko‘rgandek bo‘lib entikadilar. Singil-lar bu qutlug‘ qadam ila o‘zlariga ibrat kelayotganidan sevinadilar. Birinchi qadam, birinchi tilaklar, birinchi orzularning samimiyligi, ezguligi kelinlarga dastlabki mas’uliyatli davrda quvvat beradi, qadamlarini qutlug‘ qiladi. O‘zbeklarga turmushga chiqqan qiz borki u kelinlikning nozik davrini, albatta, boshidan kechiradi. Hatto ona va onasi bo‘lmagan, hech kimi yo‘q yigitga turmushga chiqqan qiz ham mahallaga, bo‘lmaganda kuyovning ishxonasidagilarga, do‘stlariga — kelin! Necha-necha asrlardan beri oila bor. Lekin kelinlikning muayyan bir nomasi yo‘q. Har bir kelin o‘z peshonasiga bitilgan baxtni o‘zi mahkam ushlab qolishi kerak. Bunda momolar, onalar, yangalar o‘giti asqotadi.

2015-05-08 08:58:00
 

Muslima Фарзанд билан муомулада кандай сузларни ишлатмаслик керак

Kategoriya: Oila, homiladorlik, farzand, turmush

 

Баъзан фарзандларимизга ўзимиз билмаган ҳолда одат бўлиб қолган ибораларни айтиб юборамиз. Бу иборалар оғиздан жуда осон отилиб чиқади ва кўпинча фарзанд камолотига жиддий зарар етказади. Бир қараганда, ибора қўпол эмасдек кўриниши мумкин, лекин уни айтмаган маъқул.

 

 “Мени тинч қўй!”

2015-05-06 17:31:00
 

Muslima Pul sarflash borasida 7 ta hato

Kategoriya: Oila, homiladorlik, farzand, turmush

Пул сарфлаш борасида 7 та хато

 

Инсонларнинг деярли кўпчилиги 30 ёшга етганида ўз шахсий маблағлари билан боғлиқ асл ҳақиқатларни тушуна бошлашади. Улар орасида ўтказилган сўровлардан бунинг асосий 9 та сабаби маълум бўлди. Марҳамат, оиладаги иқтисодий камчиликларга нималар туртки бўлиши ҳақида ўйлаб кўринг. 

 

2015-05-06 09:17:00
 
Bet: 1 Hammasi: 20