Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tajribali onalar so'zlaydi

Saytimiz ayollari BLOGi

Tug'ish hikoyalari

Tug'ish hikoyalari

23 Ushbu kategoriyada yozish

Durdona Mitti farishtaginamning tug'ilishi

Kategoriya: Tug'ish hikoyalari

Salom aziz dugonajonlar! men ushbu sayt orqali juda ko'p tug'ish hikoyalarini o'qidim, va o'zimning ham tug'ish hikoyamni yozishni maqsad qildim . mana nihoyat shu ham nasib qilib sizlar bilan o'z hikoyamni bo'lishmoqdaman.

ALLOH TAOLO inson nima holis niyat qilsa albatta berar ekan. 2013 yil turmushga chiqdim. to'ydan 1 hafta o'tib homilador bo'libman,lekin bundan habarim yo'q edi. begim bilan toqqa bordik, cho'mildik,homiladorligimni bilganimda esa u tushish havfi ostidaligini bildik. afsus, 9 haftaligida tushib qoldi. menga 3-4 oy homilador bo'lishni man etishdi. 5 oydan keyin shukrki yana homilador bo'ldim. taksikozim yengil kechdi, ko'nglim aynardi,lekin hamma narsani yevurardim. faqat go'sht yegim kelmasdi. UZI da qiz diyishdi. srokim 8 oktabrga edi. saxraneniyada yotganda tug'votganlani baqirgani eshitib man qanaqa tug'arkinman dirdim,va ALLOH dan dardga chidashimga kuch ber deb so'rardim. 30 sentabrda roziviy suyuqlik keldi, bu tug'ish belgisini eshitgandim shunchun UZIga tushdim, bola tayyor tu'gishiz kerak, didi, dard bo'lmasa qanaqa qib tug'aman disam balnitsaga borin nechta pals tekshirishadi,dedi. hop dedim,bormadim,og'riq boridi lekin kuchlimasdi. usha kuni uyimizga qaynanamni andijondan dugonalari kelib qoldi,men Hudodan mehmonlarning oldida baqirsam uyat bo'ladi shu mehmon ketmaguncha tug'mi dib so'radim, ertasiga ovsinim ham kelishdi, uylar rasa yoyildi, tug'aman dib hammayoni tozalab narsalarimni tayyorlab qo'yganidimde. mehmonla 2 oktabrda ertalab ketishdi. men uy yig'ishtirishni boshladim,qaynanam hisobot yozvttila kampyuterda, man pelisos qildim , kirlarni yig'ishtirib yuvishni boshlaganimda dardim har 15 minutda bo'la boshladi,(|kir mashinamiz yo'q), pastellar, sochiqlar, kiyim kechaklar , keyin aptekaga chiqib 1-2 ta zarur narsalarni olib kelib cho'milgani kirib ketdim, shu payt dardim har 5 minutga o'tgandi, oyjonga etmadim, ba'zan oyjon chaqirib qolardila qarashvorardim yozishga, keyin kafel vannalarni yuvdim, bulaga tel. qildim bugun balnitsaga boramiz dib etdim nega dilla, chaqaloq mani opketila divotti didim, hozir boraman dilla, man yo' ishlivurin o'zim etaman didim, oshxonani yig'dim gazlani yuvdim, pollarni artdim, hamma ishni qibo'lgunimcha kech tushipti, begim ishdan keldila, dardim haliyam 5 minutda bo'votti, zo'rg'a chdiman, boramizmi didila yo'q didim, oyjon ham borib bililu qancha bo'lganini dilla, yo'q didim, oyjon bilan 23 gacha hisobot yozdik, keyin uxlagani kirib ketdila, man umuman yotolmadim, begimni uyg'otvormi deb spalnidan chiqib ketdim,  uyda uyodan buyoga yuraman dard keganda o'tirvolaman, bo'lmadi, keyin dard keganda yugurdim o'tdan betga,o'zimni chalg'itish uchun. haliyam 5 minutda bo'lvotdi, 3 minutga tushsa bulani uyg'otaman diman, yo'q qani tushsa. dard keganda HUDOdan so'riman eson omon tug'voli hamma havas qiladigan chiroyli farzand bergin diman, tug'ish duosini o'qiman, chuquqr chuqur nafas olaman, shunaqa qib tong otdi, 5 yarimda oyjon turib ahvolimni ko'rib boramiz raddomga didila, man yo'q yana 2- 3 soat poylilu disam nega dilla borganim bilan tug'dirmidi hozi diman, voy borib bililu nima gap qancha pals o'tirvuramizmi dib bulani uyg'otdila hamma narsani olib 6 larda yo'lga chqdik, ishonasizmi, raddomgacha nechta svetafor bo'lsa bittayam qizilga tushmadik, hammasi yashil yonardi, raddom hovlisiga kirishimiz bilan mashinadan tushib yugurib qabulxonaga kirdim, sanitarkadan boshqa hichkim yo'q, doktor bormi tez chaqirin tug'voraman, diman, kirib ketdi, chiqib yechinib turarkansiz tekshirarkanla didi, yechindim ,do'xtirdan adark yo'q , o'lib qoli diman o'tdan betga yuraman, chiqdi, tekshirdi, 5 pals tez kiyimizni almashtirin disa,manam ushatda almashtiribman, rodzalga kirdim, hich kim kelmidi, nega mani hichkim tig'dirmayapti diman. hammayoq baqir chaqir,ega baqiriwvotti disam tug'vottide diyishadi, hali wunaqa baqiradimi tug'votganda disam bolani bowi chiqqunchade hammasi diyishadi. o'griq kuchayib ketdi , har 3 minutda bo'lardi, qaynanam kirib bellarimni silab turibdila, mani tekshirgan do'xtir kirib man tug'dirmiman smen almashadi ungacha didi, nima hali 8 gachayam tug'mimanmi diman, rasa yig'lagim keldi, soatga qarasam yurmidimi nima balo, 8 yarimda kuchanu boshlandi zo'rg'a turibman, hamshira kirib istoriya toldirvottide, savol bervuradi, qanaqa kasal bo'lgansiz, qacon oxirgi hayziz, nechi marta saxraneniyada yotdiz, nega yotdiz qaysi chislo ,qanaqa javob berdim bilmiman,stolga olishdi qanaqa kuchanishni etishdi huddi etishgande 2 marta kuchansam bolani ustimga qo'yib qo'yishdi, voy bo'ldimi diman, rahmat hammelaga dib baqirib yotibman, qizakan, muncha kichkina disam ,u 4 kilo 36 gramm, 53 sm ekan, qizim juma kuni arafa kuni, 3 oktabrda tug'ildi, otini Komilaxon qo'ydik, hozir 7 oylik, huddi so'raganimdek, chroyli, mitti farishta, shumtakalani boshlavotti. hammaga yengil dard berishini so'rayman. 

2015-04-28 07:21:00
 

Farida Blogi 2 Tug'ish hikoyam(Jajji qizalog'im Nigora)

Kategoriya: Tug'ish hikoyalari

Ikkinchi tug'rug'im oson o'tgan .Qiz bolani dardi achchiq bo'ladi deb eshitgan edim men lekin u darajada achchiq emas ekan deb o'yladim chunki o'g'limda ham qovuq bilan qizimda ham qovug'im bilan dard bo'lgan manda...o'g'lim 1yoshda edi o'zimni behuzur his qila boshladim doktorga ko'rinsam UZIga tushin dedi UZIga tushsam 3 xaftalik Homiladorsiz dedi.

Yana taksikoz masalasi mani qiynardi bu Homilamda ham 3 oy qiynaldim kamiga o'g'lim kichkina unga qarashga yordamchi yo'q edi o'zim edim.O'g'limning qiliqlariga ovunib kunlar qande o'tganini bilmay qolardim.Doktor tu'gish vaqtimni Noyabr oxirlari deb belgilab berdi.SHu bilan Noyabr oxirlashib qolmoqda edi,2014 yil 20 noyabr kech soat 7 larda sal sal og'riq sezdim erimga aytsam og'ir ko'targan bo'lsang shunga og'rigandur dedi.Men yo'q vaqti bo'lgandir deb o'zimni xursand qilib qo'yar edim.soat 21:00 larda oyijonim telefon qilib qoldi og'rib yotgandim lekin xavotir olmasin deb indami qo'yaqoldim.soat 23:00 da qaynonamni chaqirdik (biz alahida yashaymiz).Hamma uxladi qani men ham uxlasam deb o'tirdim uyqum rosa keldiyu og'ridan uxlolmasdim.Qaynonamni mazza qilib uxlavotganini ko'rib xavasim kelardi o'zimni Oyijonimni qaynonam o'rniga qo'yib ham ko'rardim,agar oyijonim shu yerda bo'lganida uxlamasdan o'tirar edi kerak bo'lsa mandan ham kuchli og'riqlarni his qilar edi deb o'ylab o'tirar edim.Qaynona Ona o'rnini bosolmasligini shu vaqtda bilgan edim.Shu o'yalr,og'riqlar bilan tongni ham ottirdim,ertalab nonushta qilvolib so'mkalarni olib raddomga yo'l oldik.Qaynonam san o'g'il tug'asan og'rig'ing sust derdi(xuddi og'riqni his qilgandek) erim yo'q qiz tug'adi derdi men (ichimda)o'g'il qizmi eson omon tug'voliy derdim.Shu bilan raddomga ham keldik doktorlar tekshirib 2 soatda tugasan dedi,soat 8:30 edi o'sha vaqti.xonada bir o'zim devorga osilgan qonun qoidalarni o'qib yurar edim.doktor yana tekshirishga keldi kegin sanga ukol qilish kere dedi bo'lmasa qiynalasan dedi va noshpa(qolgani esimda yoq)ukollarni qildi.Ukolni ta'sirimi 10 minut o'tar o'tmas og'riq kuchaya boshladi doktor yana tekshirib tug'ish vaqting bo'libdiyu deb karovatga yotqizdi va sog' omon jajji qizlaog'imni yorug' dunyoga keltirdim.Tug'ilishi bilan ko'ksimga qo'ydi voy namuncha kichkina debman )) Doktorlar bu sening yutug'ing,qiynalmasdan osongina razrivsiz tug;volding deyishdi (o'g'limda razriv bilan tug'gan edim)Qizalog'imning yig'laganini eshitib xursand bolib kettim.Faqat yig'lardi xavotirga tushdim nega yig'layveradi deb ko'krak ham tutdim og'ziga olmas edi.Doktorlar qizbola o'zi shadda bo'ladi xavotir olma sog'lig'i joyida deb yupatganday bo'ldi .Tug'ilishi bilan onasiga shaddalik qilgan Qizalog'imning og'irligi bor yo'g'i 2.920 gr chiqdi)).Tug'rug'imdan kegin hamshiralar yig'ilishvolib tug'ruq vaqtida etgan gaplarimni eslab kulvolishdi.Faqat suv berilar deganman suv yo'q desa unda choy berilar deganman,avval tug'voling kegin to'ygunizcha ichasiz deyishgan,men yo'q choy ichmasam tug'olmiman deb xarxasha qilganman yosh boladek.minut sayin choy so'rayverganman.1 ta Hamshira boshimda turib tug'ib bo'lgunimcha choy ichkizib turgan.))Tug'ib bo'lganimdan kegin qaynonamga doktorlar nabiraiz qiz bo'ldi deb etsa ishonmasdan yo'q o'g'il bolsa kerak degan kegin hamshiralar avrat joyini ko'rsatgandan kegin ishongan .Xush xabarni aytish uchun erimga oyimga telefon  qildik ishonasizlarmi yo'qmi erim xushxabarni eshitib ko'zilarimdan yosh chiqketti dedi(buni eshitib ich ichimdan xursadn bo'libman).Oyijonimning esa yig'lavotgani shundoqqina telefondan bilinib turar edi.Bu ko'zyoshlarning barchasi xursandchilikdan edi.Shirin laxzalar edi o'sha damlar bu hikoyamni yozayotib o'sha hayotimga yana bir bor tushib qolgandek bo'ldim.Xozir Allohga shukr Jajjigina qizalog'im 3 oylik bo'ldi.Bunday shirin laxzalar har bir ayol o'z hayoti davomida ega bo'lsin.Onalik baxtini ayollarimiz barchasi his qilsin.Onaning qadrini Ona bo'lganda bilad, degan maqolni men Ona bo'lganimda bildim.Ona bolam desa,bolasi bolam der ekan.

2015-03-04 04:28:00
 

Farida Blogi 1 Tug'ish hikoyam(Polvonim Rasul)

Kategoriya: Tug'ish hikoyalari

Men ham hamma qatori baxtli kunlarimdan biri tug'ish hikoyamni sizlarga baham ko'rmoqchiman.2011 yil 26 dekabr kuni mening eng baxtli kunlarimdan biri Nikoy to'yimiz bo'ldi.

1 oy o'tar o'tmas Homilador bo'ldim bundan judayam xursand edik lekin afsuski xursandchiligimiz 3 oyga cho'zildi xalos.3 oylik xomilam nobud bo'ldi.Olloh beraman desa beraverar ekan yana 3 oydan kegin Homilador bo'ldim testdagi 2 ta qizil chiziqchani ko'rib erim bilan judayam xursand bo'lib kettik.Og'zi kuygan qatiqni ham puflab icharkande bu Homilamni juda asrab avaylar edik.Taksikozim juda og'ir o'tgan 3 oy yotib qolganman.Shu bilan birga kunlar ketidan hafta hafta ketidan oylar o'tib ketardi lekin erim va men uchun kunlarning o'tishi juda qiyindek tuyulardi.Farzandimizning tug'ilishini intizorlik bilan kutar edik.4-5 oy oralig'ida vujudingdagi go'dakning qimirlashini xis qilish qanchalik yoqimli ekanini tasvirlash qiyin.8 oyligida musiqa eshitirar edik musiqani o'chirsak qo'yinglar degandek tepardi musiqa qo'yilishi bilan jimgina eshitar edi.shu bilan 2013 yil fevral oyi ham keldi.Doktorlar fevral oxiriga tu'gishimni etgandi.Fevral oxiri ham yaqinlasha boshladi.23 fevral kunduzi sust og'riq bo'ldi.Kechgacha sust og'riq bo'ldi.Kechasi soat 2:30 larda og'riq kuchaya boshladi kegin Qaynonam erim va men tayyoorlab qo'yilgan narsalarni olib raddomga jo'nadik.Doktorlar tekshirib abedga tug'asan deyishdi,qani vaqt o'tsa hech o'tmas edi . va nihoyat 11:30 Polvon o'g'limni dunyoga keltirdim,O'g'lim xuddi dadasini o'zginasi edi 5 minutdan ko'ksimda chiroyligina bo'lib pishillab uxlardi hech esimdan chiqmidi o'sha siyrat.Polvonimning ismini dadasi Rasul deb qo'ydi.Rasul Allohning elchisi ma'nosini bildirar ekan.ALhamdulilloh xozir o'g'lim 2 yoshdan oshdi.Shunday BAXTli kunlar barcha ayollarga nasib aylasin.Amiyn.

2015-03-03 09:29:00
 

Chet eldagi hayotimiz! Koreyada tug'ish hiloyasi

Kategoriya: Tug'ish hikoyalari

Assalomu aleykum aziz forumdoshlar......

Barchangiz sog'-salomat, hormay-tolmay yuribsizlarmi?

Mendan so'rasangiz men ham yuribman charchoqlarni biroz ketkazib 2-tug'ish hikoyamni yozishga kirishdim mana.

2015-03-03 04:43:00
 

Tug'ish hikoyasi Ollohim bergan ne'mat o'g'lim Muhammadsodiq tug'iladigon kun

Kategoriya: Tug'ish hikoyalari

Assalomu aleykum men ham hikoyamni yozishga qaror qildim. Bizni to'yimiz 2011 yilning jazirama yoz oyida bo'lib o'tdi, sentyabr oyida test opkeltirib test qildim 2 ta chiziq chiqdi ho'jayinim ishdan kelganda ko'rsataman desam testimni qo'ygan joyimda, tarakan boridikan o'chib ketipti o'zim aytdim 2ta chiqdi deb.

Hursand bo'ldilar 23 sentyabr yo'qlama qilgandik sevat ko'tarib qo'yipman, uziga borgandik tabrikleman 4 haftalik bo'lipsilar  dedi lekin 2oy kasal bo'magandim desam .1haftadan keyin keling yana tekshirib ko'ramiz dedi.Kechga borib og'rig'im kuchayib duhrga yotdim lekin bo'lmadi.Rosa yig'ladim endi boshqa bo'lmidi deb dadamiz yupatdilar va 1soatdan keyin kelib bo'larkan yana deb suyinib kelgandi.

Va yana ,29 noyabr uziga bordik hali hech narsa yo'q 10kundandan keyin yana bordik,tabrikleman 5haftalik bo'libsilar dedi hursand bo'lib ketdik. Men gripp bo'lib qoldim ukollar ham tasir qilmadi, 16 yanvar kuni dadamlar o'tib qoldilar olloh raxmat qilsin ,bu orada doktorga tushib qoldim grippni o'tkizib yuboripman olib qolishdi tinmay yo'talardim 10 kun yotdim.To'liq tuzalolmadim ayamlakiga ketishimga to'g'ri keldi, dadamni 40 lariga keldim .Ho'jayinim safarga ketadigon bo'lib qoldilar 1aprel kuni chiqib ketdilar 4yarim oylik edik. Har kuni oynaga qarurardim  boshqacha ekanda bu davrlar ham,shunday qilib 2 avgutga qo'yib berishdi har doim kun sanardim nazarimda kunlar sekin o'tyotganga o'hsharidi.Yengilgina yurardim hamma qiz tug'asiz deyisharidi.Shunqa qilib ramazon oyi kirib keldi kun sanab-sanab avgustga ham yetib keldik, lekin hali ham darek yo'q edi huddi 2chi avgustga yengilledigondek. 13 avgusga ham yetib keldik uziga chiqdik opam bilan yaxshi boshi bilan kelib turipti bugun tug'sa ham bo'ladi dedi, men chiqib ketdim suvlari loyqalashib qolgan ekan menga indamadi doktor. Sahar bomdot namoziga turib  2rakat sunnatini o'qidim belimda og'riq bor edi, ayvonga chiqib toza havoda o'tiruvdim opamlar chiqib qoldi. Og'riyapsizmi deb so'radi ozgina og'rigandayman dedim darrov mashina chaqirishib opam,akam momam birgalikda oborishdi.Odam ko'p tug'ruqxonada tekshirishib bugun kechga yoki ertamanga boradi deyishdi,tashab ketasilarmi deyishgandi men unamadim qo'rqdim baqir chaqirlardan uyga qaytdik kelinoyim habar olgani keldi ayam tel qildi indamadim hovotirlanmasin deb va tashqarida yurdim issiq-issiq choylardi ichib.Doktor 10 minutda 5 6 marta og'risa kelilar diyuvdi men ham soatga qarab yurdim og'riq tezladi 12 yarilarda ketdik  2pals ochilipti deb rod zalga olishdi bir xnaga yotkizib chiqib ketdi men qo'rqib pastga tushdim voy nega tushdiz yurin deb olib chiketishdi birortasi meni yonimga qo'yilar dedim momam va opamni qo'yishdi undayam og'rimayotuvdim soat 2larda boshlandi voy chaqiring doktorni deyman ular bo'sa bola ko'rinsa chaqiring deyishadi halos, huddi og'riq to'htab qoladigonday uyga ketgim kelgan rosa,duolarni  bilganimcha o'qiganman ho'jayinim tel qilgan yig'lameng deb va nihayat bola ko'rindi doktorni chaqirishdi karavotdeyla tug'dirishdi.

2015-02-19 13:19:00
 
Bet: 1 Hammasi: 5