Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tajribali onalar so'zlaydi

Saytimiz ayollari BLOGi


Farida Blogi Turpning xosiyatlari va uning hayot sharbati.

Kategoriya: Bilib qo'ygan yaxshi

Turp issiq taomlar bilan salat sifatida qo‘shib iste’mol qilinadigan sabzavot hisoblanadi.

Uni xomligicha o‘simlik yog‘i va suzma bilan iste’mol qilish foydali.Turpning tarkibida 90 foiz suv, shakar, kletchatka, efir moylari, darmondorilar, kislotalar, natriy tuzi, kaliy, kaltsiy, magniy, fosfor, temir, aminokislotalar, fermentlar va boshqa turdagi foydali moddalar mavjud. 

2015-05-30 13:49:00
 

Muslima Men o'zimni yaxshi ko'raman

Kategoriya: Oila, homiladorlik, farzand, turmush

Har birimiz boshqalarga manzur bo‘lib, o‘zimizni hurmatli inson sifatida his qilishni yoqtiramiz. Bunda esa o‘zimizni hurmat qilishimiz juda muhim, bu bilan atrofimizdagilarga bizga qanday munosabatda bo‘lishlari kerakligini ko‘rsatamiz. O‘zimizga ijobiy baho bersak, boshqalar ham xuddi shunday bahoga moyillik ko‘rsatadi.

 

O‘z-o‘ziga hurmat tasodifan paydo bo‘lmaydi. Uni tarbiyalash va mashq qildirib borish zarur. O‘zimizga ishonsak, ko‘p narsaga erishishimiz mumkin. Falsafa fanlar doktori Devid Shvarts "O‘z-o‘ziga ishonch muvaffaqiyatga erishishning muhim sharti sanaladi. Hammasi yaxshi bo‘lishiga ishoning, albatta, ishoning va siz maqsadingizga erishasiz" deydi. Shu bilan bir qatorda hurmatli bo‘lish, barchaning e’tiborida turish, insonlarning ko‘nglini olishdagi yana bir kalit bu - maftunkorlik. Maftunkorlik, avvalo, inson o‘zini hurmat qilishidan paydo bo‘ladigan ajoyib fazilat. Shuning uchun ham, sizga tabiat tomonidan tuhfa etilgan kamyob xususiyatlarni saqlashni o‘rganing, chunki ular sizga uzoq yillar asqotadi. Masalan, uzun sochlar, chiroyli qaddi-qomat, jozibali tabassum, san’atga moyillik bo‘lsin, bularning har biri sizni yanada ko‘rkam qilib ko‘rsatadi. Eng muhimi, maftunkorlik faqat tashqi qiyofa bilan o‘lchanmaydi. Siz mehribon do‘st, hamdard suhbatdosh, ishonchli hamkor bo‘lsangiz - bu ham bir maftunkorlik belgisidir.

2015-05-29 04:55:00
 

Farida Blogi Yuzni parvarish qilish

Kategoriya: Salomatlik, go'zallik, ozish

Kishining ko‘rinishi go‘zal, kurkam bo‘lishida yuz terisining umumiy ahvoli, uning tozaligi, silliqligi, mayinligi va rang-ro‘yning yaxshiligi katta rol o‘ynaydi. Terining shunday silliq, tarang, sog‘lom bo‘lishi uchun yuz terisini parvarish qilishga alohida ahamiyat berish kerak. Yuz terisini parvarish qilishga kirishishdan oldin, teri­ning qandayligini bilib olish zarur. Terini undagi chiqib tura-digan yog‘ va nam miqdoriga qarab shartli ravishda normal teri, yog‘li teri, quruq teri va murakkab (aralash) teri kabi xillarga bo‘linadi. Ularni qanday parvarish qilish va nimalarga e’tibor berish kerak?

Yuz terisini parvarish qilish degan da, terini toza tutish, oziqlantirish va tashqi zararli ta’sirlardan himoya qilish tu-shuniladi. Buning uchun tavsiya etiladigan kosmetik vositalar va usullarni terining anatomik tuzilishini, jumladan teri yo‘lla-rini hisobga olib, ularni to‘g‘ri qo‘llangandagina ijobiy nati-ja beradi.

Terining eng kam cho‘ziladigan yo‘nalishi teri chiziqlari deb ataladi. Bu chiziqlarning harakat yo‘nalishlari quyidagi tartibda bo‘ladi: iyakda — teri chiziqlari iyakning o‘rtasidan boshlab pastki jag‘ bo‘ylab quloqning tugmachasiga tomon yo‘naladi; lun-jda — og‘iz burchagidan quloq teshigiga tomon, ustki labning o‘rtasidan va burunning yon yuzasidan quloq suprasining tepa qismiga tomon; ko‘z atrofida — ko‘zning ichki burchagidan ustki qovoq bo‘ylab ko‘zning tashqi burchagiga tomon, so‘ngra (teskari yo‘nalishda) ko‘zning tashqi burchagidan pastki qovoq bo‘ylab ko‘zning ichki burchagiga tomon; peshonada esa peshona o‘rtasidan chakkalarga tomon, ya’ni qosh yo‘nalishida ketgan bo‘ladi. Burunda teri chiziqlari burun qansharidan boshlab burun ustidan burun uchigacha keladi, burun ustidan uning yon yuzalariga tushadi.

2015-05-25 09:26:00
 

Muslima Aql darajasi qanday o'lchanadi

Kategoriya: Bilib qo'ygan yaxshi

Insonlarda jismonan va aqlan rivolslanish lsarayoni uzaro mutanosyb tarzda kechadi. Har ikkala yunalishdagi rivolslanishning tuxtashi, insonlarning o‘ziga xos xususiyatlariga binoan turli yoshlarga tug‘ri keladi. Binobarin, kimningdir buyi un olti yongida 1,6 metr bulganda o‘sishdan tuxtasa, shu usmir akasining buyi un tuqqiz yoshgacha usib, 1,8 metrgacha yetishi mumkin. Aksariyat odamlarda aqliy o‘sishning tuxtashi, taxminan, o‘smirlik davriga tug‘ri keladi.

Agar 2000 yilning 10 oktabrida tug‘ilgan bolalar kurikdan utkazilsa, tabiiyki, ular ham jismonan, ham aqlan bir-biriga o‘xshamaydilar. Ayrimlarining buyi urtacha, bonxqalari novcha, uchinchi toifadagilari pakana bulishadi. Ayrim bolalar qobiliyatli bo‘lib, a’lo baholarga uqisa, boshqalari urtacha, boshqalari esa uqishdan qiynalishadi.

Odamlarning buylarini ulchash mumkin, ammo ularning -aqliy darajasi qanday ulchanadi? Buning uchun alohida psixologik testlar seriyasi ishlab chiqilgan. Undan foydalanish usuli quyidagicha: birinchidan, har xil yoshli bolalar qaysi vazifalarni bajara olishlari aniqlanadi. Olti yoshli bolalar bir xil vazifani bajarishsa, sakkiz yoshlilar boshqa xil vazifani bajarishadi va hakozo. Endi olti yoshlilarga mo‘ljallangan test vazifasini turli yoshdagi bolalarga berib kuramiz. Ayrim turt va besh yoshlilar ham bu vazifani uddalashlari, ammo ba’zi un-un ikki yoshlilar ayni shu vazifada qiynalishlari mumkin. Aqliy daraja shu yusinda ulchanadi. Agar olti yoshli bola yoshiga moye test vazifasini bajara olsa urtacha, ayni shu vazifani turt yoki besh yoshli bola uddalasa, aqliy darajasi a’lo ekanligi ma’lum buladi. Xuddi shu vazifani, ya’ni olti yoshga mo‘ljallangan vazifani bajarishga un ikki yoshli bolaning uquvi yetmasa, aqliy darajasi orqada qolgan hisoblanadi.

2015-05-13 18:25:00
 

Muslima Albinizm nimadan paydo bo'ladi?

Kategoriya: Bilib qo'ygan yaxshi

Organizmida umuman pigmentlar yoki tuye beruvchi bo‘yoqlar bo‘lmagan odamlarni albinoslar deymiz. Dunyodagi jami irqlardagi odamlar, garchi oq irq vakillari (ayniqsa, skandinavlar) organizmida bo‘yoq moddalar j:uda kam bo‘lsa-da, muayyan miqdorda tanaga tuye 6ej pigmentlarga egadirlar.

Inson organizmida pigmentlar yoki badanga rang beruvchi buyoqlar qaysi manbadan olinadi? Bizning organizmimizdagi muayyan moddalar, ya’ni ranglarning asosi bulgan xromogenlarga ayrim fermentlarning ta’siridan pigmentlar hosil buladi. Organizmimizda pigmentlarni hosil qiluvchi xromogenlar va fermentlarning yetishmasligidan albinoslar paydo buladi. (Albinos — lotincha "oq" degani).

Albinoslarning kuzlari, to‘r pardada qon aylanishi tufayli qizg‘ish rangli bulib, yorug‘likka chidamsiz bulganidan hamisha pirpirab turadi. Ularning sochlari, butun tanasi, hatto ichki a’zolari, bosh va orqa miyalar ham oq rangda buladi. Dunyodagi barcha millatlarda albinoslar uchrab turadi. Albinizm nafaqat odamlar orasida, balki usimlik va hayvonot dunyosida ham mavjud. Tabiatda hatto albinos qushlarni ham uchratish mumkin. Albinizm suyak suradi, ya’ni albinoslik xususiyati otadan farzandlarga utadi, deyiladi.

2015-05-12 18:47:00
 
Bet: 1 Hammasi: 87