headerasila

PEDIATR MASLAHATXONASI

pediatr1

 Biz bilan hamkorlik qilayotgan PEDIATR Tagaeva Dilnoza onlayn ravishda savollaringizga sifatli va batafsil javob beradilar. 

Fotor0100292626

BLOGdagi yangi yozuvlar

pinkyauction

Immunitetni oshirish

Immunitetni oshirish

IMMUNITET bu organizmning har xil infektsiyalarga qarshilik ko'rsata olish qobiliyatidir. Immunitet immun tizimining turli xil mikroblar bilan to'qnashuvi natijasida vujudga keladi. Bolalarda immun tizimining yaxshi faoliyat ko'rsatishi alohida ahamiyat kasb etadi. 

Chunki bolaning turlicha kasalliklarga chalinib oson tuzalib olishi, kasallikning asoratsiz kechishi aynan immunitetning hosil bo'lishiga bog'liq. Shunday ekan immunitet pasayib ketmasligini ta'minlash lozim.

Immunitetni pasayish sabablari:

  • Noto'g'ri ovqatlanish;
  • Stress;
  • Vitamin yetishmovchiligi;
  • Ichki organlar kasalliklari;
  • Organizm o'tkir kasallikka uchragani.

Bolanning immuniteti ikki xil bo'ladi: spetsifik va nospetsifik.

Spetsifik immunitet bolada individual bo'lib, bola yoshligida chalingan kasalliklarga va qilingan emlanishga bo'g'liq bo'ladi. Ya'ni bola kichikligida vetryanka yoki qizamiq bilan kasal bo'lgan bo'lsa, demak unda bu kasalliklarga immunitet hosil bo'lgan va u boshqa bu kasallikka uchramaydi, yuqtirib olsa ham kasallik oson kechadi. Kasalliklarga qarshi qilingan emlanish natijasida ham organizmda o'sha kasallikka nisbatan immunitet hosil bo'ladi va shu kasallik bolaga kelajakda yuqmaydi, yuqsa ham yengil shaklda o'tib ketadi.

Nospetsifik immunitet deyarli barcha bolalarda bir xil bo'ladi. Nospetsifik immunitet bola organizmini oddiy bakterial infeksiyalardan saqlaydi.

Imminiteti past bolalar kuchli immunitetga ega bolalarga nisbatan ko'proq va og'irroq kasal bo'ladilar.

Bolaning immuniteti nimaga bog'liq?

1. Ovqatlanish sifati - bolaning ovqatlanish ratsionida yetarlicha vitamin va minerallar mavjud bo'lishi kerak. Undan tashqari ovqat ko'pligi bilan emas, xilma-xilligi bilan sifatli ekanligini unutmaslik lozim.

2. Bolaning yashash sharoiti - oiladagi muhit, maktab-bog'chadagi sharoit bolaning immun tizimiga katta ta'sir ko'rsatadi. Nafaqat sifatli ovqatlanish, balki ota-onaning mehriga to'yish ham sog'lom bo'lish garovidir.

3. Bolaning ichki organlarining holati - organizmda biron bir organning faoliyati buzulganligi immun tizimini to'g'ri faoliyat ko'rsatishiga to'sqinlik qiladi. Surunkali kasallik (gastrit, pielonefrit, karies va hokazo)lar immunitetni keskin pasaytiradi.

Bolada immunitet pasayganligi haqida qanday bilsa bo'ladi?

  • Bola ko'p shamollaydi (yilda kamida 6 marta);
  • Oddiy shamollash o'g'ir kechadi, ketidan angina, otit, bronxit kabi og'irlashish vujudga keladi.
  • Bolaga davolash yaxshi ta'sir qilmaydi, kasallik odatdagidan ko'ra uzoq davom etadi.

Yuqoridagi ko'rsatkichlar organizmni immun holatini to'liq ochib bermaydi, immun tizimi faoliyati aniq bilish afsuski juda qiyin va uzoq davom etadigan jarayon. Shuning uchun, bolada yuqoridagi ko'rsatkichlar takrorlanishini kuzatsangiz, uni shifokorga ko'rsatib maslahatlashish talab etiladi.

Bolani immunittini oshirish yo'llari:

1. Chiniqtirish

Bolani chaqaloqligidan chiniqtirish boshlamoq lozim. Faqat chiniqtirish deganda har kuni ma'lum bir soatda ma'lum bir mashqni qilish nazarda tutilmaydi. Chiniqtirish kundalik harakatlarda namoyon bo'lishi kerak. Ya'ni, ertalab turganda oddiygina jismoniy mashg'ulot (o'yin tarzida), yuvinish davomida suv bir oz salqinroq bo'lishi (sovuq emas, balki iliqdan salqinroq), kunda ikki marta sovuqda ham, yomg'irda ham mos kiyimda bo'lib toza havoda aylanish, chopish, o'ynash.

2. Vitaminlar

Bolaning immun tizimi buzilishiga olib keluvchi yana bir sabab organizmda vitamin yetishmovchiligi (gipovitaminoz)dir. Vitaminlar yetarlicha qabul qilinishi uchun bolaning ovqatlanish sifati yuqori bo'lishi kerak. Meva va sabzavotlar, uglevod va oqsilga boy mahsulotlar bola organizmiga har kuni yetarlicha yetkazib berilishi lozim. Afsuski qo'shimcha ichilgan dori shaklidagi vitaminlarning organizm tomonidan qabul qilinish darajasi juda past bo'ladi. Lekin talab etilsa, shifokor bilan maslahatlashgan holda vitaminlarni alohida qabul qilish tavsiya etiladi.

3. Immunostimulyatorlarni qabul qilish

Hozirgi kunda immunostimulyatorlar juda ko'payib ketgan, lekin ularni faqatgina organizmga haqiqatan immunodefitsit (immun tizimini faoliyati pasaygani) aniq bo'lganda qabul qilish mumkin. Buni esa faqat immunologning maxsus tekshiruvlari aniqlab beradi. Agar immunologning tavsiyasi bo'lmasa, bunday dori vositalarini ichish bolaning tabiiy immun tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Bolaga immunostimulyator ichirish uchun quyidagi holatlardan biri mavjud bo'lishi shart:

  • Bolada immunodefitsit immunolog tomonidan aniqlangan;
  • Bolani immunitetini oshirishning tabiiy yo'llaridan foydalanilsa ham, foydasi bo'lmagan (chiniqtirish, vitamin va mineralga boy ovqatlantirish, bolaning yashash muhitini yaxshilash);
  • Bolaning ichki organlarining surunkali kasalliklar aniqlanmagan.

Immunitetni tabiiy ravishda oshiruvchi mahsulotlar:

1. Sut
2. Qatiq
3. Olma
4. Sabzi
5. Asal
6. Lavlagi
7. Baliq
8. Piyoz va sarimsoq piyozi
9. Sedana yog'i (kuniga 1 choy qoshiq)
10. Limon
11. Namatak damlamasi
12. Turshak, olma qoqisi, olxo'ri qoqisi va ularning damlamalari
13. Har xil danaklar
14. Petrushka ko'kati

Farzandingiz nonushtasiga ushbu mahsulotlardan har kuni qo'shib bersangiz, uning immuniteti tabiiy ravishda ko'tariladi.

Tavsiya qilamiz:
Bolada angina: alomatlari
Deyarli har bir bola yoshligida uchragan bu kasallik hammamizga tanishdir. Uni to'g'ri davolash juda katta ahamiyat kasb
dori va bola
Kichik yoshdagi bolalarning dori vositalariga reaksiya qilishi ko'p uchraydigan holat. Hatto BAD vositalari, ba'zi o't d
allegiya
Statistikani ko'rsatishicha, allergiya va uning ko'rinishilari hozirgi kunda keng tarqalgan kasallik bo'lib kelmoqda. Al
Diatez
Chet elda diatez - kasallik deb qabul qilinmaydi. Bizda esa deyarli har uchinchi bolaga shunday tashxis qo'yiladi. Nega

Izoh yozish huquqingiz yo'q

TOP

Bizga qo'shiling: facebook twitter flickr

 

Uzbaby.uz © 2009-2014 Saytdagi materialni qayta chop etish O'zbekiston Respublikasi 

qonunchiligiga binoan qat'iyan taqiqlanadi.