Print
Kategoriya: 3 yoshdan 7 yoshgacha
Ko'rildi: 829

Masalliqlar:

1 dona tovuq
1 dona piyoz
1 stakan yog'
2 dona tuxum
4 osh qoshiq un
4 dona chesnok bolagi
tuz, ziravorlar
10 dona behi cho'pli six
5-6 dona kartoshka

Tayyorlash:
Tovuq go'shtini suyagi bilan yo suyaksiz o'rta kubik shaklida to'g'raladi. Ustiga 1choy qoshiq tuz, ziravorlar, mayda tog'ralgan chesnok solib aralashtiriladi.
20-30 daqiqa marinovka qilinadi.


Tayyor go'sht bo'laklarini sixlarga joylab, xar birini quymoqqa bulg'ab, 2cho'mich yog'da qovuriladi.


Quymoq tayyorlash: tuxum+un+tuz solib atalanadi.
Kartoshka 4 ga bo'lib qovurib olamiz va tuz sepamiz.
Ustiga qovurilgan kabobni krest qilib terib, 1 piyola suv quyib 30 daqiqa past olovda dimlab pishiriladi.


Dimlagandan keyin 10 daqiqa o'tgach 1ta piyoz tog'rab solib, dimlashda davom etamiz.