Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

bolaga ism tanlash

Kichikligimizdan ota-onamiz, qo'shni va qarindoshlar bizga biron nom belgilab qo'yishga shoshadilar. Ism emas, nom.
Baqiroq, sho'x, erka, baqaloq, qizg'anchiq, qoravoy, yig'loqi, o'jar, aqlsiz, do'mbil, erinchoq va hokazolar farzandlarimizga kichikligidan qo'yilgan "nom"lardir.
Bolaning biron bir qilig'idan kelib chiqib ota-onasi yoki atrofdagilar bolaga osongina tamg'a bosib qo'yadi

Bola kichikligida bu tamg'asiga o'rganib olib unga mos kelishga intiladi.
Bu tamg'a bilan yashash o'sayotgan bola psixikasi qiyin vaziyatdir. U tamg'asi borligi tufayli kamroq baqirishdan ko'ra, baqirganida o'zini tamg'asi tufayli oqlab oladi.
"Qoravoy" "nom"iga ega bo'lgan bola o'zining qora ekanligidan uyalib butun umr bundan aziyat chekib yuradi.
"O'jar" esa, tamg'am shu ekan deb o'jarligini oqlab yuradi. Bolaga tamg'a shunchalik o'rnashib qoladiki, u o'zgarishga hatto intilmaydi ham.
Aslida "O'jar" tamg'aga ega bo'lgan bolaga ota-onadan ko'p mehr talab etilsa, "aqlsiz" tamg'asi bor bolaga ko'proq e'tibor talab etiladi. Muhimi hech qachon bolaning oldida ham, orqasidan ham uni biron "nom" bilan atamaslik lozim.

Bola yillar o'tib o'zgaradi, "aqlsiz" bola a'lochi bo'lib qolishi ham mumkin, "erka" birdan quyilib qolishi mumkin. Lekin uning ijobiy o'zgarishlari ana o'sha bosilgan "tamg'a" tufayli atrofdagilarga endi ko'rinmaydi.
Ular uchun u umrbod "erinchoq", "qizg'anchiq" bo'lib qolaveradi. Bu bola yuzta ijobiy fazilat ko'rsatib, birgina salbiy tamg'asiga oid fazilat ko'rsatsa, "Ana! o'zi doim shunday edi, shunday qolaverdi!, deyiladi va yana tamg'asi ko'rsatilib qo'yiladi.Oxiri bola charchab, tamg'asiga mos bo'la qolishni afzal ko'radi.

Qiz bolalarga esa, ularning tashqi ko'rinishiga oid tamg'alardan ehtiyot bo'ling. Baqaloq, qora qiz, sariq mashak, ariq kabi nomlar hech bir qizga yarashmaydi. Qiz bolaning ko'ngli juda nozik bo'ladi. Umuman bolaning ko'ngli nozik.
Ota-onasi u haqda aytgan gapi u uchun dunyodagi eng katta haqiqatdir. Yillar o'tib 16 yoshlik qizingiz o'ziga ishonmaydigan, qo'rqoq, maktabda hammadan zarb yeydigan qiz bo'lib o'sganida, siz unga "Uyalma, sen juda chiroyli qizsan, qaddingni rostlab yur," deganingiz bilan u endi unga siz berib qo'ygan, miyasiga singib ketgan tamg'asiga ko'proq ishonadi. 

Bolani qilig'iga baho bering, qilayotgan ishiga. Lekin o'ziga emas. Sen undaysan, bundaysan emas, sening qilgan ishing unday, bunday deyishga odatlaning.

Darsini qilishga erinmoqdami, "Erinchoq" deyishga shoshilmang. Dars qilishga erinma! deb ayting.
Qizingiz qo'shni qizidan yuzi qoraroq ko'rinsa, "qoravoy" san demang! Solishtirimang!
Aka-uka bir-biridan farq qilib biri darsini chaqqonlik bilan qilib, ikkinchisi dangasalik qilayotgan bo'lsa, shoshib biriga "aqllik", ikkinchisiga "dangasa" deb "nom" qo'yib qo'ymang.
Uch-to'rt yillardan so'ng vaziyat qanday bo'lishini bilmaysiz. Shunchaki birini ikkinchisiga namuna qiling, sen ham shunday bo'la olasan deb qanoatlantiring, lekin tamg'asi bo'lmasin.
Bolaning psixologik holatiga kichikligida qanchalik ko'p e'tibor bersangiz, katta bo'lganida o'zidan mamnun baxtiyor bolani ko'rishingiz shunchalik oson bo'ladi.

bolani cho'miltirish

Hozirgi kunda ko'pchilik ota-ona maktab yoshigacha bo'lgan bolani deyarli har kuni cho'miltirishga odatlangan. Huddi shunday chaqaloqlarni ham. Shartmikin?

Bolaning aqliy rivojlanishi haqida qayg'uradigan ota-ona unga albatta kitob o'qib berishi kerak ekan. Bu haqda Kaliforniya Universiteti tadqiqotlari so'zlamoqda.

bolani urish

Oramizda "Bolani urib tarbiyalash noto'g'ri", deb o'ylaydiganlar va "bolani urib katta qilsa, tarbiyali bo'ladi," deydiganlar ham bor. Kim haq yoki nohaqligini bilish shart emas, bolani urish aslida nima ekanligi haqida bilib olaylik.

Yoz kunlari ko'p oilalar dam olish uchun boshqa shahar yoki mamalakatlarga ketishni rejalashtiradi. Kichik bolaning salomatligiga ham havo almashtirish foydali hisoblanadi. Dam olish maroqli o'tishi uchun ba'zi sirlarni bilish, safarda kichik bola bilan qiynalmaslikka yordam beradi.

Bu mavzuni yoritishdan oldin juda ko'plab materiallar tahlil qilindi. Bu mavzuni nafaqat yoritish, balki u haqda gapirish ham juda qiyin, chunki u bizning bolajonlarimiz psixikasiga taaluqli. Lekin mavzuga oid yetarli bilimlar kamligi tufayli ba'zi oilalarda bolalarimizga shu deb azob berilayotganini ko'rib saytda bu haqda kerakli ma'lumotlarni keltirishni joiz deb bildik.

Bolaga nima yoqmaydi

Amerikalik mashhur Sirs pediatrining ta'qidlashicha, bolaga nisbatan ba'zi harakatlarni namoyon qilmasa, tarbiya ancha osonlashar ekan. Bu harakatlar quyidagilardan iborat:

Bola bilan qanday muomila qilish kerak

Ba'zida o'z farzandimizni tushunmay qolamiz, ba'zida farzandimiz bizni tushunmay, gapimizni qabul qilmay injiqlik, qaysarlik qiladi. Buning sababi nima ekan? Qanday qilib kichik yoshdagi bola bilan ota-ona til topishishi mumkin?

Farzand tarbiyasi:

Ota-ona uchun farzand tarbiyasi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bola tug'iladi, uni tarbiyasi boshlanadi...bu borada eng muhimi nima? Nimadan boshlash kerak?

Bolaning aqlini charxlash

Ota-ona bolam aqlli bo'lsin deb ko'p harakat qiladi. Lekin bolani miyasini tabiiy ravishda rivojlantirish uchun ko'p narsa kerak emas ekan, bular ham bo'lsa, ota-onaning bolaning rivojlanishiga to'g'ri yondashishidir. 

Qanday qilib?

Suhbatimizga qo'shiling!

    • ☆ZIZI☆'s Avatar
    • Bugun nima ovqat qilasiz?
    • oddiygina pechenye .qizim mazza qilib yeyapti. [image] свежие серии http://dom2-online.com
    • ☆ZIZI☆
    • Pazandaxon's Avatar
    • Ma'naviy hordiq
    • Vaqt o'tishi bilan qiziqishlar ham o'zgarib boradi menimcha. O'quvchilik paytlarim dizaynerlikka o'qiyotgan opachamga havas qilib ayollar kiyimini chizishni juda yoqtirardim. O'zim yangi dizayinlar o'ylab chizib, bo'yar edim. #yahoo## Studentligimda dars, mashg'ulotlatdan ortib sport bn shug'ullanar edim. Xar kuni 5da turib yugurishga chiqar edik... uree@@ Xozir esa oshxonada mazzzza qilaman+til o'rganish. Kitob o'qish har doim jonu-dilim bo'lgan (bu qiziqishim o'zgarmagan) :lol:
    • Pazandaxon
    • Pazandaxon's Avatar
    • Tortlar
    • Hozirgina zavarnoy pirojnik (ekler) pishirib xolodelnikka qo'ydim [image] Retseptini ham xudo xoxlasa tez kunda yozaman.
    • Pazandaxon

Davomi »

loading...

Buni ham o'qib ko'ring

muxokama