Yomg`ir bulutchasi haqidagi ertak.

Bir bor ekan,bir yo`q ekan, qadim-qadim zamonda, olis osmonda kichkinagina kulrang yomg`ir bulutchasi bor ekan.

Bulutchani hecham do`sti yo`q ekan, chunki u doim yomg`ir yog`dirarkan. Shuning uchun uni hech kim hushlamas ekan. Shu-shu u butun osmon bo`ylab bir o`zi, yakka suzib yurarkan. Bir kuni bulutcha bir kichik uychani yonidan o`tayotib,uycha yoniga ekilgan chiroyli gullarga ko`zi tushibdi. Bulutchaga bu uyda kim yashayotgani juda qiziq tuyulibdi va uyga yaqinlashibdi.

Bulutcha uyga yaqinlashgach, undan ko`p yomg`ir yog`ila boshlabdi. Shu payt bir daniga uychadan bir qari kampir yugurib chiqibdi-da, osmonga qarab bulutni ko`rib hursand bo`lib ketibdi va, "Raxmat, raxmat senga bulutvoy!!!", deb suyunibdi. Chunki qari kampir qariligi sababli o`zi ekkan gullariga anchadan beri chelakda suv olib kelib, quyolmay qiynalayotgan ekan.

Bulutcha ham o`z-o`zidan sevinibdi, kimgadur foydasi tekkanidan hursand bo`libdi va tez-tez kampirning bog`i tomon borib, yomg`ir yog`dirishni boshlabdi. Har yomg`irdan keyin kampir ko`chaga chiqib, bulutchaga doimo raxmatlar aytarkan.Bundan bulut suyunib, kampir tomon tez-tez kelib turarkan. Shunday qilib kulrang bulutchani yahshi ko`radigan bir do`st topilibdi.