Qadim o`tgan zamonda, o`rmon degan tomonda bir ayiq yashagan ekan.

 

U juda kuchli va botir ekan,shuning uchun uni butun o`rmon ahli “O`rmon shoxi” deb atasharkan. Lekin ayiq bundan fahrlanmasdan, qaytanga boshqa hayvonlarga kerak paytda yordam berarkan, ular haqida qayg`urar ekan.

Qahraton qishning bir kunida ayiq o`tin uchun o`rmonga chiqibdi, tashqarida juda qattiq ayoz, shamol bo`lgani uchun o`tinlarni zo`rg`a yig`ib, arang uyiga yetib olibdi. Uyining eshigini ochiboq, pechkasiga o`tin qalabdi, samovarga suv qo`yibdi. Ayiqning samovari juda mashxur ekan. Chunki bu samovarni o`rmon hayvonlari o`zlarining himoyachisi va yordamchisi uchun sovg`a qilishgan edi. Samovarning qorni juda katta, ustida oq choynagi bilan edi, choynakning esa chiroyli yashil gulchalari bor ekan.

Ayiq bu samovardan choy ichishni juda hush ko`rar ekan. Samovardan chashkasiga suv qo`yar ekan, birdan uy eshigini kimdur taqillatibdi. Eshikni ochgan ayiq, ostonada turgan katta muz bo`lagini ko`rib hayron bo`libdi va uni ko`tarib uy ichiga kiritibdi, pechkaga yaqin oborgan ekan, muz bo`lagi erishni boshlab,ajabtovur bir hayvon paydo bo`libdi. Hayvoncha kichkinagina, qop-qora,semizcha va oldida oq dog`i bor ekan.

Ayiq yashilab qarasa hayvonchani qizil tumshug`i va ikkita qanotchasi bor ekan.

Tayinki ayiq bu hayvonchani qush deb o`ylabdi. Lekin bu ajabtovur hayvoncha qush emas, Pingvincha ekan. Butun o`rmonda hali bir dona ham Pingvin bo`lmagani sabab, hayvonlar bunday hayvon turi borligini bilmas ekan. Pingvincha muzdan holi bo`lib, o`ziga kelishni boshlabdi va ayiqqa uzoq o`lka hisoblanmish Arktikadan shu o`rmonga qandaydur sabab bilan tushib qolganini aytib beribdi. Ayiqqa bu qushcha juda yoqib qolibdi va uni o`rmonga taklif qilibdi.

Pingvinchaga o`rmon yoqibdi , barcha hayvonlar bilan do`stlashib olibdi. Katta qari darahtning kavagiga unga uy qurib berishibdi. Va hayot yana davom eta boshlabdi.