Kattalardan farqli ravishda yosh bolalar, ayniqsa, qizaloqlarimiz turfa xil rangdagi, bezakdor kiyimlarni xush ko'rishadi. Shuningdek, oyoq kiyimlarini ham gul shaklli, kapalak va popugi borlari ko'zlarini quvontiradi. Quyida bezatmoqchi bo'lganimiz oddiy shippak (slantsi)ning yasatilgan ko'rinishi qizalog'ingizga yoqadi, degan niyatda havola etishni lozim topdim. Buning uchun bizga bir pachka (taxminan 45-50 dona) kichik o'lchamdagi va turli rangdagi shar rezinkalari kerak bo'ladi:

 

Sharchalarni turli ranglaridan to'rttasini parallel ushlab, o'rtasidan boshqa sharcha yordamida boylab olamiz.

Hosil bo'lgan sharli bog'lamlarni shippakning ikkala qanot qismiga 3 yoki 4 tadan boylab chiqamiz

Bo'glayotganda imkon qadar dastlabki - to'rtta sharni ushlab turgan shar rezinkasi orqali bog'lashga harakat qiling, shunda yechilib ketish ehtimoli kamayadi. 

Rangdor shippagimiz tayyor.