Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

Homiladorlikning alomatlaridan biri asabiylashish, yig'lash desak adashmagan bo'lamiz. Aslida xursand bo'lib yuradigan ushbu davrda ko'pchilik ayollar asabiy, yig'loqi bo'lib qoladi. Nega?

Homiladorlik davomida ayol organizmida kuchli gormonal o'zgarishlar yuz beradi. Aynan shu gormonal o'zgarishlar tufayli ayolning kayfiyati o'zgaruvchan bo'lib qoladi. Hozirgina kulib turgan ayol birdaniga yig'lab yuboradi. Yoki arzimagan gap uni 1 soat tinmay yig'lashiga undaydi.
Eng qizig'i, homiladorlikni oylab, hatto yillab kutgan ayolda ham bu davr xursandchilikni o'rniga mayuslik, bexotirjamlik, havotir tuyg'ularini olib kelishi mumkin.
Ko'pincha kayfiyatdagi keskin o'zgaruvchanlik 2 trimestrning oxirlariga borib yo'qqa chiqadi. Bunga sabab ayol organizmidagi gormonal o'zgarishlar keskinligi bu davrda kamayadi.
Eng alam qilgani, atrofdagilar yig'ab yurgan homilador ayolni tushunmaydilar. Aksincha, unga tanbeh berib, bunday qilish noto'g'ri ekanligini o'qtiradilar.
Lekin ayol atayin bunday qilmaydi, undan tashqari atayin bunga chek qo'yish ham qo'lidan kelmaydi. Ko'chadagi daraxtga qarab turib ham yig'lab yuborishi hech gap emas bo'lib qoladi. Homilador ayolning yig'lashi keng tarqalgan holat.
Bu yomonmi? Yo'q, albatta.
Bu normal holatdir. Bunga hech qanday kasallik ham, erkalik ham sababchi emas, lekin hadeb yig'layverish ham ayolga yengillik bermaydi. Undan tashqari rivojlanayotgan homilaga ham ijobiy ta'sir ko'rsatmaydi.
Shuning uchun eng muhimi homilador ayolni atrofdagilari tushuna olishidir. Jismonan charchagan va toliqqan ayolga har tomonlama dalda berish, yaqinlarning vazifasidir.
Quyidagilarga amal qilishni sizga tavsiya etamiz:
1. Yig'lashni istasangiz, bekitmang. To'yib yig'lab oling;
2. Har narsaga osongina yig'lab yuborishingiz sababi haqida turmush o'rtog'ingizga tushuntiring. Bunga sabab siz emas, balki organizmingizdagi gormonal o'zgarishlar ekanligini bilsa, unga sizni yupatish osonroq bo'ladi.
3. Dardlashadigan inson yonida bo'ling. "Muncha yig'layverasan!", deb sizni battar qiynaydigan emas, balki sizni erkalab, yupata oladigan inson bilan bo'ling.
4. Ko'p uxlang. Uyqu mana shunday holatda eng yaxshi davo.
5. Avallambor o'zingizga erka bo'ling. Mazza qilib istagan narsangizni yeng, yaqinlaringizga erkalik qiling, olib berishsin. Shu payt erka bo'lmasangiz, qachon bo'lasiz?
6. Bu holatingiz homiladorlikning 2 trimestridan so'ng ham davom etayotgan bo'lsa, shifokorga murojat qiling.

Homiladorlikda depressiya(tushkunlik) holatida bo'lgan ayollarda, ko'pincha tuqqandan so'ng ham ilk 1-2 oy shunday holat kuzatiladi.


7. O'zingizni qiziqarli yoqimli ish bilan band qiling. Bu ish sizga malham bo'la olsin, og'irlik keltirmasin. Chizing, narsa pishiring, do'kon aylaning va hokazolar.
8. Kitob o'qing. Qiziqarli va manoli kitob sizni mayus hayollardan holi saqlaydi.
9. Yig'lagingiz kelganida, bag'ringizdagi bolajoningiz haqida o'ylang. Uni kiyintirib, oyoqchalariga paypolar kiydirib, cho'miltirib, erkalashlaringizni tassavur qiling.
10. Yordam so'rang. Ish kamroq qiling.Kayfiyatingiz yo'qmi, demak sizga yordam kerak. Bu davr umrbod bo'lmaydi, bir necha oy oilangizga erkalik qilsangiz chidashsin. Eringizga butun vaziyatni tushuntirib, bu holat o'tkinchi va siz uchun qiyin ekanligini yaxshilab aytib undan yordam so'rang.

Eng muhimi yig'layotganingizdan tushkunlikka tushmang. Bunday ayol faqat siz emassiz. Homiladorlik davomida yig'lab asabiy bo'lib yuradigan ayollar juda ko'p.

Siz ham ular qatoridasiz. Bu ayb yoki kasallik emas va tez orada o'tib ketadi. 

 

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zohida97's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Hayrli kech hamma jonajon opajonlarimga yana shu qatorda Zahro opamga kattakon raxmat opajon raxmat saytga yozganizdi uqip man uchun xudodan suraganizdi uqip ich ichimdan boshqacha bulip kuzimga yosh keldi forumdagi opajonlarim man uchun xam qayg'uryotganlariz uchun Raxmat deyman ollohdan suraymanki forumdagi hamma opalarim nima niyat qigan bulsezla barchasiga yetishing oilalariz farzandlariz yana oilalariz eng kichik azosi zohida boshiga sog' salomat buling
    • Zohida97
    • Zarinabonu's Avatar
    • Salatlar
    • Vooy Rahmat huddi shunaqa paketda edi.
    • Zarinabonu
    • Lily's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • jufti halolingiz.bn ilk uchrashuvingizni aytib bera olasizmi)))
    • Lily

Davomi ยป

Buni ham o'qib ko'ring