Copy-of-isTemplateBs-Real-Estate-2-200x200-63 128

Система Orphus

BLOGdagi yangi yozuvlar

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz siklining birinchi kun sanasini kiritng:

/ /

Odatda hayz sikli necha kun davom etishini ko'rsating:

Homiladorlik taqvimi (kalendari)

homil taqvim

Sayt rivojlanishi uchun!

Amount: 

HOMILADORLIK

homiladorlik

Homiladorlik haqida eng muhim savol-javoblar

1. Homiladorlik qachon vujudga keladi?

Hayz ko'radigan ayol ovulyatsiya payti jinsiy aloqada bo'lib, erkak spermatozoidi ayolning yetilgan tuxum hujayrasi bilan to'qnashib bachadonga o'rnashib olsa, homiladorlik yuzaga keladi.

2. Homiladorlik davri qancha davom etadi?
Normada tibbiyot tilida 10 akusherlik oy, yoki 9 kalendar oyi, yoki 280 kun yoki 40 hafta homiladorlik davom etadi. Bu ko'rsatkichdan u yoki bu tomonga 10-14 kunga siljish ham norma hisoblanadi.

3. Homiladorllik davrida ishlash mumkinmi?
Bu davrda shifokor aksini tavsiya qilmagan bo'lsa, 32-34 haftagacha ishlash mumkin.

4. Homiladorlik payti jinsiy aloqaning zarari yo'qmi?
Agar homiladorlik normal kechayotgan bo'lib, bola yaxshi rivojlanib kelayotgan bo'lsa, homilador ayolning bunga xohishi bo'lsa, jinsiy aloqaning zarari yo'q.

5.Nega ba'zi ayollarda toksikoz bo'ladi?
Homilador ayol organizmida ko'plab gormonal o'zgarishlar sodir bo'lishi tufayli toksikoz kabi holat yuzaga kelishi mumkin.

6. Homiladorlik paytida dieta tutish mumkinmi?
Dieta tutish aslo ta'qiqlanadi, bu homila salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.

7. Homiladorlik davrining eng muhim payti qachon?
Aslida homiladorlikning butun davri juda muhim hisoblanib, uning davomida ehtiyotkorlik talab etiladi, lekin homiladorlikning 1-3 va 7-8 oylarida ayol o'z salomatligiga, yeyish - ichishiga va turmush tarziga nihoyatda e'tiborli va ahamiyatli bo'lishi darkor. Chunki bu davrlarda bola tushish havfi va muddatidan oldin tug'ish holati yuzaga kelish ehtimoli bor.

8. Homiladorlik davrida nima qilish mumkin emas?

  • Alkogol ichimlik ichish;
  • Chekish yoki chekadiganlar oldida uzoq vaqt bo'lish;
  • Og'ir jismoniy ish yoki mashg'ulot qilish;
  • Eskirgan yoki kimyoviy moddalar qo'shilgan mahsulotlar iste'mol qilish;
  • Shifokor tavsiyasini olmay, dori qabul qilish;
  • Rengen muolajasini o'tkazish;
  • Kofe va koka-kola ichish.


9. Homiladorlik alomatlari qanday?
Homiladorlik yuzaga kelganini bilish uchun dorixonada sotadigan homiladorlik testidan foydalansa bo'ladi. Uni homilador bo'lish uchun qilingan jinsiy aloqadan so'ng keladigan hayz kelish muddati 2 haftadan ko'pga kechkayotganda o'tkazish maqsadga muvofiq bo'ladi. Undan oldin o'tkazilsa test homiladorlikni aniqla olmay, xato qilib manfiy natija chiqarib berishi mumkin. (Bu haqda batafsil bu yerda o'qing).

10. Homilador bo'lishdan oldin bola jinsini rejalashtirish imkoniyati bormi?
Yuz foizlik rejalashtirishning iloji yo'q. Bu yerdagi jadvallar asosida bo'lajak bola jinsini 60-80% aniqlik bilan rejalashtirsa bo'ladi. Lekin eng asosiysi bolaning salomat bo'lishi, jinsi emas.

11. Tug'luq boshlanganini homilador ayol o'zi his qila oladimi?
Ha, agar u tug'luq alomatlari bilan tanish bo'lsa, o'zi bila olishi mumkin.

12. Birinchi homiladorlik oson kechadimi yoki keyingilarimi?
Hammada har xil. Ba'zilarda birinchisi oson kechib, tug'ish ham yengil o'tsa, keyingi homiladorliklarda qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin. Ba'zilarda aksincha, masalan, birinchi juda tug'luq kechishi mumkin.

13. Homilani qachongacha olib tashlash mumkin?
Homilani olib tashlash din tomondan ta'qiqlanadi. Shifokor tavsiyasiga binoan (agar homilada salomatligiga zid patologiyalar mavjud bo'lsa yoki homiladorlik davom ettirilishi ayol umriga xavf solayotgan bo'lsa) homiladorlikning 12 haftasigacha homila olib tashlanishi mumkin.

14. Homiladorlik davrida homila rivojlanishi haqida qanday bilsa bo'ladi?
Buning uchun muntazam ravishda shifokor huzuriga borish kerak va homiladorlik kalendari bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq bo'ladi.

15. Homiladorlik yuzaga kelganidan so'ng qachon shifokor huzuriga borish lozim?
Homiladorlik aniqlangan zahoti ginekolokka uchrash talab etiladi. U kerakli tavsiyalarni beradi.

16. Bu davrda qanday analizlar topshiriladi?
Asosan qon va siydik tekshiruvlari va Ultra tovushli diagnostika qilinadi. Kerak bo'lganda boshqa qo'shimcha tekshiruvlar ham amalga oshirilishi mumkin.

Tavsiya qilamiz:
preeklampsiya
Ko'pincha homiladorlik muammosiz o'tadi. Lekin har bir homilador ayol homiladorlik uchun xavfli holatlar haqida bilib qo
jinsiy ajralmalar
Homilador ayolda jinsiy ajralmalar hajmi ancha ko'paygan bo'lishi tabiiy holat. Bunga ayol organizmidagi gormonal o'zgar
bachadon tonusi
Bachadon tonusi bu alohida bir kasallik bo'lmay, u homila tushishi havfi borligidan dalolat beruvchi alomatdir.Bachadon
egizaklar
1. Ikki va undan ko'p homilali homiladorlik qachon ro'y beradi? Ikki va undan ko'p homila ayolning urug'langan tuxumini

Izohlar  

 
+3 # MUSTAFO 2013-2013-05 11:20
rahmat malumot uchun
 
 
0 # Imama 2013-2013-36 22:13
juday[censored] ajoyib sayt ekan.manga yoqdi :roll: ko'proq turmushga chiqqan va chiqayotgan qizlarimiz bilishlari uchun bu saytni kop kop rekl[censored]a lar qilish kk albatta.man yangi turmush qurganimda va homilador paytlarimda shunaqa saytlani rosa qidirib topolmagandim
 
 
+1 # lalo 2013-2013-08 13:21
Homiladorman emizikli bol[censored] bor uni emizs[censored] homilaga yoki bol[censored]ga zarari yoqmi
 

Izoh yosish huquqingiz yo'q

TOP

Bizga qo'shiling: facebook twitter flickr

 

Uzbaby.uz © 2009-2014 Saytdagi materialni qayta chop etish O'zbekiston Respublikasi 

qonunchiligiga binoan qat'iyan taqiqlanadi.


konkurs