headerasila

Copy-of-isTemplateBs-Real-Estate-2-200x200-63 128

Система Orphus

BLOGdagi yangi yozuvlar

Ortiqcha vazn miqdorini hisoblash

Ingliz   Metrik
lbs
ft   in

Sayt rivojlanishi uchun!

Amount: 

Ozib, qayta semirib ketmaslik uchun oddiy maslahatlar

Ozib, qayta semirib ketmaslik uchun oddiy maslahatlar

Ozish qiyin jarayon bo'lsa-da, unga ko'pchilik erisha oladi. Bir hafta och yursangiz 2-5 kg gacha yo'qotish mumkin. Lekin muammo shundaki, bu 2-5 kg 1 hafta o'tmasdan ortig'i bilan yana qaytib keladi. Qarabsiz-ki ozganingiz, o'zingizni shuncha qiynaganingiz befoyda bo'lib chiqadi. Ozib, qayta semirib ketmaslik uchun to'g'ri ozish kerak. Quyidagi qoidalarga amal qiling.

1 - qoida

Yotishdan oldin 3 soat ovqatlanmang. Uyquda kalloriyalar yoqqa aylanadi.

2 - qoida
Ko'p suv iching. Ovqat tez hazm qilinib yoqqa emas, energiyaga aylanishi uchun kuniga kamida 3 litr suv iching.

3 - qoida
Yog'lardan yiroq bo'ling. Yog'lar kalloriyaga eng boy mahsulotdir. Ayniqsa go'sht va sutdagi yog'lar badan ter osti yog'iga tez aylanadi.

4 - qoida
Bir o'tirishda ko'p emas, balki tez-tez oz-ozdan ovqatlanish kerak.

5 - qoida
Jismoniy tarbiya bilan har kuni shug'ullaning. Masalan, haftada 2 marta basseynda suzish yaxshi, lekin ozish uchun foydasi katta emas. Ozmoqchi bo'lsangiz, jismoniy mashg'ulotlarni har kuni o'rtacha og'irlik bilan bajarish lozim.

6 - qoida
Meva va sabzavotlardan ko'p iste'mol qiling. Ozayotgan organizm vitaminlarga ehtiyoji katta bo'ladi. Meva va sabzavotlardagi tabiiy vitaminlar organizm tomonidan oson qabul qilinadi, undan tashqari ovqat hazm qilish sistemasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

7- qoida
O'zini erkalash. Ozayotganda odam istagan narsasini yeya olmaganidan xafa bo'ladi. Shuning uchun haftada bir marta o'zingiz istagan mazali yeguliklardan me'yorida yeyishingiz mumkin. Shunda ozish stressga aylanmaydi.

Shuni unutmang, qancha sekin ozsangiz, natijasi shuncha uzoq davom etadi. Bir haftada yoki 1 oyda ozishni niyat qilsangiz, u holda keyingi 1 oyning ichida yo'qotgan vazningizdan yanada ko'proq killogramga semirishingizni inobatga oling.

8-qoida
Dam olish. Agar har kungi jismoniy mashg'ulotlar, me'yoridan kam ovqatlanish sizni psixologik va jismonan holsizlantirib qo'ygan bo'lsa, organizmingizga dam bering. Bir-ikki kun davomida jismoniy mashg'ulotlar qilmasdan, o'rta me'yorda ovqatlaning.

9-qoida
"Fast food", ya'ni tez tayyor bo'ladigan gamburger, qovurilgan kartoshkasi kabi yeguliklardan voz keching. Ularning 80% hazm bo'lmay yoqqa aylanadi.

10-qoida
Ovqatlanish me'yorini biling. Ozayotgan paytingizda ovqatdan butunlay voz kechib emas, balki ar doimgi ovqatlanadigan portsiyani yarmini yesangiz maqsadga muvofiq bo'ladi.

Tavsiya qilamiz:
Ozish uchun nima qilish kerak?
Ozish uchun aslida oddiy narsalar bizni katta natijaga olib kelar ekan.
Ozish uchun qanday ichimlik ichish kerak?
Dieta qilish davomida ayrim suyuqliklar ozishga yordam bersa, ayrimlari esa ozish jarayonini sekinlashtirar ekan. Shunin
Qorin ketqazish mashg'ulotlari
Ayollarda tuqqandan keyin qorni chiqib qolishi tabiiy holat. Lekin osilib turgan qorin yoqimsiz ko'rinishi mumkin. Quyid
Kamroq ovqat yeyish - ozish uchun 8 mahsulot
Olimlar tomonidan aniqlangan ushbu 8 mahsulot insonni uzoq vaqt mobaynida to'q tutib, kamroq ovqat yeyishiga, ya'ni ozis

Izoh yosish huquqingiz yo'q

Ozish va go'zlallik sirlari

Anemiya Anemiya

Anemiya alohida bir kasallik bo'lmay, organizmdagi boshqa kasallikning alomatidir. Ba'zi hollarda an [ ... ]

davomi...
Soch to'kilishi Soch to'kilishi

Homiladorlik davridan so'ng soch to'kilishiga nima sabab bo'ladi?

davomi...

Oilaviy hordiq maskanlari

Abdulla Qodiriy nomidagi park Abdulla Qodiriy nomidagi park

Tinch joyda joylashgan katta parkka borishni istasangiz Abdulla Qodiriy nomidagi park sizga yoqadi.  [ ... ]

davomi...
Strana detstva Strana detstva

Strana detstva majmuasida bolalar uchun o'yingoh, avtomat o'yinlari, o'yin majmualarini topsa bo'lad [ ... ]

davomi...
TOP

Bizga qo'shiling: facebook twitter flickr

 

Uzbaby.uz © 2009-2014 Saytdagi materialni qayta chop etish O'zbekiston Respublikasi 

qonunchiligiga binoan qat'iyan taqiqlanadi.


konkurs