Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

tish tushsa

Tish olinishi oddiy bo'lgani bilan bir jarrohlik operatsiya desak adashmaymiz.

Odatda tish olingach qon ketishi bir necha daqiqalarda to'xtaydi. Cho'zilgan holda ham 15-20 daqiqadan ko'p cho'zilmaydi.
Agar qon oqishi to'xtamayotgan bo'lsa, bunga bemor qoni suyuqlashgan bo'lishi(masalan, muolajadan oldin aspirin kabi qon suyuqlashtiruvchi dori ichgan bo'lishi), qon bosimining oshishi kabilar sabab bo'lishi mumkin.
Undan tashqari tish olinayotganda yirik qon tomirlariga zarb yetgan bo'lsa ham tish olingan joydan ko'p qon kelishi kuzatiladi.

Agar tish olingan zahoti qon kelishi kuzatilayogan bo'lsa, u holda stomatolog uni tez to'xtata oladi.
Tish uyda olingan bo'lib qon to'xtamayotgan bo'lsa yoki tish kasalxonada olinib bir necha soat o'tganda uyda qon kela boshlasa u holda shifokorga murojaat etgan ma'qul.

Agar qon unchalik ko'p kempayotgan bo'lsa, uni uy sharoitida to'xtatish uchun nima qilib ko'rsa bo'ladi?
{xtypo_quote_warning} Qon kelishi ko'payayotgan, yoki 30 daqiqa o'tgach to'xtamayotgan bo'lsa shifokorga uchrash talab etiladi. {/xtypo_quote_warning}

1. Bintdan tampon yasab tish olingan joyga taqab 20-30 daqiqaga tishlar bilan bosib qo'yiladi. Tampon qon oqimiga to'sqinlik qilib, qonni quyuqlashishib to'xtashiga yordam beradi. Tampon bir necha soniyada qonga to'lib ketayogan bo'lsa, u holda zudlik bilan shifoxonaga bormoq zarur.
2. Tish olingan tomondagi yanoqga muz matoga o'ralib 5-10 daqiqaga qo'yiladi. U qon tomirlarini siqilib qon oqimini to'xtashiga olib keladi. Muzni bevosita tish olingan joyga qo'yish yoki yanoqda uzoq vaqt mobaynida ushlash mumkin emas. Tish olingan joyda yallig'lanish jarayoni boshlanib ketishi mumkin.
3. Qon oqayotgan bo'lsa og'izni chayish kerak emas. Qon oqimini to'xtatuvchi quyuqlashgan qon parchasi suv bilan chiqib ketaverib, qon to'xtamaydi.
4. Qon bosimini tekshirib ko'rish lozim. Vahima bilan qon bosimi oshib ketgan bo'lsa, uni tushirish lozim. Aks holda qon to'xtashi qiyin bo'ladi.
Undan tashqari:
Tish olingandan so'ng sauna yoki boshqa issiq va sovuq muolajalarni 1-2 kun bajarmaslik zarur.
Qon bosimi yuqori yuradiganlar tish olingan kuni va undan so'ng qon bosimini nazoratda ushlamoqlari lozim.
Spirtli ichimliklarni tish olingach 1-2 kun ichmaslik muhim.

Agar qon oqishi bilan birga og'riq, bosh aylanish, bo'shlik sezilsa, darhol shifoxonaga uchrash lozim.

Tovon qotib ketsa, nima qilish kerak?

Teri juda nozik bo'lib u doimiy parvarishni talab etadi. Tovon terisi esa tashqi muhit ta'siriga ko'p uchraydi, shuning uchun uni yanada ko'proq parvarish qilish lozim.

depressiya nima

Tadqiqodchilarning fikricha, dunyoda ayollarda serotonin gormoni yetishmoqvchiligi ko'p kuzatilmoqda. Bu nimada namoyon bo'ladi?

Oktyabr oyida shamollash juda oson. Chunki kuzning aynan shu davrida ko'cha harorati ertalab qish sovug'iga, kunduz kuni esa yoz issig'iga teng bo'lishi mumkin.

Yosh bolalar bilan sayohatga borishdan oldin ota-ona ba'zi qoidalar bilan tanishib chiqishi mubolag'a bo'lmaydi.

Quyoshda terining kuyishi organizmga jiddiy salbiy oqibatlar keltiradi. Terining kuyishidan kattalar ham, bolalar ham saqlanishi zarur. 

quyoshdan saqlaning

Yoz kunlari yaqinlashgan sari, quyosh nurlari issiqlashib bormoqda. Yozning issiq kunlari bizga qanchalik yoqimli bo'lmasin, quyosh nurlari zararli ekanligi haqida unutmaslik kerak. 

qishda

Qish kunlari organizm alohida e'tibor talab etadi. Ko'pchilik asosan qish kunlarida kasal bo'ladi. Kasallikni davolashdan ko'ra oldini olish haqida bilib olaylik.

Kuz kunlari shamollamaslik uchun

Kuzning o'rtalarida ko'pchilik shamollashni boshlaydi. Ertalab salqin bo'lib, kunduzi isib ketishi havo haroratiga mos ravishda kiyina olmaslikka, natijada shamollashga sabab bo'ladi. Shamollashni davolashdan ko'ra, uni oldini olish qulayroq.

sigaret va bola

Ota-onalar farzandi uchun ko'p narsa qilishga tayyor. Tumandagi eng zo'r maktabga yuboradilar, betob bo'lsa, topilmas dori-vositalarini keltiradilar, o'zi yemay farzandiga eng zo'r krossovka olib berishga tayyor bo'ladilar. Ko'zbo'yamachilikmi yoki haqiqiy mehrmi bu?

≪Hayot uchun!≫ ko'krak bezi saratoni milliy uyushmasi Ko'krak bezi saratoni (KBS)ni profilaktika qilish, barvaqt aniqlash va davolash hamda KBS bilan xastalangan ayollarni reabilitatsiya qilish dasturi doirasida 2010-yil fevral oyida tashkil etilgan.

Mana 2 yildan ortiq O'zbekiston Respublikasida ≪Hayot uchun!≫ ko’krak bezi saratoni milliy uyushmasi o’z faoliyatini qizg'in amalga oshirib kelmoqda.

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zahroxon's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • sizlar 5ta qizmisizlar oilada, sizlar ham mazza qilibsizlarda diydor shirinda baribir
    • Zahroxon
    • Zahroxon's Avatar
    • Mart 2017
    • Bugun kotta buvijonimiz bizikiga mehmonga keldilar, buvimiz bn ham rasmga tushib oldik... [image] [image]
    • Zahroxon
    • Pazandaxon's Avatar
    • Bolalardagi kasalliklar
    • Va aleykum assalom Miyrxan. Forumga xush kelibsiz! Qizizga alloh shifo bersin. Shina yechilgandan keyin xar 3 yoki 6 oyda massaj, elektrafarez, parafin olib turasizlar. Qiziz yurishni boshlagandan keyin maxsus yassi oyoqchalar un tufliklar sotiladi, shuni kiydirasiz. Xar 6 oyda ortaped ko'rigidan o'tkazib turasiz. Keyinchalik qiziz bemalol yurib ketgach uyda oyoq uchida, tovonda, baklajka qopqoqlari ustida yurgizib o'ziz shugullansangiz ham bo'ladi.
    • Pazandaxon
    • Oymomo's Avatar
    • Go'zallik sirlari
    • Juda xavfli parhezlar: takrorlashga urinmang Bahor kelishi bilan hamma ozish harakatiga tushadi. Lekin shoshilib tez natijaga erishishni va’da qiluvchi parhezlar yordamidan foydalanishni rejalashtirib o‘tirmang. Ularning ko‘pchiligi salomatlik bilan bog‘liq va tuzatib bo‘lmaydigan muammolarga olib kelishi mumkin. Foto: “ Gastronom.ru” Oqsilli parhez Bu parhez ozishni xohlovchi, lekin yeyishni yaxshi ko‘radiganlar uchun mukammal variantga o‘xshab ko‘rinadi. Chunki, go‘shtni bemalol yeyish mumkin va bu ayniqsa erkaklarga yoqadi. Lekin, shakardan va oddiy uglevodlardan...
    • Oymomo

Davomi »

loading...