Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

Tug'ish - bu normal fiziologik jarayon bo'lib, unda bachadondan tabiiy tug'ish yo'llari orqali homila, homila oldi suvlar va yo'ldoshning itarib chiqilishi tushuniladi.

Odatda tug'ish homilador bo'lgan oydan boshlab 10 akusherlik oyi yoki 280 kun (oxirgi hayz ko'rishning birinchi kunidan boshlab u yoki bu tomonga 2 haftagacha surilishi mumkin yoki 38-40 hafta) dan so'ng sodir bo'ladi. Bu davrga kelib homila yetuk bo'lib, bemalol bachadondan tashqi muhitda yashay oladi. Bunday tug'ish "o'z vaqtida bo'lgan tabiiy tug'ish" deb ataladi. Agar tug'ish 28-haftadan 37-haftagacha sodir bo'lsa, bunday tug'ish "muddatidan oldin tug'ish" deb ataladi. Agar homiladorlik 42 haftadan oshib ketsa, bunda "muddatidan o'tib ketgan homiladorlik" hisoblanadi.

Tug'ish jarayonini ko'rib chiqamiz: 

1. Tug'ish alomatlari davri - bu davr tug'ishdan 1 oy yoki ikki hafta oldin namoyon bo'ladigan alomatlardan iborat. Bu alomatlarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

- qorin tushishi (qoringa qaraganda pastga tushib qolgani seziladi);
- homila oldi suvlarning kamaygani;
- bachadon kanalidan qopqoqning ajralib chiqishi (odatda kam miqdordagi qonli suyuqlik ko'rinishda bo'ladi);
- onaning vazn yo'qotishi yoki vazni ortmasligi kuzatiladi;
- qorin tagida regulyar bo'lmagan pastga tortuvchi og'riqlarning paydo bo'lishi kuzatiladi.

To'lg'oqlarni Brekston-Xiks to'lg'oqlari bilan adashtirib yubormang.

2. Dastlabki davr - bu davr aynan tug'ish jarayoni boshlanganidan dalolat berib, odatda, 6-8 soat davom etadi (ko'pi bilan 12 soat). Bu davrda qorin tagidagi noregulyar og'riq boshlanib, sekin-sekin muntazam ravishdagi og'riqlarga (to'lg'oq) o'zgarib boradi. Bunda bachadon yo'llari yumshaydi va homilaga yo'l ochiladi. To'lg'oqlar regulyar (har 15 daqiqadan boshlanib bir necha soniya oralig'ida) bo'lsa, homila chiqishga tayyorligidan dalolat beradi. Tug'ish jarayoni ana shu to'lg'oqlarga bog'liq. Chunki ular bachadon qisqartirib, homilani itaradi. Shunda bachadon suvlari oqa boshlaydi, agar qon aralashsa, demak bachadon yo'li qopqog'i ajralib chiqqan bo'ladi.

3. Uchinchi bosqich - bu bosqichda to'lg'oqlar muntazam bo'lib, ular orasidagi vaqt kamayib boradi (bir daqiqadan bir necha soniyagacha). To'lg'oqlar kuchayadi. Bu jarayonda bachadon yo'llari qisqaradi. Ayrimlarda bu davr tez o'tsa, ayrimlarda cho'zilib ketishi mumkin. Bunda bola pastga asta-sekinlik bilan tushib borayotgani kuzatiladi. Bola to'lg'oqlar orasida harakatlanadi.
Birinchi tug'ayotganlarda bu bosqich 8-12 soatga, boshqalarda esa 7-8 soatgacha cho'zilishi mumkin.

4. Nihoyat, bachadon yo'li 11 sm gacha ochilgan bo'lib, aynan tug'ish jarayoni boshlanadi. Bunda bolani ona tanasidan itarilishi kuzatiladi. Bu bosqichda to'lg'oqlariga ona tosi va diafragmasidagi qisqarishlar ham qo'shiladi. Nihoyat, bola itarilib chiqadi. Birinchi tug'ayotganlarda 1 soatgacha cho'zilsa, boshqalarda 10 daqiqadan yarim soatgacha cho'zilishi mumkin.

5. Tug'ishdan keyingi davr - boladan keyin bachadon suvlarining, yo'ldoshning va kindikning chiqishi kuzatiladi.

Tug'ishdan keyin bachadon bir necha daqiqa jim bo'lib, keyin asta-asta uning qisqarishi qaytadan boshlanadi. Qisqarish jarayoni bachadonni sekin-sekin o'z holiga qaytishiga olib keladi.

Bu normal, ideal tug'ish jarayonidir. Yaxshi niyat qilib, Allohdan bolajoningizning yengil tug'ilishini so'rasangiz, Allohning qudrati bilan osongina tug'ib, bolajoningizni bag'ringizga bosib olasiz.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...