Minnatdorman!

Minnatdorman!

O'tgan gal Janubiy Koreyalik bolalar adabiyoti muallifi haqida post yozaman deb turganimda Kun.uzda chiqqan kutubxonalar haqidagi maqolani o'qib hafsalam pir bo'lgan edi. Bugun nihoyat nufuzli xalqaro tanlovlar g'olibi Janubiy Koreyalik Suzi Lee kitoblari haqida yozaman deb turganimda yana bir xabar meni yo'ldan urdi. Lekin bu gal xabar xursandchilik olib keldi.
O'zbekistondagi kutubxonalardan kitoblarim haqida biron izoh olmay yurganimda, Turkiyadagi kutubxonalardan biridan kitobimga ajoyib va yoqimli izoh oldim.
Turkiya Universiteti magistranti Iroda Oripova meni FBda topib, aytishlaricha Akademnashr нашриётиda chiqqan "Ajoyib kaktus" nomli kitobim Turkyada magistratura talabalari orasida muhokama qilinibti. Undan tashqari magistrlar ustozi kitobim haqida mana bunday post ham qoldirgan ekanlar.
Quvondim, juda quvondim.
Mayli, bir kun O'zbekistonda ham bolalar adabiyotiga, maktabgacha yoshdagi bolalar adabiyoti inson rivojlanishida naqadar muhim ekanligiga e'tibor qaratishar.
Turk tilidagi postdan parcha:
"Ba'zan biz ham Gruzonimiz."❤
"Farzandlarimizga hayot, orzu va qadriyatlarni tushuntirishga harakat qilganingiz uchun tashakkur!"
Akademnashr нашриёти, xususan Sanjar Nazar ishonchingiz uchun doimo minnatdor bo'lib qolaman.

Kitob do'koni