Bizning dasturlar
Ushbu saytda taqdim etiladigan barcha dasturlar ilmiy yondashuvlar asosida yaratilgan. Dasturlar onlayn tarzda amalga oshiriladi. Har bir dasturning o'z maqsad va vazifasi mavjud. Barcha dasturlarning negizida maktabgacha yoshdagi bolalarni kitobxonlik tamoyillari asossida rivojlantirish. Maktabgacha bo'lgan davr bolaning jismoniy, psixologik, ijtimoiy va neyrofiziologik rivojlanishida eng muhim davr hisoblanadi. Aynan shu davrda bolaga imkon qadar ko'p va sifatli e'tibor qaratish, uni kerakli bilimlar bilan ta'minlash har bir ota-onaning ulug' vazifasidir. Aynan shu davrda bolaning rivojlanishiga kiritilgan har qanday ko'rinishdagi sarmoya eng yuqori samaraga ega bo'ladi.
100%
Ilmiy yondashuv
100%
Darslar o'zbek tilida olib boriladi va bolalar o'zbek tilida so'zlashishga rag'batlantiriladi
100%
Bolalarda emotsional, aqliy, ijodiy va nutq qobiliyatlari rivojlanadi
Dars jarayoni
Yaxshi kayfiyat
va zavq bilan
Ijodiy yondashuv
va tasavvurni rivojlantirish bilan
Ota-ona bilan bolalarning
o'zaro mehri bilan
Yordam
Bolalar bilan birga kitob o'qish bolaning ijtimoiy, emotsional va aqliy rivojlanishiga ijobiy ta'sir etishi ko'plab ilmiy tadqiqotlar asosida tasdiqlangan. Bu dasturlarning boshqa kitobga oid dasturlardan farqi u aynan kichik yoshdagi bolalarga mo'ljallangan. Dars jarayonida maktabgacha bo'lgan yoshdagi bolalarning psixo-emotsional qobiliyatlarini inobatga olgan unikal bolalar adabiyotidan foydalaniladi. Dars tizimi va metodologiyasi bolalar bilan kitob mutalaasiga oid xalqaro tan olingan AQSH va Janubiy Koreya ta'lim tizimlari asosida tuzilgan.
Dasturlar
Hozirgi kunda saytda bolani rivojlantiruvchi 3 dastur mavjud. UzBookistan, Dono Mutolaa va Kichik illustrator dasturlari.
UzBookistan
Musofirchilikda yashaydigan bolajonlar uchun o'zbek tilida kitob mutolaasi.
Dono mutolaa
O'zbek tilidagi bolalar adbaiyoti orqali STEM ta'limi
Kichik ijodkor
Bolalar adabiyotidagi illustrasiyalar orqali san'at olamiga kirish.