Ota-onalarga maslahat

Ota-onalarga maslahat

Kitob o'qishimga yoki bolamga kitob o'qib berishimiga vaqtim yo'q...
Odamzod uch tomonlama ozuqa olishi kerak ekan.
1. Tanamiz uchun jismoniy ozuqa
2. Qalbimiz uchun diniy ozuqa
3. Ongimiz uchun ruhiy ozuqa
🥰Har bir ona farzandiga mazali ovqatlar tayyorlab berishni istaydi. Eng sara yeguliklarni bolajonlarimizga ravo ko'ramiz. Sog'lom bo'lsin deb barra sabzavot va mevalardan beramiz. Vitaminga boy taomlarni pishirib beramiz. Qornini og'ritib qo'yishi mumkin bo'lgan ovqatlardan bolani uzoqroq tutamiz. Tanasiga zarar yetkazib qo'yishi mumkin bo'lgan yeguliklarni bermaymiz.
🥰Musulmon ekanmiz, har birimiz bolalarimizga diniy ta'limlarni berishni istaymiz. Nomoz o'qishni, duolar qilishni, qur'onu karim bilan tanishishni o'rgatamiz. G'ayridin bo'lib qolmasligi uchun chiroyli diniy ta'lim beramiz. O'zga dinlarga kirib ketishidan asraymiz. Dinimizning go'zalligini ko'rsatamiz.
🥰Ongizmiga kelsak, negadur ko'pchilikda vaqti yetmay qoladi....aslida bolajonlarimizning ongini, o'zimizning ongimizni ham ozuqlantirib turishimiz kerak. Ongimizga vitamin kerak. Ongimiz ham tanamiz singari o'sishni istaydi. Bolajonlarning tanasini yomon yeguliklardan asraganimizdek, ongini ham tik-tok kabi internetdagi zararli kontentdan huddi shunday asrashimiz kerak.
Bolaning ongini o'stirish, rivojlantirish, ozuqlantirish har bir ota-onaning vazifasidir. Ota-onalar bugun bolasida shakllantirgan odatlar uning butun umriga sherik bo'lib qoladi.
Ongimiz uchun eng yoqimli, foydali va vitaminlarga boy ozuqa - bu kitobdir.❤

Kitob do'koni