Erta rivojlanishda

Maktabgacha davr juda muhim

Bizning vazifa bolaning shu davrini boyitishdir.

Bizning dasturlar

Ushbu saytda taqdim etiladigan barcha dasturlar ilmiy yondashuvlar asosida yaratilgan. Dasturlar onlayn tarzda amalga oshiriladi. Har bir dasturning o'z maqsad va vazifasi mavjud. Barcha dasturlarning negizida maktabgacha yoshdagi bolalarni kitobxonlik tamoyillari asossida rivojlantirish. Maktabgacha bo'lgan davr bolaning jismoniy, psixologik, ijtimoiy va neyrofiziologik rivojlanishida eng muhim davr hisoblanadi. Aynan shu davrda bolaga imkon qadar ko'p va sifatli e'tibor qaratish, uni kerakli bilimlar bilan ta'minlash har bir ota-onaning ulug' vazifasidir. Aynan shu davrda bolaning rivojlanishiga kiritilgan har qanday ko'rinishdagi sarmoya eng yuqori samaraga ega bo'ladi. 

Image

100%

Ilmiy yondashuv

100%

Darslar o'zbek tilida olib boriladi va bolalar o'zbek tilida so'zlashishga rag'batlantiriladi

100%

Bolalarda emotsional, aqliy, ijodiy va nutq qobiliyatlari rivojlanadi

Dars jarayoni

Image

Yaxshi kayfiyat
va zavq bilan

Image

Ijodiy yondashuv
va tasavvurni rivojlantirish bilan

Image

Ota-ona bilan bolalarning
o'zaro mehri bilan

1
2
3

Yordam

Bu darslarning asosiy foydasi nimada?

Bolalar bilan birga kitob o'qish bolaning ijtimoiy, emotsional va aqliy rivojlanishiga ijobiy ta'sir etishi ko'plab ilmiy tadqiqotlar asosida tasdiqlangan. Bu dasturlarning boshqa kitobga oid dasturlardan farqi u aynan kichik yoshdagi bolalarga mo'ljallangan. Dars jarayonida maktabgacha bo'lgan yoshdagi bolalarning psixo-emotsional qobiliyatlarini inobatga olgan unikal bolalar adabiyotidan foydalaniladi. Dars tizimi va metodologiyasi bolalar bilan kitob mutalaasiga oid xalqaro tan olingan AQSH va Janubiy Koreya ta'lim tizimlari asosida tuzilgan.  

Image

Dasturlar

Hozirgi kunda saytda bolani rivojlantiruvchi 3 dastur mavjud. UzBookistan, Dono Mutolaa va Kichik illustrator dasturlari. 

UzBookistan
UzBookistan

Musofirchilikda yashaydigan bolajonlar uchun o'zbek tilida kitob mutolaasi.

Dono mutolaa
Dono mutolaa

O'zbek tilidagi bolalar adbaiyoti orqali STEM ta'limi

Kichik ijodkor
Kichik ijodkor

Bolalar adabiyotidagi illustrasiyalar orqali san'at olamiga kirish.

Kitob do'koni