Dono mutolaa
Kitob va STEM
Dono mutolaa
Kitob va STEM
Qatnashuvchilar(3-7 yoshlik bolalar)
Kichik yoshdan kitobga mehr qo'yishni istayotgan ota-onalarning bolajonlari uchun.
Maqsadimiz
Maktabgacha yoshdagi bolalarda kichikligidanoq kitob mutolaasi orqali tafakkur qilish qobiliyatini rivojlantirish.
Vazifamiz
Bolajonlarga kitob o'rqali o'zbek tilida STEM (ilm-fan, texnologiya, muhandislik, matematika) bilimlarini berish. Ota-onalarni bolaning rivojlanishiga jalb qilish.
Siz kutgan loyiha
Dono mutolaa
Yetakchi tadqiqotlarning ko'rsatishicha, bola 7 yoshgacha bo'lgan davrda keskin rivojlanadi. Kelajakda u qanday yutuqlarga erisha olishi aynan shu davrdagi uning har tomonlama rivojlantirishga bog'liq. Maktabgacha bo'lgan davrda inson miyasidagi eng muhim neyrfiziologik rivojlanishlar yuz beradi. Shuning uchun kichik yoshdagi bolalarning rivojlanishiga alohida e'tibor, kuch va mablag' sarflanishi bejiz emas. Ushbu dastruda men kitob mutolaasini STEM ta'limi bilan bog'lagan holda olib boraman. Dastur mazmuni eng sifatli xalqaro tajribalarga asoslangan bo'lib, madaniyatimizga munosib tarzda shakllantirilgan.
DINARA MUMINOVA
Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD)
Dasturimiz natijasida
Bolajonlar quyidagi yutuqlarga ega bo'ladilar
Tasavvur
Har bir uchrashuvimiz davomida bolalarda tasavvur qilish qobiliyatlari rivojlanadi.
Tafakkur
Dastur davomida bola tafakkur qilishni, tanqidiy fikrlash yo'llarini bilib oladi.
Nutq
Bola fikrini lo'nda va aniq izhor etishni o'rganadi.
STEM
Har darsda bola STEM ta'limi(ilm-fan, texnologiya, muhandislik, matematika)ning bir jabhasiga oid yangi bilimlarni qo'lga kiritadi.
Dastruga yozilish
Doim
2022
Dono mutolaa
Darsda bola bir o'zi yoki ota-onasi bilan birga qatnashishi mumkin
3 dan 7 yosh
50 000 so'm (ro'yhatdan o'tganingizdan so'ng, dars sanasini va to'lov uchun xavola yuboramiz)
Individual, 1:1
ZOOM orqali
40 daqiqa