Image

Kichik yoshdagi bolajonlar uchunqiziqarliyoqimliunikaldolzarbtabriyaviymilliykitoblar.

Ajoyib kaktus
Ajoyib kaktus

Birovning ustidan hamma kulaversa, u nima qilishi kerak?

Kaktuslar bog‘iga yangi bir kaktus keltiriladi. U boshqalardan o‘zining semizligi bilan farq qilar edi. Bu esa bog‘da kulgi bo‘lishiga zo‘r sabab edi. Yangi mehmon o‘zida kuch topib o‘zgaradi. U ozmaydi! Lekin bog‘dagi eng ko‘rkam kaktusga aylana oladi. Qanday deysizmi?

O'zbekistonda sotib olish

Sumalakning sehrli toshi
Sumalakning sehrli toshi

Ushbu kitob X-Open Eurasia xalqaro tanlovi finalchisi.
This book is a finalist of the X-Open Eurasia international contest.
Sumalakning toshida haqiqatan ham sehr bormi?

O'zbekistonda sotib olish

Navro'z ranglari
Navro'z ranglari

Bolalar uchun Navruz va bahor haqidagi o'zbek tilidagi she'riy kitob.

Tug'ilgan kunimga sovg'a
Tug'ilgan kunimga sovg'a

Bir qizaloqning dadasi safarda edi. Dadasini tezda uyga olib kelish yo‘lini topish kerak. Chunki uch kundan keyin qizaloqning tug‘ilgan kuni.

O'zbekistonda sotib olish

Eng zo'r chumoli
Eng zo'r chumoli

Ushbu she`riy hikoya ikki chumoli haqida. Biri kuchli Popoy, ikkinchisi esa chaqqon Momoy. Ular doim eng zo`r bo`lishni istar edilar. Bir kuni katta bir olmani uyaga olib borish kerak edi. Biroq na Popoy, na Momoy ishni uddalaydilar. Dono ari ularga zo`r maslahat beradi. Unga quloq solib, olmani uyaga olib kela oladilar. Shunda qay biri zo`r bo`lib chiqadi?

O'zbekistonda sotib olish

Nega yulduz tushmaydi?
Nega yulduz tushmaydi?

Yulduz nega tushmaydi? Bu savolga bolaga qanday javob berish mumkin? Kitobda yulduz haqidagi barcha savollarga javob topsa bo‘ladi.
Undan tashqari, kitob koinotni tasvirlovchi ajoyib illyustratsiyalarga bor. Qo‘shimcha bonus sifatida esa kitobni o‘qib bo‘lgach, bolalar o‘zga sayyoraliklar haqidagi bir sirni bilib oladilar.
3+ yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan.

O'zbekistonda sotib olish

Tomchi qayerga ketdi?
Tomchi qayerga ketdi?

Bunyod va qo`zichoq Tomchi yaqin do`st edi. Ular birgalikda futbol o`ynab, kitob o`qib, qiziqarli kunlarni o`tkazar edilar. Tomchi juda qiziquvchan qo`zichoq edi. Bir kuni u olis tog`lardan kelayotgan g`alati tovushni eshitib qoladi. Bu tovush Bunyodning qo`shiq aytishini takrorlayotgan edi. Tomchi do`sti Bunyodni tashlab, o`zi g`alati tovushning egasi kim ekanligini bilish uchun yo`l oladi. U bilan yo`lda kutilmagan voqealar yuz beradi. Bunyod Tomchini izlab topganida esa, u yolg`iz bo`lmaydi... Tomchining yangi do`sti kim ekan? Ushbu hikoya do`stlik haqida bo`lib bolalarni qiziquvchan bo`lishga undaydi.

O'zbekistonda sotib olish

Quyoshning sirli botishi
Quyoshning sirli botishi

Quyosh har kuni qayerga ketib qoladi? Nega Quyosh tunda ham charaqlamaydi?
Shu kabi savollarga javob olishni istayotgan qiziquvchan bolajonlar uchun sarguzashtlarga boy kitob.

O'zbekistonda sotib olish

Moyqalamning sehrini izlab
Moyqalamning sehrini izlab

Moyqalam kuchukchasi Reks bilan do`st edilar. Moyqalamning ajoyib sehri bor edi. U istagan narsasini mahorat bilan chiza olar edi. Bir kuni Moyqalamning sehri yo`qolib qoladi. Uni izlab topish uchun ikki do`st Samarqand, Buxoro va Xivaga yo`l oladilar. Ushbu hikoya rasm chizishni sevadigan barcha bolajonlar uchun.

O'zbekistonda sotib olish

Mening Alifbe kitobim
Mening Alifbe kitobim

Bolalar uchun o'zbek alifbe kitobi (rasmlar bilan)
A - anor
B - beshik

O'zbekistonda sotib olish

Chegirmalar

Barcha kitoblarni sotib olmoqchi bo'lganlar uchun chegirma mavjud. 

Kitob do'koni