Anthony Brownie - rasmli kitoblar dohosi

Anthony Browne!
Bolalar illustratorlari orasida eng zo'rlaridan biri.
Uning illustrasiyalari tufayli bolalar kitobni soatlab tomosha qilishlari mumkin. Uning illustrasiyalarini bir marta ko'rgan odam, boshqa esidan chiqarmaydi.
Bolalar kichikligidan illustrasiyalarni "o'qishni" bilishlari kerak.
Rasmli kitob (picturebooks) nafaqat matni bilan qiziq, balki bolalarda illustrasiyalarni dekodlash qobiliyatini uyg'ota olishi bilan foydalidir.
Bolalar rasmni texnik tomonlarini tushunmaydilar, lekin undan emotsional ozuqa olishlari mumkin.
👇Quyidagi ikki rasmga qarasangiz ikkovi ikki hil emotsional muhit yaratayotganini sezasiz (ikkovi bir kitobdan).
❗️Birinchi rasmda qiz va ota. Otasi qiziga bee'tibor ekanligini uning ortidagi sovuq muzlatgich bo'rtirrib ko'rsatmoqda. Xonada kataklar ko'p. Qafasni ifodalaydi. Ranglar juda sovuq va yolg'izlik hissini beradi. Ota va qiz orasidagi gazeta esa ularning munosabatlarida qandaydur baryer borligini anglatmoqda.
❗️Ikkinchi rasm aksincha, juda iliq hissiyot beradi. Gorillaning e'tibori qizda. Stol yoqimli shirinliklarga to'la. Ranglarning bari issiq. Gorilla bilan qiz orasidagi jismoniy masofa juda kichik.
Bola ushbu detallarni tahlil qila olmaydi. Lekin u ushbu rasmlarga qarab, muallif istagan emotsional holatga tushadi va shu hissiyotlari bilan kitobni o'qiydi yoki tinglaydi‼️ Kitobni emotsiya bilan o'qish muhimligini barchamiz bilamiz. Kattalar adabiyoti o'quvchida emotsiyalarni boy matn bilan chiqarsalar, rasmli kitoblar illustrasiyalari bilan chiqaradilar.
Rasmli kitob(Picturebook)ning maktabgacha va boshlang'ich sinf yoshdagi bolalar rivojlanishidagi ahamiyati cheksizdir!
 
335653327 895612875005765 1120720041580201905 n 1

Kitob do'koni