Biz 150 yil ortdamizmi?

Biz 150 yil ortdamizmi?

150 yil oldin 19 asrning ohirida AQSHda bolalar kutubxonalarining holati huddi bugun 21 asrda O'zbekistondagi singari bo'lgan. Ya'ni bolalar uchun alohida kutubxonalar bo'lmagan, bolalar katta kutubxonalarga kirishi ko'pincha man etilgan yoki maxsus ruxsat talab etilgan, kirgan taqdirda ham bolalar kitobni uyga olib ketishlari mumkin bo'lmagan, kutubxonadagi bolalar kitoblari asosan qulflangan javonlarda turgan va kutubxonachining nazorati ostidagina katta yoshdagi bolalargagina berilgan.
Yana bir bor qaytarib aytmoqchiman bu AQSHdagi bir asr oldingi holat.
O'sha davrda bir Anne Caroll Moore degan ayol dunyoga keladi. U kichikligidan dunyoga o'zgacha nazar bilan qaraydi. Uning eng katta savoli: "Nega bolalar, ayniqsa qizlar kutubxonaga kirib kitob o'qishlari mumkin emas?", bo'lgan.
Anne katta bo'lgach Nyu-Yorkda oliy ma'lumot olib kutubxonachi
bo'lib ishlashni boshlaydi. U birinchi bo'lib kutubxonadagi bolalarga huddi unga dadasi kechqurunlari o'qib bergani singari ajoyib kitoblarni o'qib berishni boshlaydi. So'ng u bolalar bilan kitobni yirtmay, buzmay, yo'qotmay kutubxonaga qaytarib berish shartini imzolab ularga kitoblarni uylariga berib yuboradigan bo'ladi. Bolalar kutubxonada ko'payishni boshlaydi. Sho'lqin bo'lmasligi uchun Anne kutubxonada katta-katta yozuvlarda "iltimos, sho'lqin qilmang", degan yozuvlar qo'yadi. Uning bu faoliyatlarini bilgan davlat uni qo'llashni boshlaydi.
O'sha davrda Nyu Yorkda juda katta kutubxona qurilishni boshlaydi. Ushbu kutubxonaning bolalar bo'limini dizayn qilishga Anneni ma'sul qilib belgilaydilar. Anne ilk bola bolalar uchun bo'yi past kitob javonlarini yasattiradi. Bolalar bo'limini shinam qilib, bolalarni jalb qiluvchi dizaynda yaratishga muvaffaq bo'ladi.
Kutubxona ochilishiga prezidentning o'zi shaxsan keladi. Anne qilgan ishlaridan mamnun bo'ladi va unga chuqur munnatdorchiligini bildiradi.
Shu kundan so'ng kutubxonadan jajji yoshdan tortib bolalar arimaydi. U yerda ko'plab tadbirlar va bolalar uchun qiziqarli bayramlar bo'lib turadi. Jahon urushi boshlanganida bu kutubxona bolalarni ochlik, sovuq havo va urushning boshqa zarbalaridan asrovchi ajoyib maskanga aylanadi. Bu yer doim iliq va mo'jizaga boy bo'lar edi.
Kutubxonaning dong'i dunyoga taraladi. U yerga Belgiyaning qirol va qirolichasi tashrif buyuradi. Kutubxonadagi bolalar qirol va qirolicha bilan salomlashib suhbatlashish imkoniga ham ega bo'ladilar. Bu bilan Anne kutubxonada barcha teng ekanligini ko'rsatmoqchi bo'ladi.
Yillar o'tib aynan shu kabi bolalar kutubxonalari duyoning turli joylarida ochilishni boshlaydi. Bugun barcha rivojlangan mamlakatlarda bunday kutubxonalar mavjud.
O'zbekistonda bir necha yil avval Saida Rashidova shaxsiy tashabbuslari bilan aynan shunday ishga qo'l uradilar. Mutlaqo shaxsiy mablag'i va yaqinlarining yordami bilan Saida Rashidova Toshkentning markazida juda shinam binoda ajoyib bolalar kutubxonasini tashkil qiladi. Kutubxonadan foydalanish mutlaqo tekin bo'ladi. Undan tashqari Saida kutubxonada bolalar uchun ajoyib uchrashuvlar, kitob kechalari va bayramlar ham o'tkazadi. Barchasi shaxsiy imkoniyatidan kelib chiqqan holda. Lekin Nyu-Yorkda Anne ni davlat qo'llaganidek Saidaning bu tashabbusini davlatimiz mutassadilari qo'llamaydi. Natijada Saidaning juda ulkan ishi to'xtab qoladi.
150 yil oldin Anne Caroll Moorening tashabbusiga davlat ahamiyat bermaganida hozir AQSH qaysi ahvolda bo'lishini afsus bila olmaymiz. Lekin Saidaning tashabbuslari mana 150 yil o'tib ham O'zbekistonda qo'llanmagani qanchalik achinarli ekanligini tushunishimiz qiyin emas.
P.S. Anne Caroll Moore qurilishida ishtirok etgan o'sha kutubxonani bugun ham Nyu Yorkda ko'rishingiz mumkin.
Rasmlar Anne Caroll Moore ga bag'ishlangan bolalar kitobidan olingan.

Kitob do'koni