Bolalar adabiyoti janrlari

Bolalar adabiyoti janrlari

Xalqaro tadqiqotlar bolalar adabiyotini mana shu asosiy janrlarga ajratadi:
Rasmli bolalar adabiyoti - Picturebook
She’riyat
Folklor va ertaklar
Fantastika
Ilmiy fantastika
Tarixiy
Realistik
Ma’lumot beruvchi (ensiklopediya...)
Agar O'zbekiston miqyosida tahlil qiladigan bo'lsak, bizda aynan rasmli bolalar adabiyoti deyarli rivojlanmagan.
Rasmli bolalar adabiyoti deyilganida ichida rasmi bor kitob tushunilmaydi. Rasmli bolalar adabiyoti haqida mana bu postda batafsilroq yozgan edim (https://www.facebook.com/uzbabyUz/posts/6823105694427315).
Kitobxonlik chaqaloqlikdan boshlanadi. Maktabgacha bo'lgan davr esa bolada kitobga mehrni shakllantirish uchun eng muhim va har tomonlama qulay palla.
Gadjetlar keskin rivojlanayotgan zamonda bolani imkon qadar ertaroq kitob bilan tanishtirish va unga odatlantirib qo'yish bugungi kun ota-onalarning dolzarb vazifasi deb o'ylayman.
Qo'liga birinchi bo'lib kitobni emas, balki telefon yoki boshqa biron gadjetni olgan bolada kitobga mehr uyg'otish juda qiyin bo'ladi.
O'zbekistonda afsuski haqiqiy rasmli bolalar adabiyoti juda kam, lekin yo'q emas.
Rasmli bolalar adabiyotida rasm bilan matn alohida yashashi kerak va shu bilan birga bir-birini to'ldirib turishi ham lozim.
Hozir do'konlardagi rasmlik hikoyachalar bu "Rasmli bolalar adabiyoti", ya'ni Picturebook emas.
Quyidagi videoda ajoyib rasmli bolalar adabiyoti bilan tanishishingiz mumkin.
I want my hat back/Men qalpoqchamni topishim kerak - Jon Klassen
 

Kitob do'koni