Bolalar adabiyoti uyushmasi?

Janubiy Koreyada bolalar adabiyoti juda rivojlangan. Bunga isbot tariqasida koreyalik mualliflarning necha yillardan beri jahonning eng nufuzli tanlovlarida o'z adabiyotlari bilan g'olib bo'lishlarini keltirishimiz mumkin.
Bolalar adabiyoti bu qadar keskin rivojlanishiga olib kelgan sabablardan biri Korean Society of Children's Literature and Education (Koreya bolalar adabiyoti va ta'limi uyushmasi❗️)ning faoliyatidir.
Bu uyushmaga 1996 yilda Koreya presidenti asos solgan.
Uyushma:
☝️Muntazam ravishda Koreyada bolalar adabiyoti rivojlanishi uchun bolalar adabiyoti ekspertlari bilan uchrashuvlar, ilmiy izlanishlar va tarjriba almashinish faoliyatlarini yurgazadi.
☝️Bolalar adabiyotidagi matn va ma'lumotni tushunish va tahlil qilishga oid ilmiy tadqiqotlar o'tkazadi.
☝️Bolalar adabiyotiga diniy mavzularni qo'shish masalalarini ilmiy o'rganadi.
☝️Bolalar adabiyoti rivojlanishiga qaratilgan ilmiy jurnal nashr qiladi (“The Journal of Children's Literature and Educational Research”).
☝️Bolalar adabiyotida ilm-fanni o'rganish masalalari bo'yicha ilmiy izlanishlar qiladi.
☝️Bolalar kitobni qabul qilish mexanizmlarini psixolog, pedagog va filologlar bilan ilmiy o'rganadi.
☝️Chaqaloqlar uchun yaratilgan bolalar adabiyotini ilmiy o'rganadi va rivojlantiradi, chunki u yerda chaqaloqlar adabiyoti katta kuch hisoblanadi.
☝️Jahon bolalar adabiyotini ilmiy o'rganadi, tahlil qiladi, Koreya bolalar adbaiyoti tarixi bilan solishtiradi va hokazolar.
☝️Bolalar adabiyotini siyosat, iqtisodiyot, jamiyat va globallashuv jarayonlardagi rolini o'rganadi va tahlil qiladi.
☝️Bolalar adabiyotini bolalar psixologiyasiga ta'siri bo'yicha ilmiy tadqiqotlar o'tkazadi.
☝️Pedagogik jarayonda bolalar adabiyotining o'rni va ahamiyatini o'rganadi.
☝️Jahon bolalar adabiyotini tanlash, saralash va tarjima qilish ishlarini amalga oshiradi.
☝️Bolalar adabiyotlarini yosh kategoriyalarga ajratish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
☝️Bolalar adabiyoti va folklor bo'yicha ilmiy izlanishlar o'tkazadi.
☝️Bolalar adabiyotini o'qish (storytelling) mexanizmlarini ishlab chiqadi.
☝️Nogiron bolalar, tolerantlik va ekologiya haqidagi kitoblarni rivojlantiradi, targ'ibot qiladi.
☝️ Bolalar adabiyotida illustrasiyalarning ahamiyati, maqsadi va vazifalarini ilmiy o'rganadi va kerakli standartlarni ishlab chiqadi.
Mana shu vazifalarni O'zbekistonda kim amalga oshiradi?
 
 
All reactions:
Shahzoda Fayzullayeva, Farida Karimova and 23 others
 

Kitob do'koni