Bolalar kutubxonasi haqida

Bolalar kutubxonasi haqida

Bolalar kutubxonasida nima muhim?
Yaqinda shahrimizda yangi kutubxona ochilganini eshitib borib kelishni rejalashtirgandim. Borib kelib Koreyadagi bolalar kutubxonalari o'ta yuqori saviyali ekanligiga yana bir bora amin bo'ldim. Dunyodagi ko'plab mamlakatlar bolalar kutubxonalarida bo'lganman, lekin menga baribir Koreyadagi bolalar kutubxonasi yoqadi. Negaligini tushuntirib beraman.
Koreyada bolalarga taaluqli har qanday maskanda eng muhim narsa bu xavfsizlikdir.👍
Bu tamoyyil kutubxonalarga ham tegishli. "Kutubxonada qanday xavf bo'lishi mumkin?", degan savol tug'iladi. Aslida noto'g'ri loyihalashtirilgan kutubxona nafaqat samarasiz, balki xavfli ham bo'lishi mumkin.
😍Rasmlarda ko'rsangiz, bu kutubxonada kitob javonlarining barchasi! bolaning qo'li yetadigan darajada. Yuqori javonlarda ko'rinayotgan kitoblar aslida kitob emas, balki kitob muqovalaridir. Ular shunchaki muhit uchun yuqorida turibti.
Aslida bundan 100 yil oldin AQSHda bolalar kutubxonasi yaratilayotganida kitoblarning aynan past javonlarda joylanishi muhimligi bayon etilgan.
☝️Kitoblar yuqorida tursa bola ularni bemalol qo'li bilan ushlab saralab tanlay olmaydi. Chunki zinada turgan holida qo'liga faqat bitta kitobni olishi mumkin. Ya'ni yuqoridagi javonlar bolani instinktiv ravishda o'zidan chekintiradi yoki....
☝️Bola yuqoridagi javonlardagi kitobni olayotganida kitob qo'lidan tushib ketsa, pastda turgan bolaning boshiga qattiq tushish ehtimoli yuqori bo'ladi.
☝️Bolaning o'zi ham yuqorida turgan kitoblarga tortilaman deganida zinadan yiqilib tushish ehtimoli bo'ladi.
☝️Shuning uchun Koreyadagi bolalar kutubxonalarda bolalar kitoblari past javonlarda turadi. Bu muhim. Buning yana bir ijobiy tomoni shundaki, bola o'zini mustaqil his etadi va uning tanlovi mutlaqo unga bog'liq ekanini chaqaloqligidan sezishni boshlaydi. BU kelajakda ma'suliyat degan tuyg'uni shakllantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
☝️Yana bir menga yoqadigan narsa, Koreyadagi kutubxonalar minimalistik dizaynda qilinadi, u yerda bolalarning e'itiborini faqat kitob muqovalari torta oladi. Undan keyin minimalistik interyer hayoliy kreativlikka undaydi.
☝️Undan tashqari Koreyadagi bolalar kutubxonasida bolalar uchun kitobni dumalab o'qishga joy bo'ladi doim. Shuning uchun bir xona poyafzalsiz kirishga mo'ljallanadi. U yerda bolalar kitobni dumalab o'qiydilar. Kitobdan mazza qilish uchun bu juda yoqimli holat.
☝️Kitoblarning 95 foizdan ortig'i karis tilida, ular orasida yarmidanko'pi Karis mualliflariga tegishli milliy yozuvchilar kitoblari.
☝️Nihoyat eng muhim masala, kutubxonada albatta ilmiy ishlar amalga oshiriladi. Doimiy research. Natijada qaysi kitob qayerda va qachon, qaysi fasl va tarixiy davrda turishini ilmiy tadqiqodchilar ilmiy izlanish orqali hal qiladilar. Nega aynan bu kitob yuzi bilan turibti bu esa qatorda turishini ham aynan ilmiy izlanishlar natijasida hal qilinadi.
Kutubxona ochilganiga bir necha oy ham bo'lmadi. Kitoblar borgan sari ko'paymoqda. Borgan kunim kitoblar soni 25000 dona ekan. Eslatib o'taman bu kutubxona bir kichik mahalla kutubxonasi, u mahallaning umumiy aholisi soni tahminan 18000, ulardan bolalar juda kam salmoqni tashkil etadi. Tasavvur qiling, bolalar kitoblari soni bolalar sonidan necha barobar ko'proq. ❤
Quyidagi rasmlarni erta tongda borib olganman, shuning uchun kutubxonada bolalar yo'q. Bir pastdan keyin maktab va bog'cha tugaganida bu yerda rasm olishga ham joy qolmaydi.

Kitob do'koni