Bolalarni diqqatini ushlash yo'li

Bolalarni diqqatini ushlash yo'li

Dars davomida kichik yoshdagi bolajonlarni e'tiborini bir joyda ushlab turish oson emas. Shunda pedagoglar qiziqarli usullardan foydalanishlari muhim, chunki bolani e'tiborini kuch bilan ushlab turib bo'lmaydi.
Masalan, Janubiy Koreyada darsda bolalarni xayoli ketib qolganida yoki o'zaro gaplashib ketishganida pedagog qandaydir tez aytish yoki maqol yoki sanagichni qo'llaydi.
Bolajonlar bilan kitob mutolaasini o'tkazish davomida men ham shunday bir sanagich o'ylab topdim. Samarasi yuqori🥰. Bolalar e'tibori bir zumda bir joyga yig'iladi. Sinab ko'ring...
O'qituvchi quvnoq ovozda: "Bir, Ikki, Uch", deydi,
Bolajonlar: "Kitob katta kuch", deb qaytaradi.
O'qituvchi quvnoq ovozda: "To'rt, Besh, Olti", deydi,
Bolajonlar: "Kitob misli oltin", deb qaytaradi.
O'qituvchi quvnoq ovozda: "Yetti, Sakkiz, To'qqiz, O'n", deydi,
Bolajonlar: "Kitob o'qing har zamon", deb qaytaradi.
Mana shu sanagichlarni bolalar bilan aytib turishga kelishib olasiz. Aynan g'ala-g'uvur boshlanganida istagan ketmaketligingizni (1.2.3 yoki 4.5.6 yoki 7.8.9.10) aytasiz. Bolalar uning qofiyasini aytguncha butunlay e'tiborini sizga qaratib oladi.

Kitob do'koni