Bulingga rasmli kitoblar bilan qarshi chiqamiz

Bulingga rasmli kitoblar bilan qarshi chiqamiz

Buling! Ehtiyot bo'ling!
Janubiy Koreyada buling haqidagi qonun 2012 yilda ishga tushgan. Bunga sabab o'sha yili katta sinf o'quvchisi o'zini ko'p qavatlik uyning tomidan tashlab yuborgani bo'lgan. Eng daxshatlisi shu ediki, bola tomdan o'zini tashlaguncha liftda 24 marta tepaga chiqib yana pastga tushib ikkilanganligi edi. Buni tergov jarayonida aniqlashgan. Bilishlarcha, bola maktabda bulingga bardosh bera olmaganligi tufayli o'z joniga qasd qilgan ekan. 24 marotaba ortqa qaytgani esa, u aslida yashamoqni istagani, lekin chorasizlikdan shunday qilganini ko'rsatgan.
Bugun O'zbekiston ta'lim tizimini isloh qilayotganimizda bulingga ahamiyat bermay o'tib bo'lmaydi. Bugun O'zbekistonning ko'plab maktablarida buling borligini ijtimoiy tarqmolar va yangiliklar ko'rsatib turibti. Lekin bizda buling bilan kurashish mexanizmlari ishlab chiqilmagan. Buling nima ekanligini ham ko'plab pedagoglar tushumaydi. Buling har doim ham bu tarsaki tushirish yoki mushtlashish emas. Bugungi kunda buling og'zaki yoki virtual ham bo'lishi mumkin. Pedagoglar bu haqda bolalar bilan suhblashishi kerak. Bu mavzu doimiy ravishda maktablarda ko'tarilishi va salbiy oqibatlardan holi bo'lish uchun kerakli qarorlar qabul qilinishini talab etadi.
Bolalar bilan buling haqida suhbat ochishda kitob - eng yaxshi va samarali instrumentdir. Kitobdagi voqeani tahlil qilgan holda, bolalar e'tiborini buling mavzusiga, atrofdagi buling vaziyatlariga qaratishimiz, bilmaydigan haqiqatlarni suhbat orqali bolalardan bilib olishimiz mumkin bo'ladi. Buling ostida yurgan bolalar qanchalik katta psixologik stress olishi haqida ko'plab psixologlar aytmoqdalar. Ota-onalar ham buling (maktabdagi zo'ravonlik) haqida bolajonlari bilan gaplashib turishlari zarur.
O'zbekistonda bugun buling haqida suhbat olib borish uchun yagona o'zbek tilidagi kitob Akademnashr нашриёти da chiqqan. Kitobning nomi "Ajoyib kaktus". Ushbu kitobdan foydalangan holda bolalarni buling mavzusida suhbat qurishga chorlashimiz mumkin.

Kitob do'koni