Faxrlanamiz

Faxrlanamiz

"The Bologna Children's Book Fair" bolalar adabiyotiga bag'ishlangan dunyodagi eng katta tadbirlardan biri 2024 yildagi g'olib illustratorlarini e'lon qildi. Ushbu anjumanga 81 mamlakatdan 3520 ta ish qabul qilingan bo'lib 78 donasi g'olib deb e'tirof etildi. G'olib mamlakatlar ro'yhatida O'zbekiston❤ nomi bor. Buning sababchisi ajoyib illustrator Yulia Drobova. Uyimda uning posteri mavjudligidan faxrlanaman.
Bu darajadagi tanlovga, aynan illustratorlik mahorati bilan O'zbekiston nomini kiritish qanchalik qiyin ekanligini tasavvur qilaman.
Faxrlanaylik! Chin dildan Yuliya Drobovani tabriklayman! Bundanda katta yutuqlarni tilab qolaman. 🥳
Yuliya Drobovaning rasmlarini uzoqdan turib, minglab rasmlar ichidan ajratib olish qiyin emas. Uning kollajidagi ranglar va shakllar kuzatuvchini shundoq o'ziga rom etib qo'yadi.
Bolalar adabiyotiga qiziqadigan har bir illustrator mana shu ko'rgazmadagi barcha g'olib va finalchilar ishi bilan tanishib chiqishlarini tavsiya qilardim. Birinchidan ma'naviy hordiq olasiz, ikkinchidan dunyoda illustratorlik qayerga qarab yuksalayotganini his eta olasiz.
Yuliya Drobova ijodi

Kitob do'koni