Jinnivoylar? Чудаки и зануды!

Jinnivoylar? Чудаки и зануды!

Kitobning asl nomi "Dårfinkar & dönickar", ingliz tarjimasi "Fruitloops and Dipsticks". O'zbek tiliga tarjima qila olmadim.
O'zbekistonda shartli ravishda tarjima qilinib nashr etilishi kerak bo'lgan yana bir ajoyib kitob. Shved muallifi Ulf Stark qalamiga mansub bo'lgan ushbu kitob 8-14 yoshlik har qanday bolani o'ziga rom etadi. 100%!
Ba'zida bolalar kitobini o'qib shunaqangi achinib ketamanki, bizning o'zbek bolajonlar qachon dunyo tanigan zamonaviy bolalar adabiyoti mualliflari kitoblaridan bahramand bo'lar ekanlar....deb...
Navbatdagi men tanishtirmoqchi bo'lgan shedevr...qo'rqmay yana qaytara olaman shedevr kitob rus tilida "Чудаки и зануды" degan o'spirin bolakaylar haqidagi kitobdir.
Kitobni o'qib kuldim ham yig'ladim ham. Syujetida bir qizaloqning muammolari ko'rsatilganligi bilan bir qatorda parallel ravishda o'lim arafasida bo'lgan bobosining hayotga bo'lgan qarashi, o'y va qadriyatlari juda go'zal tarzda namoyon etilgan. Yarim bet ham zerikmaysiz. Hayotdagi muammolarga bardosh berish uchun nima kerakligini kitob ko'rsatib qo'ygan. Kitob yakunidagi o'lim ham shu qadar o'zgacha ko'rsatilganki biroz tabassum qilib qo'yishingizga undaydi.
Kitob o'quvchi bolalarda qiziqish bilan bir qatorda, bu dunyoda u muammolari bilan yolg'iz emasligini, barcha muammolar ortida quyosh charaqlashini, o'z kamchiliklariga tabassum bilan qarashni o'rgatadi.
Shu bilan birga kitobda oila, oqibat, mehr, sadoqat, vafo kabi qadriyatlar juda chiroyli ochib berilgan.
Didaktikasiga kelsak, sarguzashtlarga boy hikoya orasidan musiqiy ta'lim va ijtimoiy ta'limni sezilmas darajada payqasak bo'ladi.
Kitobni o'qir ekansiz, yaqinlaringizni quchoqlagingiz keladi.
Bolalar kitobdagi tengdoshlarining muammo, ichki qo'rquv va boshqa hissiyotlarini qahramon o'y-kechinmalari orqali ko'rib qalblarida tushunish, sabr qilish, o'rniga o'zini qo'yib ko'rish kabi xislatlarni o'stira oladilar.
Kitobning ikki-uchta joyida o'zbek bolalariga to'g'ri kelmaydigan gaplar bor. Tarjima jarayonida ana o'sha gaplarni o'chirib tashlash muhim, deb hisoblayman. U gaplarsiz kitobning ma'nosi aslo yo'qolmaydi.
Чудаки и зануды!

Kitob do'koni