Kichik yoshdagi bolajonlar bilan kitob o'qishning oson yo'li

Kichik yoshdagi bolajonlar bilan kitob o'qishning oson yo'li

Ota-ona va pedagoglar tomonidan 3-8 yoshdagi bolajonlar uchun beriladigan samarali chelenj.
😍Janubiy Koreya tajribasidan olindi:
*** Chelenj ma'nosini tahminan, bir maqsadga ma'lum bir muddatda erishish uchun harakat qilish, deb tarjima qilaman.
👉Chelenj muddati:
1 iyunga qadar
👉Chelenj shartlari:
1. Ota-ona yoki pedagog(imkoni bo'lsa bolaning o'zi) har kuni bolaga 1 dona hikoya o'qib beradi (yoki ertak aytib beradi va hokazo).
2. Bola chelenj uchun tutilgan maxsus daftariga eshitgan hikoyasiga atab rasm chizadi yoki hikoya haqida 1 dona gap yozadi.
3. Belgilangan muddatga qadar bola
50 ta rasm yoki hikoyaga oid gap yozsa - 🥇oltin medal
40 ta rasm yoki hikoyaga oid gap yozsa - 🥈kumush medal
30 ta rasm yoki hikoyaga gap yozsa - 🥉bronza medali bilan taqdirlanadi
*medallar o'yinchoq do'konida sotiladi
Ota-onaning moliyaviy holati yoki pedagogning sinf fondiga qarab, medallarga qo'shimcha ravishda shirinliklar yoki yangi kitoblar sovg'a qilishi mumkin. Uch medal ham chelenj davomida bolalarning ko'ziga ko'rinarli joyda ilinib turilishi kerak.🥳
👉Natija🥰:
👍Bola maqsad ko'rishni o'rganadi. Bu juda qiyin qobiliyat. Ba'zida kattalar ham maqsadini ko'ra olmaydilar.
👍Bola maqsad sari intilish yo'lini izlaydi. O'zini tartibga solishni o'rganadi.
👍Bola ko'plab yangi adabiy boyliklar bilan tanishadi, nutqi va tasavvuri rivojlanadi.
👍Bola g'olib bo'lish hissini kichikligidan anglaydi va bu uni hayotda ilhomlantiradi. Bugun hamma izlayotgan motivatsiyani topish uchun kerak.
👍Bola hikoya mazmuniga oid rasm chizayotganida hikoyani qayta miyasida tahlil qiladi.
👍Bola hikoya haqida biron gap yozayotganida tafakkur qilish qobiliyatini shakllantiradi.
❗️Eng muhimi bola chizgan rasmiga va yozgan gapiga baho berish MUMKIN EMAS❗️❗️❗️ Ota-ona(pedagog) faqat ularni hisobini qiladi. Chunki bu chelenjdan maqsad adabiyotni, imloviy xatosiz yozishni yoki rasm chizishni o'rgatish emas, balki kitobni tahlil qilishga odatlanishdir❗️
 
340823342 764612518722948 3884551753597326335 n340513019 762939768793905 6484029809115918079 n

Kitob do'koni