Kitobni bola bilan muhokama qilishni bilasizmi?

Kitobni bola bilan muhokama qilishni bilasizmi?

Bundan bir necha yil oldin Koreyadagi kitob do'konlarida bolaning emotsional intellektini rivojlantivurchi kitoblar ko'payib ketganida hayron bo'lgan edim. Bunchalik buni reklama qilavermasalar, deya. Bugun mana hamma tushunib turibdiki, emotsional intellekt bugun va ayniqsa kelajak uchun eng keraklidir. Biz - kattalar bolalarda emotsional intellekt rivojlanishi uchun javobgarmiz.
Emotsional intellektni rivojlantirishda bolalar adabiyoti juda samarali vizual instrumentdir. Bola kitob ko'rish yoki o'qish jarayonida turli xil ijtimoiy va emotsional tajribalardan o'tib o'zini bilish, empatiya, muammoni hal qilish (problem solving)ni o'rganadi.
Biz dunyoda ilk bora kelganimizda emotsiya bilan tug'ilamiz. Emotsiya bizni butun umr yetaklaydi. Emotsiyani bilish va uni boshqarish emotsional intellekt asosidir.
Bola uchun emotsiyalar olami juda katta. U kichikligidan ularni tushunishni va qabul qilishni o'rganishi zarur. Eng muhimi ular haqida gaplashishni bilishi zarur. Chunki emotsiyani bilmas ekanmiz, harakat va faoliyatimizga javob bera olmaymiz.
Quyida bolalar kitobini o'qib bola bilan emotsiyalar haqida gaplashish yo'llarini keltirib o'taman:
1. Kitob qahramonining emosiyasini nomlash zarur. Misol uchun "Qahramon nega yig'layapti?", degan savolni bolaga beramiz. Birgalikda qahramon kechinmalariga nom beramiz.
2. Kitob qahramonining emotsional holatining sababini birgalikda izlaymiz.
3. Qahramonga yordam berish yo'llarini birgalikda izlaymiz. Nima qilsak, qahramon yig'lamaydi?
Biz bugun bolalar bilan ularning hissiyotlari haqida gaplashsak, ertaga ular o'zining, bizning va atrofdagilarning hissiyotlarini tushunadigan va empatiyaga boy bo'lib o'sadilar.
Emotsiyalar haqida gaplashish uchun "Tomchi qayerda ketdi?" kitobini tavsiya qilaman.
Yaxshi kitob - bu bola bilan muhokama qilsa bo'ladigan kitobdir!

Kitob do'koni