Mahalla va kitob

Mahalla va kitob

Ko'p rivojlangan mamlakatlarda bizning mahalla guzari singari joy bor. Koreyada bunday joy 중심지(Jungsimji), AQSHda Community deb ataladi. Bu joylarda mahalliy kutubxona, maishiy xizmatlar, madaniy hordiq xonalari, to'garaklar bo'ladi.
Mahalladagi aholi shu yerga borishga intiladi. Nega?
1. Bu joydagi kutubxonada bolalar kuni bilan o'ynashligi mumkin. Bolalar o'ynab, kitoblarni ko'rib o'tirganida ota-onalar bir chetda kompyuterda ishlarini qilib olishlari mumkin bo'ladi.
2. Bu yerda arzon narhlarga mahalladagilar uchun salomatlik, rivojlanish va boshqa foydali to'garaklari tashkil etilgan bo'ladi.
3. Bunday mahalla guzarlarida muntazam ravishda bolalar uchun madaniy tadbirlar, ota-onalar uchun ta'lim va tarbiyaga oid treninglar o'tkaziladi.
4. Bu yerlarda aynan shu mahalladagilar uchun tashkil etilgan sport majmualari ishlaydi.
5. Mahalladagilar o'z mahalla guzarlari rivojlanishi uchun ko'p xissalarini (soliq tariqasida, amaliy yoki moliyaviy yordam sifatida)qo'shadilar, so'ng undan mazza qilib foydalanadilar.
6. Mahalliy kutubxonalarda ota-onalar ko'rishib suhbat qiladilar, ungacha bolalari madaniy hordiq olayotgan bo'ladi.
7. Mahalliy kutubxonalar bolalar uchun yopiq o'yingoh kabi qadrli bo'ladi. Chunki bu yerda ular sovuq kunlari ko'chaga chiqa olmaganlarida mahalladoshlari bilan birgalikda o'ynashlari mumkin bo'ladi.
8. Bu yerdagi kutubxonaga mahalladagilar istagan kitobini buyurtma qilsalar, yetkazib beriladi.
Toshkentda juda boy mahallalar ko'payib ketgan. Lekin u mahallalarda ular maqtana oladigan, bolalari mazza qiladiagan chinakam madaniy hordiq beruvchi mahalla guzarlari yo'q.
Birgina boy mahalla, o'z guzariga chet el tajribasidan foydalangan holda ajoyib bolalar kutubxonasini barpo etganda edi, u yerda mahalla faollari yordamida qiziqalri tadbirlar, tomoshalar tashkil etganda edi, dam olish kunlari bolajonlarini o'sha yerda ko'rib o'zlari quvongan bo'lar edilar.

Kitob do'koni