Maktab bu birinchi kutubxona

Maktab bu birinchi kutubxona

Maktab yordamida oilalarni kitobxonlikka jalb qilish yo'llaridan biri👍:
Kecha 1 sinf qizim maktabidan bizga xabar keldi.
Har bir oila 2 dona kitob tanlab nomi va muallifini yozib beradi (majburiy), shunda o'sha kitoblar bolaga maktab tomonidan sotib olinib sovg'a qilinadi. 😍
Uyingizda ikki dona yangi kitob paydo bo'lishiga qo'shimcha ravishda,
🥰Kitob hayolingizda ham bo'lmagan shu payt yaxshi kitob izlashga tushasiz.
😝Noyob kitoblar ro'yhatidan eng zo'rini tanlaysiz.
😍Izlanish jarayonida yangi chiqqan kitoblar ro'yhati bilan tanishib olasiz.
😅Tanlangan ikki kitobdan tashqari ko'zingizga yoqqan kitoblarni kutubxonadan izlashga yoki sotib olishga harakat qilasiz.
🤩Eng muhimi, bolalar kitobi haqida o'ylab yurasiz.
Yaxshi odatlarni shunchaki shakllantirish kerak. Koreya maktablari oilalarni kitobxonlikka jalb qilishda aynan "поведенческая психология" usullaridan foydalangan holda, oilalarni farzandiga kitob izlash odatiga yaqinlashtiradilar.
Rasmda Janubiy Koreya presidenti bolalar kutubxonasida.

Kitob do'koni