Navbatdagi uchrashuv

Navbatdagi uchrashuv

AQSH va Kanadadagi vatandosh bolajonlar bilan navbatdagi uchrasuvimizdan lavhalar.
Bugun uchrashuvimizda 10 yaqin bolajon qatnashdi. Ba'zilar oilaviy bo'lib qatnashganlaridan quvondim. Iftorlik vaqti bo'lishiga qaramay bolajonlar faollik bilan, zavq bilan uchrashuvimizni boyitib turdilar.
Men esa har galgidek ular bilan mazza qildim.
Bugun bolajonlar bilan
🥰O'zbek tilidagi topishmoq va she'rlarni birgalashib o'qidik
🥰Bahor ranglarini organdik
🥰Ismaloq, boychechak, lola, asalari, nastarin haqida o'zbek tilida suhbatlashdik.
🥰Non haqida gaplashdik, shunda bolajonlarning barchasi uylarida non bor ekanligini ko'rsatib faxrlandilar
🥰Varrak bilan tanishdik
🥰Bahor faslini o'rgandik
🥰Bolajonlar bilan "Torn Paper"(qog'oz yirtish) usulida ijodiy ish qildik.
Bolajonlarning ijodi juda go'zal va kreativ edi. Bir-biriga o'xshamagan, bir-biridan ko'rkam daraxtlar yasadilar!
Uchrashuv jarayonida bolajonlarga har tomonlama ko'maklashib turgan ota-onalarga minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Kelasi uchrashuvlarimizda barchani kutib qolaman.

Kitob do'koni