Non-fiction janri haqida bilasizmi?

Non-fiction janri haqida bilasizmi?

Non-fiction - to'qib chiqarilmagan hikoyalar janri menga juda yoqadi. Bu janr orqali bolalarni dunyoning ajoyibotlari, buyuk insonlar, tarix, ilm-fan, psixologiya va yana minglab "kattalar" mavzulari bilan tanishtirish mumkin.
Non fiction janrining o'zi bir qator kategoriyalarga ajratilgan bo'ladi:
👍1. Recounting-narrative - bu kategoriyadagi hikoyalar bizga biron ilmiy ma'lumot yoki bilimlar haqida haqiqatni adabiy hikoya tarzida aytib beradi.
Misol uchun, Kapalakning hayoti haqida hikoya.📖
👍2. Instructing - bunday kategoriyadagi kitob bizga nimadur qilishni o'rgatadi va buning uchun qilinishi kerak bo'lgan qadamlar bilan tanishtiradi.
Misol uchun, bolalarga Pechenye pishirishni o'rgatuvchi kitob.📖
👍3. Reporting - bunday kitoblar biron mavzuga oid umumlashgan ma'lumotni taqdim etadi.
Misol uchun, Suv tanqisligi muammosi haqidagi ma'lumotlar aks ettirilgan kitob.📖
👍4. Explaining - bu kategoriyada muallif bizga biron hodisa nega yoki qanday qilib yuz berishini ko'rsatadi.
Misol uchun, Raketalarning kosmosga uchishi yoki immunitet ishlashi haqidagi kitob.📖
👍5. Persuading - bunday kitob o'quvchini qandaydur o'ylashga yoki faoliyat qilishga chorlaydi.
Misol uchun, daraxtni kesish qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida chuqur va qiziqarli dalillar haqidagi kitob o'quvchida daraxt kesilishiga nisbatan fikri o'zgarishiga olib keladi va uni kesmasligiga undaydi.📖
👍6. Discussing - bu kategoriyadagi kitob biron mavzuga bahsli nazar bilan yoki tanqidiy qarashni o'rgatadi.
Misol uchun, "internet foydali" degan qarash ko'rsatiladi va kitob bo'ylab bunga qarshi va qarshi bo'lmagan dalillar tahlili keltiriladi.📖
Yuqoridagi barcha kitoblarning mazmuni o'quvchining yoshiga mos bo'lishi shart!
Bunday kitoblar o'sayotgan bolalar uchun juda muhim. Chunki aynan non-fiction bolalarni tabiatga, olamga, dunyoga, atrofga, tarixga, o'ziga chuqur nazar solishni o'rgatadi.
P.S. Odamlar orasida oliy ma'lumotli bo'lish shart emas. Dunyoda ko'plab millionerlarning oliy ma'lumoti yo'q, degan fikrlar yuradi. To'g'ri, oliy ma'lumoti yo'q millilonerlar juda ko'p, lekin ularning bolaligida o'qigan kitoblari soni ularning pullaridan ham ko'p ekanligini unutmasligimiz lozim.
Rasmda buyuk ijodkor Shaun Tanning "non-fiction-narrative" janridagi "Tsikada" nomli kitobi. Nazarimda bu kitob ushbu janrning eng oliy ko'rinishidir.

Kitob do'koni