O'zbekistonda nashr etilishi shart bo'lgan yana bir kitob

O'zbekistonda nashr etilishi shart bo'lgan yana bir kitob

O'zbekistonda nashr etilishi shart bo'lgan yana bir kitob haqida so'z yuritmoqchiman. Norvegiyalik bolalar yozvuchisi Maria Parr muallifligidagi "Waffle Hearts" (Вафлилик юраклар-tahminiy tarjima) kitobidir. Bu kitob haqida mendan oldin dunyo olimlari va ko'plab mutaxassislar so'z yuritib bo'lganlar. Bu kitobni ilmiy ishlarda o'rganadilar. Bu kitob "bolalar kitobi qanday bo'lishi kerak?", degan savolga to'liq javob beradi. Kitob chinakam bolalarniki. Birinchi harfidan boshlab oxiriga qadar bolalarnikidir.
U yerdagi barcha muammo yechimlari bolalarniki
Muammolar ham bolalarniki
Hissiyotlar ham bolalarniki
Eng muhimi, bu yerda men doim bolalar adabiyotida izlaydigan va bo'lishi shart bo'lgan narsa bor: kitobni o'qigan bola, kitob qahramoniga dardkash bo'lgan bola bu dunyoni o'zgartirish uning qo'lida ekanligini anglaydi. Bolalar adabiyotida bolalarga aql o'rgatish kerak emasligini hammamiz tushunib bo'ldik, lekin qanday qilib bola atrofidagi nohaqliklariga o'zining yoshi va kuchiga yarasha ta'sir eta olishini ko'rsatish har bir kitob muallifining vazifasi, deb bilaman. Zo'r kitob, o'quvchini dunyoni o'zgartirishga undaydi!
"Vaflilik yuraklar" kitobida bilintirmaygina bolaning ongi darajasida fashizm va uning dahshatlari haqida aytib o'tilgan, diniy rivyoatlar bolaning qalbidan qanday qilib o'tishi haqida qiziqarli so'z yuritilgan, yaqin insonning o'limi bolaning qalbida qanday kechinmalarni tug'dirishi haqida yozilgan, do'stlik va sog'inch kabi tuyg'ular 9-10 yoshlik bolalarning hissiyotlari bilan namoyon qilingan!
Kitob qahramonlari Tril va Lena o'z dunyolarini o'zgartira oladilar. Shu kichik yoshlariga yarasha amallar qilib, odamlarning qalbiga malham va yaxshiliklar ulasha oladilar.
Kitob syujetini aytib o'tirmayman, uni internetdan topish qiyin emas. Men aytmoqchi bo'lganim, bugun O'zbekiston bolajonlari ham mana shunday kitoblardan bahramand bo'lishlari kerak. Biz axir dunyoning ortida emasmizku...Bizda bugun mening shaxsiy subyektiv fikrim bo'yicha Саъдулло Қуронов dan boshqa chinakam bolalar yozuvchisi mavjud emas. Bizda chinakam bolalar yozuvchilari ko'payguniga qadar hech bo'lmaganda dunyoni zabt etgan, 20 dan ortiq tillarga tarjima qilingan, ko'plab mukofotlarni qo'lga kiritgan va Rossiyaning o'zida 100mingdan ziyod adadi bilan sotilgan kitobni chiqarib turaylik...
Ona sifatida, pedagog sifatida, yozuvchi sifatida ishontirib aytamanki, bu kitobni o'qigan har bir bolajon bir pog'ona o'sadi va ijobiy tomonga bir necha karra o'zgaradi.
Rasmda kitobning Rossiyada chiqqan muqovasi va ichidagi illustrasiyalaridan bir parcha.

Kitob do'koni