Qanday qilib bolaga kitob orqali ilmiy yoki ijtimoiy ta'lim berish mumkin?

Juda oddiy!
✍️Biron mavzu olinadi.
πŸ“šShu mavzuga oid kitoblar topiladi.
πŸ“–Kitoblar birgalikda o'qiladi.
πŸ“ƒBolalar bilan mavzuga oid amaliy mashg'ulot qilinadi.
Natijada bola mavzuni osongina qiziqishi orqali o'zlashtirib oladi.
Namuna sifatida Koreyadagi shunday tajribani ko'rsatib o'tmoqchiman:
πŸ›‘Mavzu: Oq ayiqlarni asraylik!
πŸ›‘Savol: Nega oq ayiqlarni asrashimiz kerak?
πŸ›‘Maqsad: Bolalarni yer harorati o'sishi muammolari bilan tanishtirish(ekologik ta'lim), suv va elektr energiyani tejashni o'rgatish, hayvonlar haqida ma'lumot berish.
*Ushbu maqsadni ko'zlab shunchaki dars o'tilsa, dars samaradorligi juda past bo'ladi.
Koreyada yuqoridagi mavzuga oid loyiha o'tkazdilar. Loyihada bog'cha yoshidagi bolalar va boshlang'ich sinf bolalari qatnashishlari mumkin.
Loyiha:
πŸ›‘Bolalar mavzuga oid kitoblarni o'qiydilar (bunday kitoblar soni bemalol mavzuni ochib berish uchun yetarli bo'ladi).
πŸ›‘Oq ayiqlarni qanday qutqarish mumkinligi haqida o'z fiklarini yozadilar yoki chizadilar.
πŸ›‘Oq ayiqlarga dalda beruvchi hatlar yig'iladi va "yuboriladi"
πŸ›‘Oq ayiq o'yinchoqlari bolalarga sovg'a etiladi.
Mening kichik qizim(6 yosh) shu loyihada qatnashgan. Shu loyihadan so'ng uyda chiroqlarimiz yoqu qolsa, borib o'chirib qo'yadi. Oq ayiqlarni hozir taniydi, ular haqida ko'plab ma'lumotlarga ega. Eng muhimi, yerimizni asrash kerakligi haqida tushunchaga ega bo'lgan.
Yana qaytaraman, bu loyiha o'yin sifatida o'tkaziladi. Bola bilim olayotganini sezmaydi ham.
Bu bilan aytmoqchimanki, ❀️KITOB❀️ bolalarga ta'lim va tarbiya berishda juda kuchli va o'ta samarali vositadir.
Bolalarning hayotida kitoblar KO'P bo'lishi kerak!
 
 
All reactions:
Iroda Usmonova, Iroda Akhrorovna and 15 others
 
 

Kitob do'koni