Rasmli kitobni o'qishni o'rganamiz

Rasmli kitobni o'qishni o'rganamiz

Ota-onalar, pedagoglar bolasiga rasmli kitoblarni o'qishni o'rgatishi uchun o'zi ham rasmli kitobni o'qishni bilishi kerak.
☝️Rasmli kitobni o'qish shunchaki rasmlarni tomosha qilish bilan barobar faoliyat emas.
Muvaffaqiyatli rasmli kitobdagi rasmlardan o'quvchi ajoyib hikoya yasay oladi. Bu hikoya kitobdagi matndan (1) mutloq farq qilishi mumkin (2) teskari bo'lishi mumkin, (3) o'xshashi mumkin.
👍Eng qizig'i shundaki, rasmli kitoblar o'zining kichik hajmda ekanligiga qaramay, aynan rasmlari tufayli aslida qayta-qayta o'qilishga mo'ljallangan.
Qanday qilib kichik matnni qayta-qayta o'qish mumkin deysizmi? Buning uchun matn ortidagi rasmlar ichidan hikoya to'qishni o'rganing.
Har gal kitobni ochganingizda hikoya har xil bo'lishi mumkin.
❤Unutmang, rasmli kitoblar bolada kreativlikni uyg'otadi, kreativlik esa aynan shaxsiy hikoyalar to'qish orqali yuzaga keladi.
Rasmli kitoblarni o'qishni o'rganishda eng birinchi qadam-rasmdagi barcha, barcha! detallarga ahamiyat bering. Rasmli kitoblarda hech bir detal shunchaki chizilmaydi. Hammasining maqsad va vazifasi bo'ladi.
Rasmlar:
The Heart and The Bottle - Olive rJeffers
Tomchi qayerga ketdi - Dinara Muminova
Tug'ilgan kunimga sovg'a - Dinara Muminova
Dopka voqeasi - Saida Rashidova
The Shadow - Suzy Lee
Changes - Anthony Browne

Kitob do'koni