Sherlok Holmsni taniysizmi?

Sherlok Holmsni taniysizmi?

Ko'pchilik bu ismni bilsa kerak. Bolalarimiz-chi? Bizda bolalar uchun yaratilgan detektiv kitoblar bormi?
Aslida detektiv kitoblar bolalar uchun juda foydali. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha,
👉Detektiv kitoblar bolani e'tiborini bir joyga jamlashni o'rgatadi - bu ayniqsa gadjetlar davrida muhim qobiliyatdir;
👉Detektiv kitoblar bolalarda fikriga ishonch hosil qilishga undaydi - bu bolani ijtimoiylashuviga yordam beradi;
👉Detektiv kitoblar bolalarni kichik detallarga ahamiyatli bo'lishni o'rgatadi - bu barcha ishga sabr bilan a'lo darajada yondashishni o'rgatadi;
👉Detektiv kitoblar tafakkur qilishni o'rgatadi - masalan tik-tok yoki kompyuter o'yinlari tafakkurni so'ndiradi;
👉Detektiv kitoblar bolani qonunlar olamiga olib kiradi - yuridik ta'lim bilan qiziqarli tarzda tanishtiradi;
👉Detektiv kitoblar yangi yuridik va ijtimoiy so'zlar bilan bolani samarali tanishtiradi.
Ingliz tilida "Mystery books for kids" deb izlasangiz minglab kitoblar chiqadi.
Bizda bolalar kitobxonligida yana bir bo'shliq bor. Bizda o'zbek tilida haqiqiy aqlli, aynan bolalar uchun yaratilgan detektiv kitoblari mavjud emas.
Quyida Koreyadagi Sherlok Holms haqidagi asarlarning boshqa yozuvchilar tomonidan bolalar uchun o'zgartirib nashr etilgan kitoblarning rasmlari. Har bir kitobning maqsadi bor. Bu hamma kitoblar emas!

Kitob do'koni