Ta'lim! Ta'lim! Ta'lim! deydilar...

Ta'lim! Ta'lim! Ta'lim! deydilar...

Ta'lim! Ta'lim! Ta'lim! deydilar...
AQSHda Garvard, MIT, Stenford kabi nufuzli ta'lim dargohlari mavjud.
Aynan AQSHda 2022 yil natijasiga ko'ra yil davomida nashr etilgan bolalar kitoblari soni jami kitoblarning sonini 1/3 qismini tashkil etdi.
AQSHda bolajonlarning soni esa butun aholining 20%ini tashkil qiladi.
Ya'ni ta'lim tizimi, oliy ta'lim rivojlangan AQSHda bolalar adabiyotiga ehtiyoj va e'tibor kattalar adabiyotidan ham yuqori ekan.
Chunki bolalar adabiyoti rivojlanmagan mamlakatda ta'lim sohasi rivojlana olmaydi!
O'zbekistonda bugun ta'limga qancha e'tibor qilmaylik, bolalar adabiyoti rivojlanishiga e'tibor berilmasa, ta'lim oqsoq qolaveradi.
O'zbekistonda bugun bolalar adabiyotini rivojlantirish uyushmasi, bolalar kutubxonalari uyushmasi kabi bolalar adabiyotini rivojlantirishga e'tibor va kuch sarflaydigan tashkilotlar talab etiladi.

Kitob do'koni