"Yashasin Xo'rozqand!" yangi rasmli kitob

"Yashasin Xo'rozqand!" yangi rasmli kitob

Kelib qoling,olib qoling, xo'rozqanddan yeb qoling.
Xo'rozqand haqidagi kitobim Amazonda!
Bu kitobni ilk o'quvchisi 7 yoshlik qizim bo'ldi. Koreyada o'qib chiqqan edi. O'sha kundan buyon xo'rozqand yeb ko'rmoqchiman, olib bering deb rosa so'radi. Toshkentda buvijonisi eski shaharga olib borib 20 xil xo'rozqand olib berdilar. Qizim shu qadar xursand ediki, yana 10 ta oldirib Koreyadagi sinfdoshlariga sovg'a tariqasida olib ketdi.
Bu kitobni yozishimdan maqsad ham shu edi. Bolajonim milliy shirinliklar bilan tanishishi, unga qiziqishi uyg'onishi edi.
"Yashasin, xo'rozqand!" kitobi bolajonlarga
❤O'zligini anglashni
❤Muammoni hal qilishni
❤O'zining kuchli tomonlariga ahamiyat berishni
o'rgatmay ko'rsatadi.
Kitobda hikoyaga bog'lanib ketgan ❤MATEMATIK jumboq❤lar bisyor.
Barcha jumboqlar ushbu kitob o'quvchilari yoshiga munosib tarzda qo'yilgan.
Kitobda bolajonlarni
❤Shakllar o'yini
❤Tassavur o'yinlari
❤Ranglar o'yini
kutadi.
Hikoya davomida bolajonlar quyidagi jaryaondan ongosti darajasida o'tadilar:
Muammo ko'rinadi👉muammoni hal qilish yo'li aniqlanadi👉maqsad sari qadamlar belgilanadi👉qadamlar qo'yiladi👉maqsadga erishiladi.

Kitob do'koni