Youtube kanalimiz ochildi

Youtube kanalimiz ochildi

"Tomchi qayerga ketdi?" kitobimni chaqaloqlar uchun mo'ljallamaganman. Bu kitob 3 yoshdan katta bolalar uchun bo'ladi, deya reja qilgan edim. Ichidagi mavzu ham aynan shu yoshdagi bolajonlarga qiziq bo'lishini niyat qilgan edim. Illustrasiyalar ustida ustozim Flaviya bilan ishlayotganimizda ham aynan shu yoshdagi bolajonlar psixologiyasiga tayangan edim.
Lekin ba'zida kitob muallifga quloq solmay o'ziga qo'shimcha muxlislarni ham topib olar ekan.
Shu kunga qadar muxlislardan olgan xatlarga muvofiq bu kitobim nafaqat men ko'zlagan yoshdagi bolajonlarga, balki juda kichik- oylik bolajonlarga ham yoqishini tushundim.
Kitob qahramoni Bunyod chaqaloqlarning ham e'tiborini o'ziga qarata olishi meni juda quvontirmoqda. To'g'ri, texnik jihatdan chaqaloqlarga mo'ljallangan kitob kartondan yoki matodan bo'lgani ma'qulroq. Lekin bu jihatni hozirgi kitob industriyasining zaifligiga qoldiraman.
"Tomchi qayerga ketdi?" kitobi chaqaloqlar bilan ham o'qisa bo'ladigan kitob ekanligiga tobora ishonchim ortib bormoqda. Olti oydan kattaroq chaqaloqlar esa kitob qahramoni Bunyodning emosiyalarini ham taqlid qilayotganlari, unga empatiya ko'rsatayotganlari kitobim bolaning rivojlanishiga, xususan emotsional intellektining rivojlanishiga xissa qo'shayotganidan dalolatdir.
Bu kitobning "Read aloud" shaklida Youtube da ham ko'rishingiz mumkin. https://www.youtube.com/watch?v=N8nVs45Jaec

Kitob do'koni