Navbatdagi uchrashuv

AQSH va Kanadadagi vatandosh bolajonlar bilan navbatdagi uchrasuvimizdan lavhalar.
Bugun uchrashuvimizda 10 yaqin bolajon qatnashdi. Ba'zilar oilaviy bo'lib qatnashganlaridan quvondim. Iftorlik vaqti bo'lishiga qaramay bolajonlar faollik bilan, zavq bilan uchrashuvimizni boyitib turdilar.
Men esa har galgidek ular bilan mazza qildim.
Bugun bolajonlar bilan
πŸ₯°O'zbek tilidagi topishmoq va she'rlarni birgalashib o'qidik
πŸ₯°Bahor ranglarini organdik
πŸ₯°Ismaloq, boychechak, lola, asalari, nastarin haqida o'zbek tilida suhbatlashdik.
πŸ₯°Non haqida gaplashdik, shunda bolajonlarning barchasi uylarida non bor ekanligini ko'rsatib faxrlandilar
πŸ₯°Varrak bilan tanishdik
πŸ₯°Bahor faslini o'rgandik
πŸ₯°Bolajonlar bilan "Torn Paper"(qog'oz yirtish) usulida ijodiy ish qildik.
Bolajonlarning ijodi juda go'zal va kreativ edi. Bir-biriga o'xshamagan, bir-biridan ko'rkam daraxtlar yasadilar!
Uchrashuv jarayonida bolajonlarga har tomonlama ko'maklashib turgan ota-onalarga minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Kelasi uchrashuvlarimizda barchani kutib qolaman.

Bolalarni diqqatini ushlash yo'li

Dars davomida kichik yoshdagi bolajonlarni e'tiborini bir joyda ushlab turish oson emas. Shunda pedagoglar qiziqarli usullardan foydalanishlari muhim, chunki bolani e'tiborini kuch bilan ushlab turib bo'lmaydi.
Masalan, Janubiy Koreyada darsda bolalarni xayoli ketib qolganida yoki o'zaro gaplashib ketishganida pedagog qandaydir tez aytish yoki maqol yoki sanagichni qo'llaydi.
Bolajonlar bilan kitob mutolaasini o'tkazish davomida men ham shunday bir sanagich o'ylab topdim. Samarasi yuqoriπŸ₯°. Bolalar e'tibori bir zumda bir joyga yig'iladi. Sinab ko'ring...
O'qituvchi quvnoq ovozda: "Bir, Ikki, Uch", deydi,
Bolajonlar: "Kitob katta kuch", deb qaytaradi.
O'qituvchi quvnoq ovozda: "To'rt, Besh, Olti", deydi,
Bolajonlar: "Kitob misli oltin", deb qaytaradi.
O'qituvchi quvnoq ovozda: "Yetti, Sakkiz, To'qqiz, O'n", deydi,
Bolajonlar: "Kitob o'qing har zamon", deb qaytaradi.
Mana shu sanagichlarni bolalar bilan aytib turishga kelishib olasiz. Aynan g'ala-g'uvur boshlanganida istagan ketmaketligingizni (1.2.3 yoki 4.5.6 yoki 7.8.9.10) aytasiz. Bolalar uning qofiyasini aytguncha butunlay e'tiborini sizga qaratib oladi.

Faxrlanamiz

"The Bologna Children's Book Fair" bolalar adabiyotiga bag'ishlangan dunyodagi eng katta tadbirlardan biri 2024 yildagi g'olib illustratorlarini e'lon qildi. Ushbu anjumanga 81 mamlakatdan 3520 ta ish qabul qilingan bo'lib 78 donasi g'olib deb e'tirof etildi. G'olib mamlakatlar ro'yhatida O'zbekiston❀ nomi bor. Buning sababchisi ajoyib illustrator Yulia Drobova. Uyimda uning posteri mavjudligidan faxrlanaman.
Bu darajadagi tanlovga, aynan illustratorlik mahorati bilan O'zbekiston nomini kiritish qanchalik qiyin ekanligini tasavvur qilaman.
Faxrlanaylik! Chin dildan Yuliya Drobovani tabriklayman! Bundanda katta yutuqlarni tilab qolaman. πŸ₯³
Yuliya Drobovaning rasmlarini uzoqdan turib, minglab rasmlar ichidan ajratib olish qiyin emas. Uning kollajidagi ranglar va shakllar kuzatuvchini shundoq o'ziga rom etib qo'yadi.
Bolalar adabiyotiga qiziqadigan har bir illustrator mana shu ko'rgazmadagi barcha g'olib va finalchilar ishi bilan tanishib chiqishlarini tavsiya qilardim. Birinchidan ma'naviy hordiq olasiz, ikkinchidan dunyoda illustratorlik qayerga qarab yuksalayotganini his eta olasiz.
Yuliya Drobova ijodi

Qizlarni va ayollarni tarannum etuvchi 10 ta rasmli kitoblar:

Qizlarni va ayollarni tarannum etuvchi 10 ta rasmli kitoblar:
Ada Twist Scientist-Andrea Beaty
I am Jane Goodall-Brad Meltzer
Fantastically Great Women who changed the World-Kate Pankhurst
A Girl Called Genghis Khan-Michelle Lord
Malala’s Magic Pencil-Malala Yousafzai
Invisible Emmie-Terri Libenson
The great Gilly Hopkins-Katherine Paterson
Walk two moons-Sharon Chreech
Drum Dream Gilr-Margarita Engle
Miloo's Mind-Reem Faruqi
Bu kitoblarning ba'zilari Youtube bor. Imkoningiz bo'lsa, ulardan birini do'kondan yoki kutubxonadan qizingizga olib bering.
Kichik yoshdagi qizlarga bunday kitoblar o'zidan fahrlanishga o'rgatadi. "Nega o'g'il bo'lib tug'ilmabman?" degan savollardan uzoqlashtiradi. Ayolning bu dunyoga kerakligi va kuchi haqida so'zlaydi.

Ilmiy ish uchun mavzular

Ziyonet.uz saytidagi oxirgi ilmiy ishlar mavzularini ko'rib chiqqan edim. 2023 yil ichida avtoreferatlar orasida zamonaviy bolalar adabiyotiga oid (filologiya, pedagogika, psixologiya fanlaridan) tadqiqotlar deyarli yo'q ekan. Borlari asosan ertakchilikka, folklorga yoki katta yoshdagi bolajonlarga bag'ishlangan. 0-12 yoshdagi bolalarda kitobxonlikni rivojlantirish masalasiga bironta ilmiy ish topa olmadim.
Magistrant va aspirantlarga juda qiziqarli va mutaqo bo'sh soha. Mazza qilib ilmiy tadqiqotlar, tahlillar olib borsa bo'lar ekan.
Bolalar adabiyoti va bolalar yoshi
Zamonaviy bolalar adabiyoti standartlari
Bolalar adabiyotidagi lug'at
Rasmli kitoblar
Komiks va bolalar psixologiyasi
0-3,4,5,6,7 yoshdagi bolalarda kitobxonlikni rivojlantirishning zamonaviy usullari
Bolalar adabiyoti pedagogik instrument sifatida
Bolalar adabiyoti va STEM (STEAM)
Bolalar adabiyoti va 4K ko'nikmalar
Bolalar adabiyoti va ijtimoiy muhit
Ota-ona va bolalar adabiyoti
Maktab va bolalar adabiyoti
Maktabgacha ta'lim sohasida zamonaviy bolalar adabiyotiga oid metodikalar
Rasmli kitoblarda rasm va matn munosabati
Rasmli kitoblarda illustrasiyalar standartlari
Rasmli kitoblar va bolalar psixologiyasi
...
...
...
mavzularning cheki yo'q.
Bu sohada ilmiy ish qilgan odam bolalar kabi baxtli bo'lib yuradi.

Bolalarga tanlovlar kerak

"Yosh kitobxon" tanlovida ko'plab bolajonlar qatnashib, g'oliblar munosib tarzda taqdirlandilar. Ushbu tanlov 10 yoshgacha bo'lgan bolajonlar uchun ham tashkillashtirilishini orzu qilaman.
Aslida haqiqiy kitobxon 10 yoshgacha bo'lgan davrda shakllanadi. Chunki aynan shu davrda miya keskin rivojlanib, kerakli odatlarga poydevor yasaydi. Agar shu odatlar orasida maktabgacha davrda kitobga mehr qo'yilgan bo'lsa, demak bolaning kelajakda kitobxon bo'lish ehtimoli ancha yuqori bo'lar ekan. Bu borada ko'plab ilmiy tadqiqotlar mavjud.
"Yosh kitobxon" tanlovini bolajonlarning a'lochilari uchun mo'ljalangan tanlov, deb bilaman.
Lekin jahon tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, kitobxon bo'lish uchun a'lochi bo'lish shart emas. Maktabni mutlaqo yoqtirmaydigan, oliy o'quv yurtiga kirishni istamagan, ko'chada to'p tepib yurishni xush ko'radigan bolajonlar ham kitobxon bo'lishi mumkin, bunga haqqi bor va bo'lishi kerakdir!
Ana shunda chinakam kitobxon millatga aylansa bo'ladi. Kitobxon millat esa - bu yuqori saviya, ma'suliyat va ongga ega millatdir.
Bola 10 yoshida chin dildan kitobxon bo'lishi uchun u 5 yoshida kitob o'qilishini ko'p eshitgan, o'zi kitob o'qigan yoki kitob o'ynagan va tomosha qilgan bo'lishi muhim.
Bolalarni eng kichik yoshida kitobga yuzlatish har bir ota-onaning qo'lida! Bolalikda kitobga mehr qo'ygan bola, katta bo'lganida nafaqat odamlar uyushtirgan tanlovlarda, balki umr tanlovlarida ham g'olib bo'lib chiqaveradi.
Bahor kunlari bolajonlarga bahoriy mavzuda kitoblardan sovg'a qiling.
Rasm Google dan olingan

Kitob uchun yangi metodika

3x3
Dam olish kunida ota-onalar uchun πŸ₯³
3 daqiqada 3 yutuq
πŸ‘3-9 yoshdagi bolajonlari bor ota-onalar bola o'ynab yuradigan xonada 3 daqiqalik rasmli kitob mutolaa videosini yoqib qo'yadilar.
πŸ‘Bola unga qarashi shart emas. O'zi hoxlagan ishi bilan shug'ullanaveradi.
Natijada ota-ona va bola 3 yutuqqa ega bo'ladi🀩:
1. Bolada miyaning audial qismi rivojlanadi.
2. Bolaning ko'zi istar-istamas ekranga tushganida illustrasiyalarni ko'rib miyasidagi visual qism rivojlanadi.
3. Bolaning miyasida visual va audial kontentni tahlil qilish qobiliyati shakllanadi yoki rivojlanib boradi.
Atigi 3 daqiqaga 3 yutuq. Faqat dam olish kuni!

"Yashasin Xo'rozqand!" yangi rasmli kitob

Kelib qoling,olib qoling, xo'rozqanddan yeb qoling.
Xo'rozqand haqidagi kitobim Amazonda!
Bu kitobni ilk o'quvchisi 7 yoshlik qizim bo'ldi. Koreyada o'qib chiqqan edi. O'sha kundan buyon xo'rozqand yeb ko'rmoqchiman, olib bering deb rosa so'radi. Toshkentda buvijonisi eski shaharga olib borib 20 xil xo'rozqand olib berdilar. Qizim shu qadar xursand ediki, yana 10 ta oldirib Koreyadagi sinfdoshlariga sovg'a tariqasida olib ketdi.
Bu kitobni yozishimdan maqsad ham shu edi. Bolajonim milliy shirinliklar bilan tanishishi, unga qiziqishi uyg'onishi edi.
"Yashasin, xo'rozqand!" kitobi bolajonlarga
❀O'zligini anglashni
❀Muammoni hal qilishni
❀O'zining kuchli tomonlariga ahamiyat berishni
o'rgatmay ko'rsatadi.
Kitobda hikoyaga bog'lanib ketgan ❀MATEMATIK jumboq❀lar bisyor.
Barcha jumboqlar ushbu kitob o'quvchilari yoshiga munosib tarzda qo'yilgan.
Kitobda bolajonlarni
❀Shakllar o'yini
❀Tassavur o'yinlari
❀Ranglar o'yini
kutadi.
Hikoya davomida bolajonlar quyidagi jaryaondan ongosti darajasida o'tadilar:
Muammo ko'rinadiπŸ‘‰muammoni hal qilish yo'li aniqlanadiπŸ‘‰maqsad sari qadamlar belgilanadiπŸ‘‰qadamlar qo'yiladiπŸ‘‰maqsadga erishiladi.

Bolaligim

Bolaligimda bir kitobni qayta-qayta sevib o'qirdim. Uni onajonim tug'ilgan kunimga sovg'a qilganlar. Shunday sevimli kitobim borligi esimda, lekin kitob muallifi kim, u yerdagi hikoyalar qandayligi esimdan chiqib ketgan edi. Yaqinda shu kitob qo'limga tushdi.
Bilsam, bu kitobdagi hikoyalar bugun bolalar adabiyoti bo'yicha ilmiy izlanishlar qilib yurganimda hammaga tavsiya qiladigan hikoyalar ekan. Bolaligimda, ya'ni 1980-1990 yillarda menga yoqqan hikoyalar, bugun bolalar adabiyoti bo'yicha ilmiy tadqiqotlarda foydalaniladigan eng oldi hikoyalardan ekan.
O'zbekistonda bolalar adabiyoti tarjima qilinishi kerak bo'lsa, birinchi bo'lib shularni tavsiya qilgan bo'lar edim.

Kitob do'koni