Telefon o'rniga kitob

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti(JSST)ning xulosasiga ko'ra maktabgacha yosh(5-6 yosh)dagi bolalar har qanday ekranni (telefon, TV, planshet) kun mobaynida chegarasiz ishlatsalar, ularning miyasiga salbiy ta'sir yetar ekan. JSSTning tavsiyasiga ko'ra bu yoshda bolaga ekranni umuman bermagan yaxshi.
Maktabgacha yoshdagi bolani telefondan chalg'itishning oson yo'li unga alternativa - muqobil narsa berishdir. Muqobil narsa nima bo'lishi mumkin? Axir bolaga telefonchalik qiziq narsa yo'qku?

Janubiy Koreyadagi kichik bir kitob do'koniga sayohat

Janubiy Koreyadagi KICHIK bir kitob do'koniga sayohat.
Ushbu kitob do'konida meni quvontiradigan jihatlarni aytib o'tsam:

Bolalar adabiyoti janrlari

Xalqaro tadqiqotlar bolalar adabiyotini mana shu asosiy janrlarga ajratadi:
Rasmli bolalar adabiyoti - Picturebook
She’riyat
Folklor va ertaklar
Fantastika
Ilmiy fantastika
Tarixiy
Realistik
Ma’lumot beruvchi (ensiklopediya...)
Agar O'zbekiston miqyosida tahlil qiladigan bo'lsak, bizda aynan rasmli bolalar adabiyoti deyarli rivojlanmagan.
Rasmli bolalar adabiyoti deyilganida ichida rasmi bor kitob tushunilmaydi.

Kreativlik

Kreativlik!
Dunyoda bu borada eng zo'rlardan deb hisoblanmish Ilon Maskning ikki og'iz gapini o'qish uchun Twitterda uni 80 mlnga yaqin odam kuzatadi. Kreativlik bugun juda muhim sifat bo'lib qolmoqda. Kreativlik rivojlanishida esa bolalik davri juda muhim hisoblanadi.
O'zbekistondagi bolalar adabiyotlarida, darsliklarda kreativlikni rivojlantiruvchi materiallar bormi?

Kitobni sevmaydigan bolalar uchun imkoniyat

Mamlakatimizda bolalar adabiyotiga e'tibor borgan sari kuchayib borayotgani sezilmoqda. Nazarimda barcha tadbirlar kitobxonlarni kitboxonlikka jal etishga qaratilgan.
Hozirgi vaziyatda esa bizning maqsad sal o'zgacha bo'lishi kerak, deb o'ylayman.
Biz kitobni umuman qo'liga olmaydiganlarni kitobxonlikka jalb qilishimiz lozim.

Kumush kitobxon

"Kumush kitobxon" to'garagi Yaqinda bir qiziq loyiha bilan tanishib quvondim. Menimcha O'zbekistonda ham uni amalga oshirsa bo'ladi. Loyihaning maqsadi bolajonlarni kitobxonlikka jalb qilish. Lekin bu hammasi emas. Bir vaqtning o'zidayoq qariyalarni ham kitobxonlikka jalb qilish ko'zda tutilgan. Qanday qilib?

2 aprel - xalqaro bolalar adabiyoti kuni

2 aprel - xalqaro bolalar adbaiyoti kuni. Bu kun bolalar yozuvchisi Hans Kristian Anderson tavallud topgan kuniga atab belgilangan. Hans Kristian Andreson nomi dunyodagi eng nufuzli bolalar adabiyoti tanloviga qo'yilgan. Anderson ertaklarini bilmaydigan, eshitmagan inson kam bo'lsa kerak. Ja bo'lmasa, Disney tomonidan olingan multfilmlar orqali Anderson ijodi bilan tanishdir.
Anderson ertaklari davr tanlamaydi.

Kitob va matematika

Hozirgi IT va boshqa raqamli texnologiyalar rivojlangan davrda ba'zi ota-onalar farzandi matematikani yaxshi bilishini istaydi. Chunki jaddal rivojlanib ketayotgan bu sohalarning yuqori malakali mutaxassisi bo'lish uchun matematik qobiliyat bo'lish shart.
Bilasizmi ❓

Bolalar adabiyoti tanlovlari

Koreyada bolalar adabiyoti mualliflari uchun minglab tanlovlar mavjud. U yerdagi tanlovlarni xususiy va davlat uyushmalari, nashriyotlar, vazirliklar, ta'lim tashkilotlari, ta'limga aloqasi bor ilmiy tekshirish institutlari, katta xususiy kompaniyalar o'tkazadilar. Istagan muallif istagan tanlovda qatnasha oladi. Ba'zi tanlovlarda katta moliyaviy mukofot bo'ladi, ba'zilarida ishtirok etishning o'zi ham katta yutuq hisoblanadi, ba'zilari qiziqarli sovg'alar(misol uchun muzeyga tekin chipta, kitob do'koniga kupon) bilan mukofotlaydi.
Tanlovlarda baho berish mezonlari ham turlicha. Misol uchun nashriyotlar o'zida chiqqan kitoblar orasida tanlov qiladilar. Unda eng ko'p sotilgan kitob emas, balki bir qancha mutaxassis hakamlar tomonidan yuqori baholangan kitoblar g'olib etib tanlanadi.
Hozir ijtimoiy tarqmolar rivojlangan paytida o'zi tanlovning ahamiyati bormi?

Bolalar adabiyotidagi ranglar

Qiziq bir fakt. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, bizning qarorlarimizning 85% foizi rangga asoslangan bo'lar ekan.
Bolalar adbaiyotida rangning o'rni qanday?☝️

Bolalar adbaiyoti faqat yorqin"bolalarcha" rangda bo'lishi kerakmi yoki qora bo'lishi ham mumkinmi? Bolalar rangi o'zi bormi?

Kitob do'koni