Bu plagiatmi?

👍Алексей Толстой "Буратино"- Karl Kollodi "Pinnochio"
👍Корней Чуковский "Айболит" - Hugh Lofting "The Story of Doctor Dollitle"
👍Александр Волков "Волшебник изумрудного города" - L. Frank Baum "The Wonderful Wizard of Oz"
Bir buyuk muallif boshqa buyuk muallif hikoyasidan ilhomlanib hikoyaning ajoyib yangicha talqinini yaratishi ham bir ajoyib tajribadir.
Ayniqsa ikkala versiya ham mana shunday mukammal bo'lsa!

Anvar Obidjon

To'polonchi to'pcha
Qochoq to’pim tegdi borib
Ayvondagi chelakchaga
Chelakchadan sakradi so’ng
Qoziqdagi elakchaga.
To’pim kular dikir-dikir
Men kulaman qiqir-qiqir,
Chelak kular shaqir-shuqur,
Elak kular tapir-tupur.
...
...
Anvar Obidjonning she'rlaridagi dinamikani yaxshi ko'raman.
Mana bu she'r shu qadar rasmli kitob uchun moski, uni o'qir ekanman ko'z oldimdan rasmli kitob sahifalaridagi rasmlar - ayvondagi chelak, qoziqdagi elak, qiqir-qiqir kulayotgan qahramon va hokazolar o'tadi. Qaniydi Anvar Obidjonning bolalar uchun yozilgan har bir she'r uchun alohida bir rasmli kitob yaratilsa...maktabgacha yoshdagi bolajonlar uchun qimmatli sovg'a bo'lar edi!
Ushbu o'ta dinamik rasm Chris Van Dussenga tegishli.

Bolalar kitobi qanday bo'lishi kerak?

Bolaning e'tibori bir narsadan ikkinchi narsaga juda tez ko'chadi. Bola kattalar singari e'tiborini uzoq vaqt bir joyda ushlay olmaydi. Bolaning e'tiborini kuch bilan ushlab qolish oson emas va mumkin emas.
Bola kitob o'qiyotganida kitobning har bir beti uning e'tiborini torta olishi muhim.
❤Shuning uchun 7-8 yoshgacha bo'lgan bolalarga rasmli kitob kerak.
❤Shuning uchun 0-7 yoshdagi bolalar kitoblarining hajmi kichik bo'lishi kerak.
❤Shuning har bir betdagi illustrasiya bolaning e'tiborini to'xtata olishi kerak.
❤Shuning uchun illustrasiya mayda, lekin muhim detallardan iborat bo'lishi kerak.
❤Shuning uchun kitob varaqlarining o'lchami bolaning ko'zi qamrab olishi mumkin bo'lgan darajada bo'lishi kerak.
❤Shuning uchun har bir betdagi matn hajmi rasm hajmidan kamroq bo'lishi kerak.
❤Shuning uchun illustrasiyadagi ranglar bolaning psixologiyasiga munosib tarzda qo'llanilishi kerak.
0-7 yoshli bolajonlarning e'tibori kitobda ushlanib qolishi uchun ularga rasmli kitoblarni olib bering.
Rasmda mening eng sevimli mualliflarimdan biri Oliver Jeffersning ijodidan namuna.

Ba'zi ota-onalar shunday!

Bu shirintoy bola tish shifokoriga navbat kutayotganida kitob o'qib o'tiibti. Onajonisiga rahmat. Bolasi zerikkanida telefon tutqazmay, kitob tutqazar ekanlar.

Asliyatimiz?

Qadimda ota-bobolarimiz davrida qishning sovuq kechalari ertak tinglash bilan o'tkazilardi. Tanchani atrofida bolajonlar yig'ilib ertak aytuvchining hikoyalarini mazza qilib tinglar edilar. Aks holda, hamma zerikib ketardi chunki qishda boshqa qiladigan ish bo'lmas edi. Har bir oilada ana shunday ertak aytuvchi bo'lar edi.
Bugun bolalar qishda zerikmaydilar. Qiladigan va ko'radigan narsalari ko'p. Lekin menga o'sha eski odatlar qandaydur yoqimli tuyuladi.
Rasm Googledan olingan.

Ajoyib suhbat uchun rahmat

📢📢Bola va telefon 📢📢
❓Farzandingiz telefon yoki televizorlarga o'rganib qolganmi?
❓Kitoblarga qanday qilib qiziqtirish usullarini bilmoqchimisiz?
📍Va yana ko'plab boshqa savollar javob olishni xohlasangiz :
Bugun 18:00 da sizlar bilan- ayni paytda Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan PEDAGOGIKA FANLARI BO'YICHA FALSAFA DOKTORI (PHD) Dinara Muminova bilan "BOLA VA TELEFON" mavzusida 18:00da bepul vebinar bo'lib o'tadi.
🔥Eng dolzarb mavzu! 🔥
📢E'lonni boshqalarga ham yuboring 📢
📝 Savollaringizni kommentda yozib qoldiring, vebinar vaqtida mutaxassisdan javob olasiz🤗

Navbatdagi uchrashuv

"UzBOOKistan" loyihamizdagi navbatdagi uchrashuvimiz bayramona kayfiyatda o'tdi.
Yil davomida bolajonlar bilan mutolaa qilgan kitoblarimiz bayramini birgalikda nishonladik!
Uchrashuvda 14-15 ta bolajonlar qatnashdilar. Yangi ishtirokchilar ham bo'ldi.
Uchrashuv davomida:
❤O'zbek harflari bilan so'z o'yini o'ynadik.
❤Milliy qo'shiqqa raqsga tushdik.
❤Kitoblarim reytingini aniqladik (keyinroq e'lon qilaman).
❤Rasm chizdik.
❤Hikoyalarni birgalikda esladik.
❤Qiziqarli suhbat olib bordik.
Koreyada uzun ta'til davri boshlanmoqda. Shuning uchun "UzBOOKistan" loyihamiz doirasidagi keyingi uchrashuvimiz hudo hoxlasa 2024 yilning Mart oyida bo'lib o'tadi. O'tkazib yubormoqchi bo'lmasangiz bizning telegram kanalga obuna bo'lib olishingiz mumkin: https://t.me/uzbookistanDM
Bolajonlaringiz yangi kitoblar, yangi mutolaa, yangi suhbatlar va qiziqarli o'yinlar kutadi. Barchasi o'zbek tilida, barchasi tekin!
2024 yilda yangi uchrashuvlarimizda sizlarni kutib qolaman!

Bolaga qanday kitob kerak?

O'ylab-o'ylab, izlab-izlab mana shuncha o'quvchi bolalar turini ajratib chiqdim. Shularning har biriga mos o'zbek muallifiga oid bolalar adabiyoti kerak.
❤Favqulodda o‘quvchilar:
Bunday bolalar harflar, tovushlar va tanish so‘zlarni o‘rganish jarayonida bo‘ladilar. Ular oddiy, takrorlanuvchi matnlardan zavqlanadilar, matnlarni rasm bilan birgalikda qabul qiladilar.
❤Dastlabki o'quvchilar:
Mustaqil o‘qishni yaxshi ko‘rishni boshlaydilar. Oddiy va tushunarli matnga ega kitoblardan zavqlanadilar. Kitoblar rasmli bo’lishini afzal ko’radilar.
❤Ishonchli o‘quvchilar:
Bolalar kitoblarini ravon va yaxshi tushunib o‘qiydilar. Bunday bolalar murakkabroq syujetlar va mavzularga ega bo‘lgan uzunroq matnga ega kitoblarga ham qiziqadilar.
❤Ilg'or o'quvchilar:
Bunday bolalar kattalar o‘qiydigan kitoblarni ham o‘qiy oladilar va tushunishga harakat qiladilar.
❤Vizual o‘quvchilar:
Bu kategoriyadagi bolalar ma’lumotni tasvirlar va illyustratsiyalar orqali qabul qilishni afzal ko‘radilar. Bunday bolalarga so‘zsiz kitoblar (silent-book), grafik romanlar yoki komikslar juda yoqadi.
❤Audiokitob ixlosmandlari:
Ovoz chiqarib o‘qiladigan kitoblarni tinglashni yoqtiradilar. Ularga kimdur kitob o‘qib berishi yoki audioformatdagi kitoblar yoqadi.
❤Janr ishqibozlari:
Bunday bolalar fantastika, sehr-mo’jiza, ilmiy fantastika, roman, detektiv, mango yoki tarixiy fantastika kabi muayyan janrlarni afzal ko'rib o‘qiydilar. Bunday bolalar kitob izlayotganida faqat bir janrga oid kitoblarga qiziqish bildiradilar.
❤Badiiy bo‘lmagan janrga ishtiyoqi bor kitobxonlar:
To‘qima obrazlardan ko‘ra haqiqiy ma’lumotlarga va faktlarga ega kitoblarni afzal ko‘radilar. Chinakam dunyo mavzulari, ilm-fan, tarix, siyosat, biografiyalar va boshqa real ma’lumotlarga ega matnlarni yoqtiradilar.
❤Seriya ixlosmandlari:
Muayyan kitoblar seriyasiga chuqur e’tibor qaratadilar. Ko‘pincha bir kitobning barcha seriyasini o‘qib chiqmaguncha tinchimaydilar.
❤Diversiv o‘quvchilar:
Turli millatlar, madaniyatlar va tajribalarni aks ettiruvchi kitoblarni qadrlaydilar va faol ravishda qidiradilar.
❤Sarguzasht izlovchilari:
Harakat, hayajon va jasoratga boy matnlarni kitoblardan izlaydilar. Ular kvestlar, izlanishlar va hayajonli qiyinchiliklarga boy hikoyalarni sevadilar.
❤Hayvon sevuvchilari:
Bosh qahramon yoki asosiy mavzu sifatida hayvonlar tasvirlangan kitoblarni afzal ko‘radilar. Bunday bolalar uy hayvonlari, yovvoyi tabiat va hayoliy mavjudotlar haqidagi hikoyalardan zavqlanadilar.
❤Fentezi ishqibozlari:
Sehrli olamlar, afsonaviy mavjudotlar, afsunlar va epik janrdagi kitoblarni afzal ko‘radilar. Ularni hayoliy olamlar va fantastik sarguzashtlar maftun etadi.
❤Sirli jumboqlar va detektiv muxlislari:
Boshqotirmalarni yechish va jumboqlarni topish, sirlar, va shubhali syujetlarni o‘z ichiga olgan kitoblarni yoqtiradilar.
❤Ilmiy fantastika ishqibozlari:
Bunday bolalarni futuristik texnologiya, kosmik tadqiqotlar va spekulyativ fantastika qiziqtiradi. Ular kelajakda yoki uzoq sayyoralarda sodir bo‘lgan voqealardan zavqlanadilar.
❤Real hayot ixlosmandlari:
Haqiqiy hayotiy vaziyatlar, munosabatlar va qiyinchiliklarni aks ettiruvchi darammatik hikoyalarni afzal ko‘radilar.
❤Tarixiy kitob ishqibozlari:
Ko‘pincha tarixiy voqealar, real tarixiy shaxslar va qahramonlar aks ettirilgan o'tmishdagi voqealar haqidagi kitoblardan bahramand bo‘ladilar. Ular turli davrlarga oid ma’lumotlarni tahlil qilishni afzal ko’radilar.
❤Hajviya ishqibozlari:
Bunday bolalar kuldiradigan kitoblarni tanlaydilar. Hajviya matn yoki illustrasiyalar orqali namoyon bo‘lishi mumkin.
❤She’riyat ixlosmandlari:
She’riyatning ritmi, qofiyasi va lirik tiliga ixlos qo‘yadilar. Bunday bolalar his-tuyg‘ularni yoki mavzularni she’r orqali o‘rganishga odatlanadilar.
❤Sport ixlosmandlari:
Sport, sportchilar va sport musobaqalariga bag‘ishlangan kitoblarga qiziqadilar.
Har bir o'quvchi uchun munosib o'zbek muallifiga oid kitobni tavsiya eta olasizmi?

Kitob do'koni