Oxiri tugatilmagan(open-ended book) kitob

Kichik bolalar uchun oxiri tugatilmagan(open-ended book) kitob juda foydalidir.
๐Ÿ‘‰Odatda oxiri ochiq qolgan kitob o'quvchiga o'zining ijod va tasavvurini namoyon qilishga imkon beradi.
๐Ÿ‘‰Bunday kitob o'quvchini tanqidiy fikrlashga, muammolarni yechish va o'zining ko'nikmalarini ishlatib hikoyani davom etishga undaydi.
๐Ÿ‘‰Ochiq nihoyasiz kitoblarni yakunlashda to'g'ri va noto'g'ri javob bo'lmaydi. Shuning uchun bunday kitoblar bolani xato qilishdan qo'rqmaslikka o'rgatadi.
๐Ÿ‘‰Ochiq-yakunsiz kitoblar o'quvchilar o'z fikrlarini va tasavvurlarini ifodalashi uchun zo'r imkoniyat hisoblanadi.
Bolajonlaringizga shunday kitoblarni olib bering. Kitobni yakunini aytib berganlarini eshitib bolajoningizning ijod qirralaridan birgalikda bahramand bo'ling.
Rasm Google dan olingan

Yaxshi va yomon kitob

Bolalar kitoblarini "yaxshi" va "yomon" ga ajratishgani yoqmidi. Yoqqan va yoqmagan kitob bo'lishi mumkin. Sifatsiz va sifatli kitoblar bor. Ya'ni sifatsiz tarjima, sifatsiz illustrasiyalarga ega, xatolarga boy kitob bo'lishi mumkin. Sifatsiz kitoblardan bolalarni yiroq tutish shart!
Lekin texnik jihatdan hammasi yaxshi bo'lsa, har qanday kitob yashashga haqli. Uning yaxshi yomonligini esa vaqt ko'rsatadi.
Bugun bolalar adabiyoti bu faqat chiroyli adabiy matnni keltiruvchi she'riy obrazlarga boy adabiyot emas.
Bugun bolalar adabiyoti deganimizda pedagogik, falsaviy, psixologik, texnik, ilmiy, ensiklopedik, badiiy, diniy, o'yinlik, 3D yoki VR texnologiyalik va boshqa xilma hil kitoblarni tasavvur qilishimiz mumkin. Ana shu xilma xillik kitobni maqsadidan kelib chiqadi.
Kitob nima uchun yaratilgan? Bir kitobning maqsad va vazifasi nimada?
Ana shuni tushuna olsakgina uni baholay olamiz. Kitobni bir tomonlama yoki eski zamon nazari bilan boqib baholaydigan bo'lsak ensiklopedik kitobda badiiy g'oya yo'q deyish bilan bir hil holat bo'ladi.
G'arbda bolalar adabiyoti keskin rivojlangan. Buyur Britaniyaning HarperCollins nashriyot uyi qanchalik jahonga mashhur ekanligini ko'pchilik bilsa kerak. Bu nashriyot uyida kitob chiqaruvchilar orasida dunyoga mashhurlar juda ko'p: Maurice Sendak, Roald Dahl, Tolkien, Carol Lewis, Nail Gailman, Paulo Coelho, Dr. Seuss va boshqalar.
Yaqinda qo'limga ana shu nashriyotda chiqqan bolalar adabiyoti tushdi. Muallifi Shel Silverstein. Ko'rib, qizim bilan o'qib chiqib sizlarga ilingim keldi. Bu kitobni yaxshi yoki yomon deyishdan oldin, shunchaki tasavvur qilib ko'ring. G'arbda mana shunday kitoblar ham chiqmoqda. Uni zo'rligini tushunish uchun avallo rasmli kitoblarga to'yib olishimiz kerak. Rasmli kitoblarni "o'qishni" o'rganib olishimiz kerak. Biz esa bolajonlarimizni ko'zini rasmli kitoblar, chinakam picturebooks bilan hali ham to'ydira olganimiz yo'q.
*Rasmi bor kitob har doim ham picturebook(rasmli kitob) emas!!!
340854745 3116819135290916 4653231135421754360 n340899586 606679078169578 2038761175451002313 n

Bolaning rasmiga baho berishga shoshilmang!

Djon Xopkins Universitetining tadqiqotiga ko'ra, bolalar kichikligidan har kuni kamida 20 daqiqa rasm chizsalar ularda kognitiv qobiliyatlari keskin rivojlanar ekan.
Shunga qo'shimcha qilib bir narsani aytmoqchi edim.
Bola chizayotganida unga nima chizishni va qanday chizishni o'rgatish mutlaqo mumkin emas, bu bir.
Ikkinchidan, bola ko'p va har xil chizishi uchun u ko'p va har xil narsalarni ko'rishi kerak. Misol uchun mushukni, kuchukni, daraxtni turli ko'rinishda ko'ra olishi kerak. Bu borada buyum va hayvonlarni, odamlar va hodisalarni noodatiy tarzda ko'rsatgan illustrasiyalar samarali bo'ladi. Bolaga kitob olib berayotganingizda odatiy rasmli kitoblardan ko'ra noodatiy o'ylantiruvchi rasmlarga boy kitoblarni tanlang.
Dunyoqarash qachon kengayadi? Noodatiylik tufali. Dunyo kezsang, dunyoqarashing kengayadi, deydilar. Nega? Chunki qancha ko'p va xilma hillikni ko'rsak shunchalik dunyoqarashimiz kengayadi, natijada tolerantlik, empatiya, tafakkur nihoyatda rivojlanadi.
Bugun bolalarimizga sayohatlarni taqdim eta olmayotgan bo'lsak, hech bo'lmaganda noodatiy tarzda chizilgan rasmlarni ko'rsatishimiz kerak. Shu yo'l bilan ularning dunyoqarashlarini kengaytira olamiz.
Quyosh har doim ham sariq emas, mashina esa har doim ham 4 g'ildiraklik emas!!!
340777473 796644455498810 3370455988840893965 n340917958 732270591971902 1687567454893262741 n341522042 1366432913930579 2654102089531275721 n341579494 3735000240060270 6313044220833970278 n

Kichik yoshdagi bolajonlar bilan kitob o'qishning oson yo'li

Ota-ona va pedagoglar tomonidan 3-8 yoshdagi bolajonlar uchun beriladigan samarali chelenj.
๐Ÿ˜Janubiy Koreya tajribasidan olindi:
*** Chelenj ma'nosini tahminan, bir maqsadga ma'lum bir muddatda erishish uchun harakat qilish, deb tarjima qilaman.
๐Ÿ‘‰Chelenj muddati:
1 iyunga qadar
๐Ÿ‘‰Chelenj shartlari:
1. Ota-ona yoki pedagog(imkoni bo'lsa bolaning o'zi) har kuni bolaga 1 dona hikoya o'qib beradi (yoki ertak aytib beradi va hokazo).
2. Bola chelenj uchun tutilgan maxsus daftariga eshitgan hikoyasiga atab rasm chizadi yoki hikoya haqida 1 dona gap yozadi.
3. Belgilangan muddatga qadar bola
50 ta rasm yoki hikoyaga oid gap yozsa - ๐Ÿฅ‡oltin medal
40 ta rasm yoki hikoyaga oid gap yozsa - ๐Ÿฅˆkumush medal
30 ta rasm yoki hikoyaga gap yozsa - ๐Ÿฅ‰bronza medali bilan taqdirlanadi
*medallar o'yinchoq do'konida sotiladi
Ota-onaning moliyaviy holati yoki pedagogning sinf fondiga qarab, medallarga qo'shimcha ravishda shirinliklar yoki yangi kitoblar sovg'a qilishi mumkin. Uch medal ham chelenj davomida bolalarning ko'ziga ko'rinarli joyda ilinib turilishi kerak.๐Ÿฅณ
๐Ÿ‘‰Natija๐Ÿฅฐ:
๐Ÿ‘Bola maqsad ko'rishni o'rganadi. Bu juda qiyin qobiliyat. Ba'zida kattalar ham maqsadini ko'ra olmaydilar.
๐Ÿ‘Bola maqsad sari intilish yo'lini izlaydi. O'zini tartibga solishni o'rganadi.
๐Ÿ‘Bola ko'plab yangi adabiy boyliklar bilan tanishadi, nutqi va tasavvuri rivojlanadi.
๐Ÿ‘Bola g'olib bo'lish hissini kichikligidan anglaydi va bu uni hayotda ilhomlantiradi. Bugun hamma izlayotgan motivatsiyani topish uchun kerak.
๐Ÿ‘Bola hikoya mazmuniga oid rasm chizayotganida hikoyani qayta miyasida tahlil qiladi.
๐Ÿ‘Bola hikoya haqida biron gap yozayotganida tafakkur qilish qobiliyatini shakllantiradi.
โ—๏ธEng muhimi bola chizgan rasmiga va yozgan gapiga baho berish MUMKIN EMASโ—๏ธโ—๏ธโ—๏ธ Ota-ona(pedagog) faqat ularni hisobini qiladi. Chunki bu chelenjdan maqsad adabiyotni, imloviy xatosiz yozishni yoki rasm chizishni o'rgatish emas, balki kitobni tahlil qilishga odatlanishdirโ—๏ธ
 
340823342 764612518722948 3884551753597326335 n340513019 762939768793905 6484029809115918079 n

Kitobni bola bilan muhokama qilishni bilasizmi?

Bundan bir necha yil oldin Koreyadagi kitob do'konlarida bolaning emotsional intellektini rivojlantivurchi kitoblar ko'payib ketganida hayron bo'lgan edim. Bunchalik buni reklama qilavermasalar, deya. Bugun mana hamma tushunib turibdiki, emotsional intellekt bugun va ayniqsa kelajak uchun eng keraklidir. Biz - kattalar bolalarda emotsional intellekt rivojlanishi uchun javobgarmiz.
Emotsional intellektni rivojlantirishda bolalar adabiyoti juda samarali vizual instrumentdir. Bola kitob ko'rish yoki o'qish jarayonida turli xil ijtimoiy va emotsional tajribalardan o'tib o'zini bilish, empatiya, muammoni hal qilish (problem solving)ni o'rganadi.
Biz dunyoda ilk bora kelganimizda emotsiya bilan tug'ilamiz. Emotsiya bizni butun umr yetaklaydi. Emotsiyani bilish va uni boshqarish emotsional intellekt asosidir.
Bola uchun emotsiyalar olami juda katta. U kichikligidan ularni tushunishni va qabul qilishni o'rganishi zarur. Eng muhimi ular haqida gaplashishni bilishi zarur. Chunki emotsiyani bilmas ekanmiz, harakat va faoliyatimizga javob bera olmaymiz.
Quyida bolalar kitobini o'qib bola bilan emotsiyalar haqida gaplashish yo'llarini keltirib o'taman:
1. Kitob qahramonining emosiyasini nomlash zarur. Misol uchun "Qahramon nega yig'layapti?", degan savolni bolaga beramiz. Birgalikda qahramon kechinmalariga nom beramiz.
2. Kitob qahramonining emotsional holatining sababini birgalikda izlaymiz.
3. Qahramonga yordam berish yo'llarini birgalikda izlaymiz. Nima qilsak, qahramon yig'lamaydi?
Biz bugun bolalar bilan ularning hissiyotlari haqida gaplashsak, ertaga ular o'zining, bizning va atrofdagilarning hissiyotlarini tushunadigan va empatiyaga boy bo'lib o'sadilar.
Emotsiyalar haqida gaplashish uchun "Tomchi qayerda ketdi?" kitobini tavsiya qilaman.
Yaxshi kitob - bu bola bilan muhokama qilsa bo'ladigan kitobdir!

Bulingga rasmli kitoblar bilan qarshi chiqamiz

Buling! Ehtiyot bo'ling!
Janubiy Koreyada buling haqidagi qonun 2012 yilda ishga tushgan. Bunga sabab o'sha yili katta sinf o'quvchisi o'zini ko'p qavatlik uyning tomidan tashlab yuborgani bo'lgan. Eng daxshatlisi shu ediki, bola tomdan o'zini tashlaguncha liftda 24 marta tepaga chiqib yana pastga tushib ikkilanganligi edi. Buni tergov jarayonida aniqlashgan. Bilishlarcha, bola maktabda bulingga bardosh bera olmaganligi tufayli o'z joniga qasd qilgan ekan. 24 marotaba ortqa qaytgani esa, u aslida yashamoqni istagani, lekin chorasizlikdan shunday qilganini ko'rsatgan.
Bugun O'zbekiston ta'lim tizimini isloh qilayotganimizda bulingga ahamiyat bermay o'tib bo'lmaydi. Bugun O'zbekistonning ko'plab maktablarida buling borligini ijtimoiy tarqmolar va yangiliklar ko'rsatib turibti. Lekin bizda buling bilan kurashish mexanizmlari ishlab chiqilmagan. Buling nima ekanligini ham ko'plab pedagoglar tushumaydi. Buling har doim ham bu tarsaki tushirish yoki mushtlashish emas. Bugungi kunda buling og'zaki yoki virtual ham bo'lishi mumkin. Pedagoglar bu haqda bolalar bilan suhblashishi kerak. Bu mavzu doimiy ravishda maktablarda ko'tarilishi va salbiy oqibatlardan holi bo'lish uchun kerakli qarorlar qabul qilinishini talab etadi.
Bolalar bilan buling haqida suhbat ochishda kitob - eng yaxshi va samarali instrumentdir. Kitobdagi voqeani tahlil qilgan holda, bolalar e'tiborini buling mavzusiga, atrofdagi buling vaziyatlariga qaratishimiz, bilmaydigan haqiqatlarni suhbat orqali bolalardan bilib olishimiz mumkin bo'ladi. Buling ostida yurgan bolalar qanchalik katta psixologik stress olishi haqida ko'plab psixologlar aytmoqdalar. Ota-onalar ham buling (maktabdagi zo'ravonlik) haqida bolajonlari bilan gaplashib turishlari zarur.
O'zbekistonda bugun buling haqida suhbat olib borish uchun yagona o'zbek tilidagi kitob Akademnashr ะฝะฐัˆั€ะธั‘ั‚ะธ da chiqqan. Kitobning nomi "Ajoyib kaktus". Ushbu kitobdan foydalangan holda bolalarni buling mavzusida suhbat qurishga chorlashimiz mumkin.

Rasmli kitob vs Rasmi bor kitob

Bolonyada nufuzli bolalar kitobi ko'rgazmasi yakunlandi.
2023 yilning g'oliblarini ko'rib qanchalik "Rasmli kitob" bolaning rivojlanishida muhim va o'ta samarali instrument ekanligiga yana bir bor amin bo'ldim. U yerdagi g'oliblar haqida alohida post qo'yaman.
Bugun esa bizda rivojlanmagan "Rasmli kitob" haqida so'z yuritmoqchiman.
โ—๏ธ"Rasmli kitob" va "Rasmi bor kitob" bir narsani angatmaydiโ—๏ธ
Ingliz tilida "picturebooks" va "picture books" bor, ruslarda "ะบะฝะธะณะฐ ั ะบะฐั€ั‚ะธะฝะบะฐะผะธ", "ะบะฝะธะณะฐ ะฒ ะบะฐั€ั‚ะธะฝะบะฐั…" bor.
"Rasmi bor kitob"lar bizda bisyor. Kitobning ichida illustrasiya bo'lsa u "Rasmi bor kitob" yoki "Rasmli kitob" bo'lishi mumkin. Lekin, "Rasmli kitob" bu umuman boshqa narsa. Uning maqsadi, vazifasi, yaratilish tamoyillari mutloq o'zgacha bo'ladi.
โ˜๏ธ1. "Rasmli kitob"da๐Ÿญ muallif va rassom doim birga ishlaydi. Haqiqiy rasmli kitob aynan bir matnning aynan bir illustrasiya bilan uyg'unlashuvi natijasida paydo bo'ladi. Aks holda u shunchaki "Rasmi bor kitob" bo'ladi.
Masalan, Chukovskiyni olaylik. Uning ertaklariga yuzdan ortiq illustrasiya chizilgan. Uning kitoblari illustrasiyalarga to'la. Lekin bu "Rasmli kitob" emas. Bu "Rasmi bor kitob"๐Ÿ“•. Nega? Chunki bu kitobning illustratorlarini o'zgartirsangiz ham, umuman rasmlarni olib tashlasangiz ham she'rlar ma'nosini va vazifasini yo'qotmaydi. Bu she'rlar mustaqil ravishda, illustrasiyalardan qat'iy nazar maqsadiga erishadi.
Endi Anthony Browne, Maurice Sendak, Oliver Jeffers yoki Eric Carle kitoblarini olaylik. Ularning kuchi matn bilan illustrasiyalarning yig'indisidadir. Agar ushbu kitoblarni matnini qoldirib rasmlarini olib tashlasak yoki illustratorni o'zgartisak, matn yoki umuman bu kitobning vazifasi yo'qoladi yoki mutloq o'zgaradi.
โ˜๏ธ2. "Rasmli kitoblar"ni๐Ÿญ o'qishni bilmaydigan bolaga o'qib berish shart emas. U o'zi ham uni bemalol "o'qiy oladi". "Rasmi bor kitoblar"ni๐Ÿ“• harflarni bilmaydigan bola mustaqil ravishda "o'qish" ga harakat qilmaydi.
Bunga misol tariqasida o'zimning "Tomchi qayerga ketdi" "Rasmli kitobim"ni keltirishim mumkin. Bu kitobimni 7 yoshga to'lmagan(harflarni bilmaydigan) bolalar ham "o'qib", undagi voqealarni aytib berishga o'z tilida harakat qiladi.
Lekin "Rasmi bor kitob" bo'lib nashr etilgan "Zumrad va Qimmat" ertagini bolaga bersangiz, u unga qiziqmaydi. Chunki illustrasiyalardan ko'ra matn ko'p, matn juda mayda va bola uchun katta hajmda, illustrasiyalar esa hikoya aytmaydi. Ular statik tarzda keltirilgan bo'ladi.
โ˜๏ธ3. "Rasmli kitob"๐Ÿญ bolada tasavvurni rivojlantiradi. "Rasmi bor kitob"๐Ÿ“• esa matnni boyitish bilan to'xtaydi.
Masalan, "Tug'ilgan kunimga sov'ga" kitobimda qahramon qiz dadasini sog'inadi. Dadasi qayerdaligini esa bola rasmlarga qarab tasavvur qilishi mumkin bo'ladi. Rasmlarda yoki matnda unga tayyor javob berilmaydi, balki "hint"- kichik vizual yordam beriladi. Undan tashqari kitobdagi qahramon qilgan ixtirolarini ko'rib o'quvchi bola, "men uni o'rnida nima qilardim", degan hayolga borib tasavvurini qitiqlaydi.
"Rasmi bor kitob"da buning iloji yo'q. Chunki yuqorida aytganimdek statik rasm "yashamaydi", u jonsiz obyekt singari qabul qilinadi va tasavvurga ta'siri juda past bo'ladi.
Maktabgacha va boshlang'ich sinf yoshida bolaning qo'liga qancha ko'p "Rasmli kitob" tushsa, shunchalik uning miyasi (biofiziologik jihatdan), ijodiy qobiliyati, nutqi, tasavvuri, dekodlash qobiliyati, tafakkuri, IQ si, EQ si rivojlangan bo'ladi.

Anthony Brownie - rasmli kitoblar dohosi

Anthony Browne!
Bolalar illustratorlari orasida eng zo'rlaridan biri.
Uning illustrasiyalari tufayli bolalar kitobni soatlab tomosha qilishlari mumkin. Uning illustrasiyalarini bir marta ko'rgan odam, boshqa esidan chiqarmaydi.
Bolalar kichikligidan illustrasiyalarni "o'qishni" bilishlari kerak.
Rasmli kitob (picturebooks) nafaqat matni bilan qiziq, balki bolalarda illustrasiyalarni dekodlash qobiliyatini uyg'ota olishi bilan foydalidir.
Bolalar rasmni texnik tomonlarini tushunmaydilar, lekin undan emotsional ozuqa olishlari mumkin.
๐Ÿ‘‡Quyidagi ikki rasmga qarasangiz ikkovi ikki hil emotsional muhit yaratayotganini sezasiz (ikkovi bir kitobdan).
โ—๏ธBirinchi rasmda qiz va ota. Otasi qiziga bee'tibor ekanligini uning ortidagi sovuq muzlatgich bo'rtirrib ko'rsatmoqda. Xonada kataklar ko'p. Qafasni ifodalaydi. Ranglar juda sovuq va yolg'izlik hissini beradi. Ota va qiz orasidagi gazeta esa ularning munosabatlarida qandaydur baryer borligini anglatmoqda.
โ—๏ธIkkinchi rasm aksincha, juda iliq hissiyot beradi. Gorillaning e'tibori qizda. Stol yoqimli shirinliklarga to'la. Ranglarning bari issiq. Gorilla bilan qiz orasidagi jismoniy masofa juda kichik.
Bola ushbu detallarni tahlil qila olmaydi. Lekin u ushbu rasmlarga qarab, muallif istagan emotsional holatga tushadi va shu hissiyotlari bilan kitobni o'qiydi yoki tinglaydiโ€ผ๏ธ Kitobni emotsiya bilan o'qish muhimligini barchamiz bilamiz. Kattalar adabiyoti o'quvchida emotsiyalarni boy matn bilan chiqarsalar, rasmli kitoblar illustrasiyalari bilan chiqaradilar.
Rasmli kitob(Picturebook)ning maktabgacha va boshlang'ich sinf yoshdagi bolalar rivojlanishidagi ahamiyati cheksizdir!
 
335653327 895612875005765 1120720041580201905 n 1

Kitob do'koni